Kontent qismiga oʻtish

Hurram Chavush masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Hurrem Chavush masjidi – Istanbulning Fotih tumanidagi Hirka-i Sharif mahallasidagi Kecheciler katta koʻchasi, Kecheci Cheshmesi koʻchasida joylashgan masjiddir. Masjid asoschisi – Hurram Chavushdir. Masjid 1560 – yilda Memar Sinan tomonidan qurilgan. 1844 va 1901 – yillarda qayta taʼmirlangan, oxirgi taʼmiri esa 2000 – yilda qilingan. Devorlari tosh va gʻishtdan tarkib topgan. Masjid ikki qavatdan iborat. Jamoat namoz yerining tomi koshinli boʻlib, kirish joyi ikkita yogʻoch ustunli keng ayvonga olib chiqadi. Oʻng tarafdagi minoraning poydevori devorga tutashgan.. Shifti yogʻochli. Masjidning sharqiy tomoni yalanglikdir.

Masjidda maktab va favvora bor. Sulaymon alayhissalomning bosh yordamchisiHurram Chavushning qabri masjid hovlisida joylashgan. Hovlini 2 metrli tashqi devorlar oʻrab turadi. Hovlida 3 ta katta, qari, manzarali daraxtlar bor. Marmar toshli hovlining oʻng tomonida hojatxona va favvora joylashgan. Masjidning tashqi koʻrinishi jigarrangda boʻlib, derazalari kichikdir.. Hovli darvozasidan kirgandan soʻng, oʻng tomonda ayollar boʻlimiga olib boradigan zinapoyalar bor. Hovli sahniga kirish uchun tosh chorchoʻp ichidan oʻtiladi.

Toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi sahn devorlaridagi ustki oynalar qoʻzgʻalmas koʻzli. Pastki qatordagi derazalar yogʻochdan yasalgan. Shiftda bitta katta, uchta kichik qandillar osilgan. Skalaktit shaklidagi qurbongohning oʻng va chap tomonida globusli lampalar hamda ikkita qandil bor. Minbar chap burchakda joylashgan. Devorlari oq, shifti esa pushti-oq. Yasin yozuvi bitilgan sanʼat namunasi mehmonxona devoriga osilgan gilamga 300 shrift kattalikda yozilgan. Deraza yonidagi devorga yashil rangda oq kashtalar bilan muqaddas nomlar yozilgan. Chap va oʻng devorlarda, ikki deraza orasidagi boʻsh joylarga kitob javonlari oʻrnatilgan. Kirish joyining oʻng tomonida muazzin joyining bir qismi, chap tomonda esa yuqori qavatga chiqadigan zinapoyalar joylashgan.

  • Emine Naza, Oʻtmishdan hozirgi kungacha Istanbul ensiklopediyasi, 4-jild, 103-bet.