Kontent qismiga oʻtish

Husayn Voiz Koshifiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Husayn Voiz Koshifiy
Tavalludi 1461
Vafoti 1504
Fuqaroligi Eron

Husayn Voiz Koshifiy (taxallusi; asl ismi Kamoliddin;laqabi Voiz; tax. 1442/46, Sabzavor qishlogi – 1505-yil, Hirot) – notiqlik sanʼati namoyandasi va nazariyotchisi, mutafakkir, ilohiyotchi olim.

Husayn Voiz Koshifiy 1440-yil Sabzavor viloyatining Bayhaq nohiyasida tugʻilgan. Dastlab 1455–1468-yillarda oʻz vatanida, keyinchalik Nishopur, Mashhad shaharlarida tahsil olgan. 1470-yilga Hirotga kelib Jomiy va Navoiy homiyligida madrasada tahsilini davom ettiradi[1].

Arab, fors, turk tillarini yaxshi bilgan, matematika, kimyo, astronomiya, musiqa, adabiyot va fiqh dan toʻla maʼlumot olgan. Yoshligidan voizlik bilan shugʻullangan. Asarlarini fors tilida yozgan. Navoiy bilan ijodiy hamkorlik qilgan, unga bagʻishlab asar yozgan („Mavoqibi oliya“ – „Oliy tuxeralar“). Falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik siyosat, din tarixi, voizlik, sheʼr sanʼati kabi fanlarga oid 200 dan ortiq asar muallifi. Axloq haqidagi eng mashhur asarlaridan biri „Axloqi muxsiniy“ („Yaxshi xulqlar“) Husayn Boyqaronipg oʻgʻli Abulmuhsin Mirzoga bagʻishlangan. „Futuvvatnomai sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati“ asari oʻzbek tilila nashr etilgan (1994). Koshifiyning 45 nomdagi asarlarining 197 qoʻlyozma va 75 toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi[2]. Husayn Voiz Koshifiy 1505-yilda Hirotda vafot etgan[1].

  • Iskandar oynasi;
  • Anvori Suhayliy;
  • Axloqi Muhsiniy;
  • Kalila va Dimna;
  • Sabʼai Koshifiy;
  • Maxzan ul-Insho;
  • Futuvvatnomai sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati (1994);
  • Risolai Xotamiya;
  • Axloqi Muhsiniy.
  • L().: Navoiy zamondoshlari xotirasida. T.. 1986;
  • Nisoriy H. Muzakkiri ahbob; T.. 1993.
  1. 1,0 1,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil