Kontent qismiga oʻtish

Husayn ibn Muhammad al-G‘ubdiniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Husayn ibn Muhammad al-G‘ubdiniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1035-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniy (arabcha: حسين بن محمد الغوبديني — Abu Nuaym Husayn ibn Muhammad ibn Nuaym al-Gʻubdiniy) — Muhaddis.

Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniy 341/952 yili iyun oyida tavallud topgan. U dastlabki taʼlimni oʻz qishlogʻida olgan.

Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniy keyinchalik ilm talabida Xuroson, Iroq, Hijoz kabi shaharlarga borgan. U yerda ko‘plab allomalaridan dars olgan.

Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniy Buxoro shahrida Abu Solih Xalaf ibn Muhammad al-Xayyom, Abu Sahl Horun ibn Ahmad ar-Astrabodiy, Abu Amr Muhammad ibn Muhammad ibn Sobir al-Buxoriylardan, Naysobur shahrida Abulqosim Abdulloh ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Yaʼqub an-Nasaviydan, Bagʻdod shahrida Abu Tohir Muhammad ibn Abdurrahmon al-Muxlis va Abu Hafs Umar ibn Ibrohim al-Kattoniylardan hadis eshitgan va yozib olgan.

Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniydan Abulabbos Jaʼfar ibn Muhammad al-Mustagʻfiriy va qozi Abu Ali Hasan ibn Abdulmalik an-Nasafiylar hadislar rivoyat qilgan.

Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniy 427/1035 yili aprel oyida vafot etgan.

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.