Hype House
Maqsadi | Oʻyin-kulgi |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | dekabr2019 |
Joylashuvi | Los Anjeles, Kaliforniya |
Asoschi(lar)i |
|
Hype House — Kaliforniyaning Moorpark shahrida joylashgan oʻsmir TikTokerlar jamoasi, shuningdek, baʼzi aʼzolar yashaydigan uy nomi[1]. Bu kontent yaratuvchilarga birgalikda osongina video yaratish imkonini beruvchi hamkorlikdagi kontent yaratish uyidir[2]. Hozirgi aʼzolar orasida Thomas Petrou va Mia Hayward bor.
Uyning oʻzi ispan uslubida quruilgan. Saroy saroy hovlisi, basseyn, ochiq sport zali, jakuzi, katta oshxona va ovqatlanish joylarini oʻz ichiga oladi[1]. Hype House manzili ikki marta oʻzgartirilgan; jamoa dastlab Moorparkdagi hozirgi uyiga koʻchib oʻtishdan oldin Los-Anjelesdagi ikki xil uylardan foydalangan[1][2]. Jamos aʼzolari ham vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib kelmoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa 2019-yil dekabr oyida tashkil etilgan boʻlib, u TikTokda faoliyat olib boradigan yigirmaga yaqin z avlod vakillaridan tashkil topgan[3][yaxshiroq manba kerak]. Yaratilish uchun mablagʻning katta qismi Daisy Keech[4], Chase Hudson, Thomas Petrou, Charli D'Amelio, Dixie D'Amelio, and Addison Raedan kelgan. Jamoada eng koʻp aʼzo, guruh asoschilaridan biri Deysi Keech 2020-yilning mart oyida tark etguniga qadar, 21ta boʻlgan va uning guruhni tark etishiga boshqa aʼzolar bilan boʻlgan ichki kelishmovchilik sabab qilib keltirilgan[5]. 2020-yil may oyida, qachonki Hype House koʻproq biznesga aylana boshlaganda, opa-singil D'Amelioslar ham jamoani tark etganini tasdiqladi[6]. Oʻsha vaqtda YouTube va TikTokda faoliyat olib borayotgan Larrey 2020-yil yanvar oyida guruhga qoʻshildi. Ammo oʻzining jonli efirida oʻsha yilning oxirida guruhni tark etganini tasdiqladi[7]. Vinni Hacker, 2021-yil yanvar oyida guruhga qoʻshildi, bu Hype House muxlislarining koʻpchiligini ajablantirdi. Rossiyalik model Renata Valliulina (shuningdek, Renata Ri nomi bilan ham tanilgan) ham oʻsha yilning dekabr oyida guruhga qoʻshildi.
House yaratuvchisi Thomas Petrou bilan suhbatdan soʻng, mashhur kontent yaratuvchisi Tabitha Swatosh jamoaga qilindi va 2022-yil 28-yanvarda Hype House aʼzosi boʻldi. Sam Dezz va Brooke Monk ham 2022-yil 1-apreldan boshlab jamoaga qoʻshilishdi. Paige Taylor 2022-yil 14-mayda rasman aʼzo boʻldi. 2022-yilning mayi davomida Hype House boshqa kontent house Breezy Boys LA bilan tez-tez hamkorlik qiladi. Keyin, 2022-yil 3-iyun kuni barcha oldingi Breezy Boys aʼzolari (Ace Akers, Bryce Parker, Eddie Preciado, Jacob Day, Jackson Dean, va Kristian Ramey) Hype Housening rasmiy aʼzolariga aylanishdi. 2022-yil oktabr-noyabr oylarida Paige Taylor, Bryce Parker, va Jackson Dean uyni tark etishdi. Ace Akers, Eddie Preciado va Kristian Ramey uyni 2022-yil oktabrgacha tark etishdi. 2023-yilning 6-aprelida Petrou saroyni sotishini eʼlon qildi, ammo mashxur uy qanday shaklda davom etishini eʼlon qildi[8] Jamoaning hozirgi aʼzolari Thomas Petrou, Mia Hayward, Jacob Day, Sadie Mckenna va Breese Marocdan iborat.
Realiti serial
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 22-aprelda Netflix The Hype House nomli realiti-serialni namoyish qilishini eʼlon qildi, bu serialda Annon, Dragun, Hacker, Hayward, Hudson, Merritt, Petrou, Warren va Wright rol oʻynagan[9]. The Hype House seriali Netflixda 2022-yil 7-yanvarda premyera qilindi[10].
Bahslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 21-iyulda Nikita Dragun Hype House saroyida COVID-19 pandemiyasi paytida Larreyning kutilmagan tug‘ilgan kunini o‘tkazdi[11]. Bazmga James Charles va boshqa internet yulduzlari tashrif buyurdi[12]. Bazm Kaliforniyadagi COVID-19 qoidalariga muvofiq oʻtkazilmagan edi[13]. U yerda 67ta odam qatnashgan,[14] va ularning koʻpi niqob taqmagan edi[15]. Tadbirning fotosuratlari va videolari Instagramda paydo boʻldi. Ushbu postlar jamoatchilik tomonidan, jumladan, Elijah Daniel va Tyler Oakley kabi boshqa bloggerlar tomonidan tanqid qilindi[11][16]. Merritt va ziyofatning boshqa ishtirokchilari keyinroq kechirim soʻrashdi[14]. Keyinchalik Hype House aʼzolaridan COVID-19ni tekshirish uchun testlar olindi[17].
Daʼvo
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 24-yanvarda uy egasi toʻlanmagan ijara haqi va uyning vayron boʻlgani uchun Hype House jamoasidan 300 ming dollar undirishini eʼlon qildi[18][19].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 McErlene, Fern „Inside the $5 million California mansion where 19 TikTokers live, party, and cause drama“. Insider (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 8-aprel 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Lorenz, Taylor „Hype House and the Los Angeles TikTok Mansion Gold Rush“. The New York Times (3-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 19-mart 2020-yil.
- ↑ Lustig, Hanna „A power struggle and trademark dispute are rocking TikTok's Hype House as the influencer collective finds fame and fortune“. Insider (7-mart 2020-yil). Qaraldi: 19-mart 2020-yil.
- ↑ Kim, Yerin „Here's What You Need to Know About TikTok Star Daisy Keech“ (inglizcha). Seventeen (20-mart 2020-yil). Qaraldi: 9-fevral 2021-yil.
- ↑ Brown, Abram „Founders Feud At Hype House Gets Nasty: An Armed Guard, A New Lawsuit—And A Breakaway Group Of TikTok Stars“. Forbes (26-mart 2020-yil). Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
- ↑ Jarvey, Natalie „TikTok Boom! How the Exploding Social Media App Is Going Hollywood“ (inglizcha). The Hollywood Reporter (6-may 2020-yil). Qaraldi: 11-may 2020-yil.
- ↑ Perrett, Connor „TikTok's Hype House is home to some of the app's biggest stars, including Charli D'Amelio. Who are the other 20 members?“. Insider (2-fevral 2020-yil). Qaraldi: 3-may 2020-yil.
- ↑ https://www.youtube.com/watch?v=-ph3tq4AglA
- ↑ Porterfield, Carlie „TikTok Collective 'The Hype House' Is Getting The Netflix Treatment“. Forbes. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ „New On Netflix January 2022: Ozark: Season 4 Part 1, Hype House, and More“ (en-US). GameSpot. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
- ↑ 11,0 11,1 Williams, Janice „Influencers Face Backlash After Attending Party for TikTok Star Larray As Coronavirus Surges. Newsweek.“. Newsweek (2020-yil 28-iyul). Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
- ↑ Lustig, Hanna „Dozens of top influencers gathered for a massive Hype House birthday party despite record COVID-19 numbers in California“. Insider. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
- ↑ McGreevy, Patrick „California to obtain more masks, gear as it becomes state with most COVID-19 cases“ (en-US). Los Angeles Times (2020-yil 22-iyul). Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
- ↑ 14,0 14,1 Tenbarge, Kat „Party-goers were subjected to strong online backlash, but that hasn't stopped them from continuing to go out“ (en-US). Insider (2020-yil 27-iyul). Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
- ↑ Llyod, Jonathan „If You Have Questions About California's Face Mask Rules, This List Has Them Covered“ (en-US). NBC Los Angeles (2020-yil 19-iyun). Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
- ↑ Henry, Ben „Tyler Oakley Called Out A Bunch Of Influencers After Nikita Dragun Threw An "Insane Surprise Party" During Lockdown“ (en). BuzzFeed News (2020-yil 23-iyul). Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
- ↑ Roantree, Megab „Nikita Dragun Got The Hype House Tested For Coronavirus“ (en-GB). Kiss (2020-yil 4-avgust). 2020-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
- ↑ „Hype House Landlord Files Lawsuit to Recoup Over $300K in Damages Allegedly Caused By Influencers“ (en). Peoplemag. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ „'Hype House' influencers sued by the former landlord; claims $600,000 in damages done to home“ (en-US). KTLA (2023-yil 20-yanvar). 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.