I'm So Excited
„"I'm So Excited" qo'shig'i“ | ||||
---|---|---|---|---|
Pointer Sisters singli | ||||
B tomon |
| |||
Chiqarilgan sanasi |
| |||
Yozib olingan | 1982-yil | |||
Janr | ||||
Davomiyligi |
4:54 3:56 (singl varianti) | |||
Leybl | ||||
Matn muallif(lar)i | ||||
Prodyuser(lar) | Richard Perry | |||
Pointer Sisters singllari 1982-yil xronologiyasi | ||||
| ||||
Pointer Sisters singllari 1984-yil xronologiyasi | ||||
|
„I’m So Excited“ (tarjimasi „"Men juda hayajondaman"“) — „Pointer Sisters“ vokal guruhining qoʻshigʻi. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi „Pointer Sisters“ guruhi aʼzolari va Chris Christian bilan hamkorlikda yozilgan. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi 1982-yilda omma eʼtiboriga havola etilgan. Shundan soʻng qoʻshiq dastlab AQShning "Billboard Hot 100" roʻyxatida 30-oʻrinni egallagan. Buning ortidan 1984-yil iyul oyida "Billboard Hot 100" roʻyxatida 9-oʻrinni egallagan qoʻshiqning remiksli relizi paydo boʻldi. "Billboard" „I’m So Excited“ qoʻshigʻini „100 Greatest Girl Group Songs Of All Time“ roʻyxatida 23-oʻringa qoʻydi[1].
Fon
[tahrir | manbasini tahrirlash]"I'm So Excited" qoʻshigʻi dastlab „Pointer Sisters“ guruhining 1982-yilgi „So Excited“ nomli albomi uchun yozilgan va oʻsha albomda ikkinchi singl sifatida eʼlon qilingan edi[2]. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi chiqarilgandan soʻng, "Billboard Dance Music/Club Play Singles" chartida 28-oʻrinni, "Billboard Hot 100" chartida 30-oʻrinni va „Billboard R&B Singles“ chartida 46-oʻrinni egalladi[3].
„I’m So Excited“ qoʻshigʻi chiqarilganidan ikki yil oʻtgach, „Pointer Sisters“ guruhning RIAA tomonidan tasdiqlangan „Break Out“ nomli multi-platinum albomiga qoʻshiqning biroz remikslashgan va tahrirlangan versiyasi kiritilgan va singl sifatida qayta chiqarilgan[4][5]. Remikslangan va tahrirlangan qoʻshiqning yangi versiyasi „Billboard Hot 100“ chartida 9-oʻrinni va „Billboard Adult Contemporary“ chartida 25-oʻrinni egalladi[6].
2001-yil mart oyida qoʻshiq RIAA va „National Endowment for the Arts“ loyihasining Amerikaning musiqiy va madaniy merosini yaxshiroq tushunishni targʻib qilish uchun moʻljallangan „Songs of the Century“ roʻyxatiga kiritildi[7]. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi roʻyxatdagi 365 ta qoʻshiq orasida 264-oʻrinni egalladi[8].
Musiqa videosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1982-yilda xoreograf Kenny Ortega rejissyorligida „I’m So Excited“ qoʻshigʻining musiqiy videosi suratga olingan[9]. Musiqa videosida „Pointer Sisters“ guruhi aʼzolarining oliy darajali klubdagi tantanali ziyofatga tayyorlanayotganligi tasvirlangan.
„Pointer Sisters“ guruhi aʼzolari Anita Pointer, Ruth Pointer va June Pointerlarning ziyofatga tayyorlanishi aks etgan musiqa videosi Dorian Harewood ham rol oʻynagan edi.
Xodimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anita Pointer — bosh vokal ijrochisi
- Ruth Pointer — vokal ijrochisi
- June Pointer — vokal ijrochisi
- John Barnes — akustik pianinochi
- Michael Boddicker — sintezatorchi
- Greg Phillinganes — sintezatorchi
- William „Smitty“ Smith — organ ijrochisi
- George Doering — gitarachi
- Lee Ritenour — gitarachi
- Nathan Watts — bas ijrochisi
- John „J.R.“ Robinson — barabanchi
- Paulinho da Costa — perkussiya
Chartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haftalik chartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chart (1982-1983) | Oʻrin |
---|---|
Avstraliya (Kent Music Report)[10] | 9 |
Shvetsiya (Sverigetopplistan)[11] | 4 |
AQSH Billboard Hot 100[12] | 30 |
AQSH Billboard Hot Dance Club Play[12] | 28 |
AQSH Billboard Hot R&B Singles[12] | 46 |
Chart (1984-1985) | Oʻrin |
---|---|
Belgiya (Ultratop 50 Flanders)[13] | 23 |
Kanada (Canadian RPM Top Singles)[14] | 21 |
Niderlandiya (Dutch Top 40)[15] | 18 |
Niderlandiya (Single Top 100)[16] | 19 |
Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[17] | 29 |
Buyuk Britaniya (Official Charts Company)[18] | 11 |
AQSH Billboard Hot 100[12] | 9 |
AQSH Cash Box Top 100[19] | 10 |
AQSH Billboard Hot Adult Contemporary[12] | 25 |
Chart (2013-2019) | Oʻrin |
---|---|
Polsha (Polish Airplay Top 100)[20] | 50 |
Sloveniya (SloTop50)[21] | 20 |
Ispaniya (PROMUSICAE)[22] | 23 |
Yil chartlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chart (1983) | Oʻrin |
---|---|
Avstraliya (Kent Music Report)[23] | 89 |
Chart (1984) | Oʻrin |
---|---|
AQSH Billboard Hot 100[24] | 76 |
AQSH Cash Box[25] | 83 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „100 Greatest Girl Group Songs of All Time: Critics' Picks“. Billboard. Qaraldi: 2017-yil 11-iyul.
- ↑ „So Excited“. 2011-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
- ↑ „The Pointer Sisters“. AllMusic. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
- ↑ „Break Out“. 2011-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
- ↑ „RIAA – Recording Industry Association of America“. Recording Industry Association of America. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
- ↑ „The Pointer Sisters“. AllMusic. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
- ↑ „365 Songs of the Century press release“ (2001-yil 7-mart). 2011-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
- ↑ „Songs of the Century by Ranking“. 2011-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
- ↑ „Site Maintenance“.
- ↑ Kent, David. Australian Chart Book 1970–1992. Australian Chart Book Pty Ltd, Turramurra, N.S.W., 1993 — 235-bet. ISBN 0-646-11917-6.
- ↑ "Pointer Sisters – I'm So Excited". Singles Top 100.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 „The Pointer Sisters awards on AllMusic“. AllMusic. Qaraldi: 2013-yil 3-iyun.
- ↑ "Pointer Sisters – I'm So Excited" (niderlandcha). Ultratop 50.
- ↑ „I'm so excited in Canadian Top Singles Chart“. Library and Archives Canada. 2017-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-iyun.
- ↑ "Nederlandse Top 40 – Pointer Sisters" (niderlandcha). Dutch Top 40.
- ↑ "Pointer Sisters – I'm So Excited" (niderlandcha). Single Top 100.
- ↑ "Pointer Sisters – I'm So Excited". Top 40 Singles.
- ↑ „1984 Top 40 Official UK Singles Archive – 24th November 1984“. Official Charts Company. Qaraldi: 2013-yil 4-iyun.
- ↑ Cash Box Top 100 Singles, October 10, 1984[sayt ishlamaydi]
- ↑ "Listy bestsellerów, wyróżnienia :: Związek Producentów Audio-Video". Polish Airplay Top 100. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
- ↑ „SloTop50: Slovenian official singles weekly chart“ (sl). SloTop50. 2018-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-may.
- ↑ „Spanish Top 50 Songs“ (es). PROMUSICAE. PROMUSICAE.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Kent Music Report – National Top 100 Singles for 1983“. Kent Music Report. Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
- ↑ Musicoutfitters.com
- ↑ Cash Box Year-End Charts: Top 100 Pop Singles, December 29, 1984