Ibn Asokir
Qiyofa
Ibn Asokir, Abulqosim Ali ibn alhasan (1105—Damashq— 1176)— arab tarixchisi, muhaddis, faqih va shoir. Iroq va Huroson boʻylab kezib, u yerlardagi ulamolardan taʼlim olgan. Soʻng Damashqqa qaytib, An-Nuriyya madrasasida mudarrislik qilgan. Tarix, hadis va fikdga doir koʻplab asarlar yaratib, "Sadiqat uddiyn" ("Din vafodori") hamda "Hyp uddiyn" ("Din nuri") kabi faxriy unvonlarga sazovor boʻlgan. Uning eng yirik asari "Taʼrixu madiynati Dimashq" ("Damashq shahri tarixi") boʻlib, u koʻproq "Taʼrixu ibn Asokir" ("Ibn Asokir tarixi") nomi bilan maʼlum. Shom (Suriya) va Damashq tarixi hamda shomlik mashhur kishilar tarixiga bagʻishlangan mazkur asar 80 jil-ddan iborat. I. A. hadis va fiqh ilmiga oid asarlar ham yozgan. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |