Kontent qismiga oʻtish

Ibn Bavvob

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ibn Bavvob, Abu l Hasan Ala-vuddin Ali ibn Hilol (?— 1022) — xattot, olim, husnixat nazariyotchisi. "Qasidai roiya" ("Roiya kasi-dasi", 22 baytdan iborat) risolasida xat qoidalari va xattotlik sanʼati haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. I. B. taʼlimotiga koʻra, husnixat inson ijodining samarasi boʻlib, u tasviriy sanʼat qatoriga kiradi. 15-asr da yashagan arab xattoti Muhammad ibn Hasan at-Tibiy oʻzining kotiblar haqidagi "Jomeʼi mahosini kitobat il-kuttob" ("Kotiblarning husnixat toʻplami") asarida yozishicha, I. B. Ibn Muqladan keyin xatning 16 turini (jumladan, suls xatining yozuv asoslari va b. ni) ixtiro qilgan va tako-millashtirgan. U ixtiro qilgan arab harfini nuqta bilan oʻlchash qoidalari undan keyingi xat nazariyotchilari, xattotlar uchun asosiy qoʻllanma boʻlgan.

  • M urodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil