Ibn Rozin Tujibiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Rozin Tujibiy XIII asrda yashagan andalusiyalik musulmon olim boʻlib, oʻsha davrdan bugungacha salqanib qolgan ikkita pazandachilik kitobidan birini aynan u yozgan[1].

Tujibiy 1227-yildaMursiyada yashovchi badavlat olimlar oilasida tugʻilgan. Ispaniyaning xristianlar tarafidan qayta bosib olinishi koʻplab musulmon oilalarini, shu jumladan Tujibiylar oilasini ham qochib ketishga majbur qilgan. 1247-yilda oila Bejaiyada (hozirgi Jazoirda) qoʻnim topadi. 1259-yilga kelib Tujibiy Tunisga koʻchib oʻtgan[2].

Tujibiy koʻplab kitoblar yozgan boʻlsa-da, faqat „Fizolat al-xivon fi tayyibot at-taom val-alvon“ asarigina saqlanib qolgan. Asar taxminan 1260-yilda Tunisda yozilgan.

Asar Tujibiyning Andalus pazandachilik madaniyatidan olingan retseptlaridan iborat boʻlib, unga musulmon, nasroniy va yahudiylar taomlari kiritilgan. 2018-yildaBritaniya kutubxonasida tasodifan topilmaguncha, asarning toʻliq nusxasi qolmagan deb hisoblanar edi.Bink Hallum (Britaniya kutubxonasi) topilmaning ahamiyatini tushungan pazandachilik tarixchisi Naval Nasrullohdan maslahat soʻragan. Naval Nasrulloh oʻshandan boshlab kitobni ingliz tiliga tarjima qilishga kirishgan va tarjima 2021-yilda nashr etilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Russell, Polly (10 June 2022). „'Delectable Foods': this 13th-century cookbook reveals a world of delicious recipes“. Financial Times. Retrieved 11 June 2022.
  2. Verde, Tom (15 October 2021). „How a Librarian and a Food Historian Rediscovered the Recipes of Moorish Spain“. Atlas Obscura. Retrieved 11 June 2022.
  3. Nasrallah N, Best of Delectable Foods and Dishes from al-Andalus and al-Maghrib: A Cookbook by Thirteenth-Century Andalusi Scholar Ibn Razīn al-Tujībī (1227–1293), 2021, ISBN 978-90-04-46947-1