Kontent qismiga oʻtish

Ibn Taymiyya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ibn Taymiyadan yoʻnaltirildi)

Ibn Taymiyya
ٱبْن تَيْمِيَّة
Unvoni Shayx al-Islom
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 22-yanvar 1263-yil CE
10-Rabi' al-Awwal 661 AH
Vafoti 26-sentabr 1328-yil CE
20-Dhu al-Qa'da 728-yil AH
Damashq, Mamluk Saltanati (bugungi kundagi Suriya)
Dini Islom
Fuqarolik Harron, Mamluk Saltanati (bugungi kundagi Turkiya)
Mazhab Hanbaliy
Maktab Sunniy
Oqim Ahl al-Hadis
Ahl al-Asar
Mashhur ish(lar)i
  • Minhaj al-sunnah al-Nabawiyya
  • al-Aqida al-Wasitiyya
  • al-Sarim al-Maslul ala Shatim al-Rasul
  • Majmu' al-Fatawa

Ibn Taymiya(arabcha: ٱبْن تَيْمِيَّة) — musulmon sunniy ulamo, faqih, muhaddis, asket. Marj al-Safar jangida Gʻozonxon bilan diplomatik aloqalar oʻrnatish ishlarini olib borgan. Hanbaliy mazhabining qozisi, oddiy xalqning avliyolarga ilohiy kuch isbot qilishi va ularning qabirlarini ibodat makonlariga aylatirish amallarini qattiq qoralashi oqibatida Ibn Taymiyya oʻz zamonining hukmdorlari va ulamolari orasida muxolifatchi sifatida tanilgan, va shu sababli bir necha bor qamoqqa olingan.

Oʻzining va undan keyingi davrlarning bahsli figurasi boʻlib[1][2], Ibn Taymiyya o'rta asr ulamolaridan kech sunniy islomga eng ta'sirli shaxslardan biri sifatida e'tirof etiladi. U yana shiddatli diniy polemikalarda ishtirok etish bilan taniladi. Asosan kalom ilmi tarafdorlarini tanqid qilishi, xususan, ash'ariy va moturidiy maktablarga qattiy raddiyalar berishi, va asariylik tarafini himoya qilishi bilan mashhur. Bu doimiy polemikalar natijasida Ibn Taymiyyaga qarshi taraf uni va uning shogirdlarini antropomorfizmda ayblashadi. Bu uning kitoblari taqiqlanishiga, va o'zini bir necha bor hibsga olinishiga olib keladi[3][4][5].

Ibn Taymiyya oʻzining risolatlarida aql va vahiy oʻrtasida hech qanday ziddiyat yoʻqligini ta'kidlab, aqidaviy masalalarini falsafadan asosiy shart sifatida foydalanishni qattiy qoralagan.

  1. Winter, Tim. The Cambridge companion to classical Islamic theology. Cambridge ; New York: Cambridge University Press, 22-may, 2008-yil — 84-bet. ISBN 978-0-521-78058-2. 
  2. Rapoport, Yusuf; Ahmed, Shahab. Ibn Taymiyya and his times. Karachi: Oxford University Press, 1-yanvar, 2010-yil. ISBN 9780195478341. 
  3. Sinani, Besnik. Post-Salafism: Religious Revisionism in Contemporary Saudi Arabia, 10-aprel, 2022-yil. 
  4. Haynes, Jeffrey; S. Sheikh, Naveed. The Routledge handbook of religion, politics and ideology. Abingdon, Oxon ; New York, NY: Routledge Taylor & Francis Group, 2022-yil — 180-bet. ISBN 978-0-367-41782-6. 
  5. Esposito, John L.; Nettler, Ronald L.. The Oxford encyclopedia of the Islamic world. New York, N.Y: Oxford University Press, 2009-yil. ISBN 9780195305135.