Kontent qismiga oʻtish

Ibn ul-Foriz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ibn ul-Foriz Hamaviy Misriy, Abuhafs Umar (vaf. 632 h.q./1235 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi, arab mumtoz adabiyotining yirik vakili. Tasavvufdan qaysi pir qoʻlida taʼlim olgani maʼlum emas. Oʻzining guvohlik berishicha, unga bu yoʻlda misrlik bir majzub solik rahnamo boʻlgan. Ibn ul-Foriz devoni arab irfoniy adabiyotining mumtoz namunasi hisoblanadi. Ayniqsa, yetti yuz ellik baytdan ortiq boʻlgan “Toiya” qasidasi tasavvufiy maʼnolarning adabiy qomusi sifatida katta shuhrat qozongan va unga koʻp sharh bitilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.