Kontent qismiga oʻtish

Ibn ul-Qoid

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ibn ul-Qoid Muhammad Avoniy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Shayx Abdulqodir Jiliyning muridi. Valiylarning mufradun (yagonalar) – qutb doirasidan tashqarida boʻlgan, tafridni kamolga yetkazgan, ladunniy bilim sohibi, foniysifat oriflar tabaqasidan hisoblangan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.