Ibrohim-Gerey Nagayev
Ibrohim-Gerey Sodiqovich Nagayev | |
---|---|
Tavalludi |
1951-yil 19-mart (71 yosh) Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi |
SSSR Ukraina Rossiya |
Ish joylari | Toshkent va Simferopol |
Institutlar | ToshPI (1973) |
Mukofotlari |
Ibrohim-Gerey Sodiqovich Nagayev (1951-yil 19-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan) — sovet, ukrain va rus[1][2] arxitektor.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1951-yil 19-martda Toshkentda tugʻilgan (Oʻzbekiston SSR). 1973-yilda Toshkent politexnika institutining arxitektura fakultetini tamomlagan.
Taras Shevchenko nomidagi Ukraina Milliy mukofoti sovrindori (2005-yilda singlisi Z.S.Nagayeva, A.E. Aliyev, A.R.Abdullayev, F.Yoqubov bilan birgalikda Simferopoldagi „Uygʻonish“ haykaltaroshlik majmuasi uchun)[3].
1987-yildan Rossiya arxitektorlar uyushmasining aʼzosi.[1]
2016-yilda Krasnodardagi „Arxitektura kunlari“ festivalining sovrindori bo‘lgan (Simferopol shahri, Yaltinskaya ko‘chasi, 22-uydagi „Juma Jomiy“ masjidi majmui loyihasini ishlab chiqish uchun „Maʼnaviy majmualar, binolar va inshootlar“ nominatsiyasi bo‘yicha kumush diplom)[2].
Ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yildan buyon Qrimda ishlab chiqqan:
- Simferopol shahridagi Kamenka, Beloe, Stroganovka mikrorayonlarining bosh rejalari;
- Ismoil-bey mikrorayonining bosh rejasi va Yevpatoriyadagi madaniy-etnografik markazning loyihasi, internat tipidagi uy-joy bilan jihozlangan eksperimental mikrorayonlarning loyihalari;
- „Vozrojdeniye“ majmuasining Qrim-tatar akademik musiqa va drama teatrining ichki qismi;
- Simferopol va Alushtadagi masjid loyihalari;
- Sudakdagi ochiq osmon ostidagi etnografik qishloq.
Shahsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi — Sodiq Nagayev (1909—1971) va singlisi — Zarema Nagayeva (1949-yilda tug‘ilgan), ular ham meʼmor bo‘lganlar[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Baza dannix chlenov Soyuza arxitektorov Rossii[sayt ishlamaydi]
- ↑ 2,0 2,1 „Крымские архитекторы стали лауреатами смотра-конкурса в рамках фестиваля «Дни Архитектуры» в Краснодаре — Крымский архитектурный портал _ КАП“. 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
- ↑ „Комитет по Национальной премии Украины имени Тараса Шевченко“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
- ↑ Bekirova Niyara. Zolotoy fond krimskix tatar: arxitektori dovoennogo perioda // Golos Krima : gazeta. — 2012. — 22 iyunya (№ 25). Arxivirovano 5 iyunya 2020 goda.