Kontent qismiga oʻtish

Ichimlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yaxna apelsin sharbati.

Ichimlik deb odam isteʼmol qilishi uchun tayyorlanadigan suyuqlikka aytiladi. Atama ichish soʻzidan olingan. Ichimliklar tarkibidagi alkogol miqdoriga qarab spirtsiz va spirtli ichimliklarga ajratiladi.

Eng keng tarqalgan ichimlik chuchuk suvdir. Suv odam va boshqa organizmlar uchun muhim suyuqlik boʻlib, odam tanasining taxminan 70 %ini tashkil etadi. Suv tuzlarni eritib, metabolizmda katta rol oʻynaydi. Shifokorlar kuniga 8 stakan (~1,8 litr) suv ichishni tavsiya etishadi.[1]

Issiq ichimliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bularga issiq choy, sut, qahva va boshqalar kiradi. Biroq choy va sut yaxna holda ichilishi ham mumkin.

Yaxna ichimliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaxna ichimliklar sovutilib ichiladi. Bularga sovuq choy, sharbat, limonad,kokteyl alkogolsiz pivo va boshqalar kiradi

Spirtli ichimliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spirtli ichimliklarga tarkibida sezilarli miqdorda etanol boʻlgan ichimliklar: musallas, pivo, aroq va k kiradi.

Qatiq goja kabi mahsulotlarni ham ichimlik, ham taom deb hisoblash mumkin.