Igor Belolipov
Igor Vladimirovich Belolipov | |
---|---|
Tavalludi |
20-fevral 1938-yil Toshkent shahri, O'zbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | oʻsimliklar gistologiyasi, morfologiyasi boʻyicha mutaxassis |
Sohasi | botanika |
Taʼlimi | Toshkent davlat agrar universiteti |
Ilmiy darajasi | Biologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimi aʼlochisi |
Igor Vladimirovich Belolipov (1938-yil 20-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik botanik olim, oʻsimliklar gistologiyasi, morfologiyasi boʻyicha mutaxassis, biologiya fanlari doktori (1983), professor (1991).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Igor Vladimirovich Belolipov 1938-yil 20-fevral kuni Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1946—1956-yillarda Toshkentdagi 98-maktabda oʻqigan. 1956—1961-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutining oʻrmon xoʻjaligi fakultetida tahsil olgan[2]. 1961—1962-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademik Fyodor Nikolayevich Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻining katta laborant, 1962—1963-yillarda mazkur bogʻda kichik ilmiy xodim, 1963—1966-yillarda aspirant, 1966—1968-yillarda Toshkent botanika bogʻida kichik ilmiy xodim, 1968—1978-yillarda katta ilmiy xodim, 1978—1985-yillarda Toshkent botanika bogʻi „Yuksak oʻt oʻsimliklari“ laboratoriyasi mudiri, 1985—2004-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti botanika kafedrasi mudiri, 1988—1991-yillarda qishloq xoʻjaligi instituti meva-sabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi fakulteti dekani[2][3], 2004—2010-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti ekologiya va botanika kafedrasi professori, 2010—2017-yillarda universitetning qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi va fitopatologiya kafedrasi professori, 2015—2017-yillarda botanika va agrobiotexnologiya kafedrasi professori, 2017—2018-yillarda dorivor o‘simliklar va botanika kafedrasi professori vazifasida faoliyat olib borgan[1]. 2018-yildan Toshkent davlat agrar universiteti qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik va botanika kafedrasining professori[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Igor Belolipov 350 ta ilmiy ishlar, jumladan 3 ta darslik, 15 ta oʻquv qoʻllanma, 30 ta uslubiy qoʻllanma, 6 uslubiy tavsiya, 4 ta monografiya muallifi.1967-yilda ruscha: Биология и экологии интродутцированые видов рода RHUS условиях Ташентского ОАЗСА mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, biologiya fanlari nomzodi, 1983-yilda „Oʻrta Osiyo florasidagi oʻtli oʻsimliklar introduksiyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[2]. Igor Belolipov Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi gulli oʻsimlik turi Belolipov astragalini oʻstirgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Igor Belolipov 1999-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni[2], 2002-yil 26-avgustda „Doʻstlik“ ordeni[3], 2017-yil 7-dekabrda „Mehnat shuhrati“ ordeni[4] bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 S.Y. Islamov, K.X. Buxorov, N.Z. Arabova, A.M. Islamov. Игорь Владимирович Белолипов B.A. Sulaymonov, R.X. Xamidullayeva: , Toshkent — 172-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Erkin Zaripov, Gulnoz Saparova. „Professor Igor Belolipov: Oʻzbek tili ona tilimdek yuragimdan joy olgan“. gujum.uz (2019-yil 18-fevral). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 „Белолипов Игорь Владимирович“. agrowebcee.net. 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Qishloq xo‘jaligi rivojiga hissasi uchun prezident tomonidan mukofotlanganlar ro‘yxati keltirildi“. kun.uz (2017-yil 10-dekabr). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.