Kontent qismiga oʻtish

Ijjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ijjon
Kelib chiqishi
Asosiy komponentlari go'sht
Boshqa komponentlari mol goʻshti (qoʻy goʻshti, ), oʻsimlik moyi, piyoz,

Ijjon – Xorazm vohasidagi qadimiy va mashhur ovqat turlaridan biri hisoblanadi. Ijjon tayyorlash uchun uncha koʻp masalliq shart emas. Asosiy masalliq bu goʻsht. Bundan tashqari ozgina oʻsimlik yogʻi, piyoz, suv kerak boʻladi. Ijjon asosiy ovqat turi hisoblanmaydi. U asosan mehmonlarga asosiy taom oldidan tortiladi. Ijjon faqat Xorazm oshxonasida uchraydi. Ijjonni xivaliklar oʻz maromiga yetirib tayyorlaydilar. Goʻsht va piyoz mayda qilib chopiladi va unga oʻsimlik moyi tabga qarab suv qoʻshiladi. Ijjon suvda yoki yogʻda pishirilmaydi. Mayda qilib chopish jarayonida goʻsht pishadi. Mayda qilib chopish jarayoni 1-2 soat davom etadi. Mayda qilib chopilgan goʻshtga oʻsimlik yogʻi va suv qoʻshilib faqat bir tomonga qarata aylantiriladi. Aylantirish jarayoni ham 1 soat davom etadi. Goʻshtning rangi oq tusga kirgach ijjon tayyor hisoblanadi.

Muhammad Rahimxon II kunlarning birida oshqozon kasal boʻladi. Turli tabiblar Feruzni davolay olmaydi. Ammo polshalik tabiblar qoʻy goʻshtidan boʻlgan qiyma berishni tavsiya qiladi. Muhammad Rahimxon II bu davo topadi. Vaqtlar oʻtishi bilan bu taom Xorazm vohasiga moslashtiriladi. Yaʼna bir tadqiqotchilar ijjon qadimda etjon deyilgan. Yaʼni etga jon kiradi uni maydalab chopish orqali deya talqin qiladilar[1]. Oʻzbekiston Gastronomik turizmi asotsiatsiyasi 2020-yil 21-iyuldagi eʼlon qilgan postida Xorazm ijjoni va fransuz tar-tar ovqatlarini kelib chiqish tarixi solishtirilgan. Koʻrinishi jihatdan bir biriga oʻxshash ovqatlar, kelib chiqishi Fransiyada XVII asrga borib taqalsa, Xorazmda XVI asrga borib taqaladi[2].

  1. https://www.youtube.com/watch?v=VW7o5U0m4LQ
  2. https://www.facebook.com/123150859076895/posts/326279135430732/