Ikram Adirbekov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Ikram Adirbekovich Adirbekov | |
---|---|
qozoqcha: Икрам Адырбекұлы Адырбеков | |
Qiziloʻrda viloyati hokimi | |
Mansab davri 2004-yil aprel – 2007-yil fevral | |
Prezident | Nursulton Nazarboyev |
Bosh vazir | Daniyal Axmetov |
Oʻtmishdoshi | Muxtor Qulmuhammad |
Vorisi | Serikbay Nurgisayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
8-iyul 1950-yil Chinoz, Toshkent viloyati, OʻzSSR |
Fuqaroligi | SSSR Qozogʻiston |
Bolalari | 3 nafar qiz |
Alma mater | Olmaota zooveterinariya instituti |
Kasbi | zootexnik |
Mashhur ishlari |
Qozogʻistonning favqulodda va muxtor elchisi: Litva 1997—2002-yillar Latviya 1997—2002-yillar Estoniya 1997—2002-yillar Malayziya 2002—2004-yillar Filippin 2003—2004-yillar Xitoy 2007—2011-yillar Vyetnam 2007—2011-yillar KXDR 2007—2011-yillar |
Ilmiy unvoni | iqtisod fanlari doktori |
Mukofotlari |
3-darajali „Bars“ ordeni (2016), „Qurmet“ ordeni (2006), „Eren enbegi ushun“ medali (2001), Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni sohibi (Litva, 2002); |
Ikram Adirbekovich Adirbekov (qozoqcha: Икрам Адырбекұлы Адырбеков, 1950-yil 8-iyul, Chinoz, Toshkent viloyati, OʻzSSR) – qozoq davlat arbobi, diplomat, bir nechta mamlakatlarda Qozogʻiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi, Qiziloʻrda viloyati hokimi (2004—2007), iqtisod fanlari doktori.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1950-yil 8-iyulda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Chinoz qishlogʻida tugʻilgan. Qoʻngʻirot urugʻidan[1].
1972-yilda Olmaota zooveterinariya institutini (hozirgi Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti) zootexnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Institutni tugatgach, Qozogʻiston fanlar akademiyasi Eksperimental biologiya institutida ilmiy stajyor, aspirant, kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan.
1979-yildan – Qozogʻiston qorakoʻlchilik ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri.
1983-yildan – Boʻrijar sovxozi partiya qoʻmitasi kotibi (1983-85).
1985-yildan – „Qorakoʻl“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi boʻlim boshligʻi, „Qozqorakoʻl“, „Qozoqqoʻychilik“ uyushmasi raisining oʻrinbosari, „Qozoq qorakoʻl teri“ konserni vitse-prezidenti.
1992-yil mart oyidan – „Qozagrotashqisavdo“ tashqi savdo AJ prezidenti, 1993-yil noyabrdan – „Agrosavdo“ tashqi savdo davlat aksiyadorlik jamiyati prezidenti.
1994-yilda Menejment va marketing institutini tamomlagan.
1996-yil martdan 1997-yilgacha – Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari – moliya-maʼmuriy bosh boshqarmasi boshligʻi.
1997-yil dekabrdan 2002-yil iyungacha – Qozogʻistonning Litvadagi, bir vaqtning oʻzida, Estoniya va Latviyadagi elchisi.
1999-yilda Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
2002-yil 1-iyuldan – Qozogʻistonning Malayziyadagi elchisi va 2004-yil 25-martdan – bir vaqtning oʻzida Filippindagi elchisi.
Davlat rahbari 2004-yil 5-aprelda Qiziloʻrdaga tashrifi chogʻida shahar va viloyat faollariga yangi hokim Ikram Adirbekovni tanishtirdi[2].
2007-yil fevralidan 2011-yil noyabrigacha – Qozogʻiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2011-yildan 2017-yil 13-iyulgacha[3] – Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati deputati.
Boshqa lavozimlari:
2019-yil sentyabrdan – Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati huzuridagi Senatorlar kengashi aʼzosi;
Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyati boʻyicha Jamoatchilik kengashi aʼzosi;
Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi aʼzosi.
Olgan mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 3-darajali „Bars“ ordeni (2016)[4];
- Parasat ordeni (2011)[5];
- „Qurmet“ ordeni (2006);
- „Eren enbegi ushun“ medali (2001)[6];
- Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni komandori (Litva, 2002);
- Qiziloʻrda viloyati faxriy fuqarosi (14.07.2010)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Возглавить Кызылординскую область проще уроженцу Китая, чем местному алшыну“ (ru-RU). zonakz.net. 2021-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
- ↑ „Назначен новый аким Кызылординской области“ (deadlink). 2009-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „Кадровые перестановки“ (deadlink). 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ „Нурсултан Назарбаев вручил казахстанцам государственные награды (Обновлено)“. Nomad.su (2016-yil 14-dekabr). Qaraldi: 8-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Награды парламентариям“ (deadlink). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-dekabr.
- ↑ „Указ Президента РК от 10.12.2001 № 737“ (deadlink). 2016-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-noyabr.
- 8-iyulda tugʻilganlar
- 1950-yilda tugʻilganlar
- Chinozda tugʻilganlar
- Parasat ordeni sohiblari
- Kishilar
- Bars ordeni sohiblari
- Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni sohiblari
- Qozog‘istonning Estoniyadagi elchilari
- Qozog‘istonning Latviyadagi elchilari
- Qozog‘istonning Litvadagi elchilari
- Qozog‘istonning Malayziyadagi elchilari
- Qozog‘istonning Filippindagi elchilari
- Qozog‘istonning Xitoydagi elchilari
- Qozog‘istonning Vyetnamdagi elchilari
- Qozog‘istonning KXDRdagi elchilari
- Qozog‘iston davlat arboblari
- Qozog‘iston parlamenti Senati deputatlari
- Qiziloʻrda viloyati hokimlari
- Olmaota zooveterinariya instituti bitiruvchilari