Kontent qismiga oʻtish

Ikrom Akmalov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ikrom Akmalov
Tavalludi 1922-yil
Vafoti noma'lum
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Akmalov Ikrom (1922-yil, Toshkent, Turkiston ASSR – vafot etgan sanasi nomaʼlum, Toshkent) Oʻzbekiston SSR Xalq xoʻjaligi Soveti V. P. Chkalov nomidagi 84-sonli zavod ishchisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1962-yil).

Ikrom 1922-yilda Turkiston ASSR Toshkent shahrida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tugatgach, Toshkentda Oʻzbekiston SSR Xalq xoʻjaligi Soveti V. P. Chkalov nomidagi 84-sonli zavodda (1960-yildan – V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi, 1973-yildan – V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi) qalay quyuvchi, chilangar, misgar boʻlib ishlagan. Ulugʻ Vatan urushi yillarida Li-2 harbiy transport samolyotlarini, 1954-yildan Il-14 va 1961-yildan An-12 samolyotlarini ishlab chiqarishda faol ishtirok etgan[1].

Ikrom chilangar Ivan Sidorinning shogirdi boʻlgan, keyinchalik ular misgarlar deb atalgan. „Yuz marta oldiga borasan, soʻraysan, yuz marta tushuntiradi, yordam beradi, koʻrsatadi“, – deb eslaydi ustozi Ivan Sindorin haqida.

Akmalov ratsionalizatorlik takliflarini kiritgan. Buning natijasida esa mehnat unumdorligi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati sezilarli darajada oshgan. SSSR xalq xoʻjaligini rivojlantirishning yetti yillik rejasidagi shaxsiy sotsialistik majburiyatlarini va ishlab chiqarish topshiriqlarini muddatidan toʻrt yil oldin bajargan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1962-yil 2-martdagi („yopiq“) farmoni bilan Ikrom Akmalov „seriyali ishlab chiqarishni tashkil etishda va yangi aviatsiya texnikasini ishlab chiqarishda katta muvaffaqiyatlarga erishgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[2]. Bundan tashqari Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medaliga sazovor boʻlgan.

Xuddi shu farmon bilan zavod direktori Stepan Ivanovich Kadishev va parchinlovchi Taisiya Grigoryevna Pavlova Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan.

Ikrom Akmalov nafaqaga chiqqanidan soʻng Toshkentda istiqomat qilgan. Uning oʻlim sanasi aniqlanmagan.

  1. „Акмалов Икрам“ (ru). Герои страны.
  2. „Список Героев Социалистического Труда“. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.