Kontent qismiga oʻtish

Ilhom Sattorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sattorov Ilhom Rahimjanovich
 Chortoq tumani hokimi
 
Mansab davri
28-dekabr 2023-yil
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Hokim Shavkat Abdurazzoqov
Oʻtmishdoshi Anvar Otaxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1985-yil
Chortoq tumani, Nomangan viloyati, UzSSR
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Taʼlim Namangan muhandislik pedagogika instituti

Sattorov Ilhom Rahimjanovich – Namangan viloyatining Chortoq tumani hokimi[1][2].

Ilhom Sattorov 1985-yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan[1].

Ilhom Sattorov 2008-yilda Namangan muhandislik pedagogika instituti, 2020-yilda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda Namangan viloyati moliya boshqarmasiga ishga kiradi va 2014-yilga qadar turli lavozimlarda ishlagan. 2014-yildan Chortoq tumani moliya bo‘limi mudiri, 2016-yildan esa Namangan viloyati moliya boshqarmasi daromadlarni prognozlashtirish va tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi.

2017-yildan 2023-yilgacha Uychi tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Innovatsion rivojlanish vazirligi Namangan viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

Chortoq tumaniga hokimlik vazifasiga tayinlagunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bilim va innovatsiyalar markazi direktori o‘rinbosari - respublika tijoratlashtirish va maslahat xizmatlari majmuasi rahbari vazifasida ishlagan.

2023-yil 28-dekabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumaniga hokim etib tayinlangan[3].

  1. 1,0 1,1 „Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (uz). gazeta.uz. Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
  2. „Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (uz). daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
  3. „Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (uz). kun.uz (2023-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.