Ilya Kravtsov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilya Kravtsov
Asl ismi Ilya Pavlovich Kravtsov
Tavalludi 1921-yil 1-avgust
Potoshchino qishlogʻi, Krasnenskiy tumani, Smolensk viloyati, RSFSR
Vafoti 1956-yil 14-oktyabr
Smolensk
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1939–1954-yillar
Unvoni Mayor
Mukofotlari

Ilya Pavlovich Kravtsov (1921-1956) – sovet zobiti va Sovet Armiyasi mayori. Ulugʻ Vatan va Sovet-Yapon urushlari qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kravtsovning qabri, Smolenskdagi Klinok qabriston

Ilya Kravtsov 1921-yil 1-avgustda Krasnenskiy tumanidagi Potoshchino qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan[1]. 1926-yilda oilasi bilan Smolenskka koʻchib oʻtgan. U yerda 1935-yilda maktabning 8-sinfini, keyin elektr payvandchilar kurslarini tugatadi. Uch yil davomida temir yoʻlda ishlaydi. 1939-yilda Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirilib, Toshkent harbiy piyodalar bilim yurtiga oʻqishga yuborilgan. Oʻqishni 1942-yilda tugatgan. 1942-yil may oyidan Ulugʻ Vatan urushi frontlarida xizmatda boʻlgan. Kavkaz jangida, Kursk jangida, Ukrainani ozod qilishda qatnashgan. U ayniqsa Dnepr jangidagi xizmati bilan ajralib turadi. Shuningdek, gvardiya leytenanti Ilya Kravtsov Voronej fronti 47-armiyasining 30-piyoda diviziyasining 256-piyoda polkining batalyoniga qoʻmondonlik qilgan[2].

Vengriya va Chexoslovakiyani ozod qilish uchun boʻlib oʻtgan janglarda qatnashgan. 1944-yilda qoʻmondonlik tarkibining malakasini oshirish kurslarini tamomlagan. Oʻsha yili u KPSS (b) safiga qoʻshiladi. Urush paytida ikki marta yarador boʻlib, qattiq zarba olgan. Sovet-Yapon urushida qatnashgan[2].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 25-oktabrdagi farmoni bilan katta leytenant I. P. Kravtsov qoʻmondonlik topshiriqlarini namunali bajargani, fashist bosqinchilari bilan janglarda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Lenin ordeni, „Oltin yulduz“ medali bilan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovar boʻlgan.

1946-yildan Oltoy oʻlkasi viloyat harbiy komissarliklarida ishlagan. Jangda olgan jarohatlari uning sogʻligʻiga taʼsir qiladi. 1954-yilda ogʻir kasalligi tufayli mayor I. P. Kravtsov ishdan boʻshatilgan.

Keyin vataniga qaytib kelib, Smolenskda yashagan. Ilya Kravtsov 1956-yil 14-oktyabrda vafot etgan. Smolenskdagi „Klinok“ qabristonida dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. – M.: Voenizdat, 1987. – T. 1 /Abaev – Lyubichev/. – 911 b.
  • Vorobyov M. V. Smolyane – Geroi Sovetskogo Soyuza / M. V. Vorobyov, V. Ye. Titov, A. K. Xrapchenkov. – 3-e izd., dop. – M.: Moskovskiy rabochiy, 1982. – 622 b.