Kontent qismiga oʻtish

Imom-xatib maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Imom-xatib maktabi
İmam hatip lisesi
Joylashgan yeri
Turkiya
Maʼlumot
Asos solingan sanasi 1951
Asoschi Demokratik partiyasi
Status faoliyat yuritmoqda
Gender qoʻshma taʼlim

Imom-xatib maktabi (turkcha: imam hatip okulu) – Turkiyada joylashgan oʻrta taʼlim muassasasi. Nomidan koʻrinib turibdiki, ushbu taʼlim maskani davlat mussasalarida faoliyat yuritadigan imomlarni tayyorlash uchun Turkiyadagi madrasalar Taʼlimni birlashtirish qonuni asosida bekor qilinganidan keyin kasb-hunar maktablari oʻrniga tashkil etilgan (turkcha: Tevhid-i Tedrisat Kanunu).

Usmonli imperiyasi davrida kishilarga taʼlim berishdan asosiy maqsad mamlakatda ilmli musulmonlarni tarbiyalash edi. Shu sababdan ham madrasa deb nomlanuvchi Islom ilohiyot maktablari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan islom ulamolariga ehtiyoj boʻlgan[1]. 1913-yilda Medresetü-l Eimmeti vel Hutaba (Vazirlar va voizlar maktabi, usmonli turkcha: مدرسة الأئمة والخطباء) va Medresetü-l Vaazin (Voizlar maktablari, usmonli turkcha: مدرسة الواعظين) bugungi kunda faoliyat yuritadigan Imom-xatib oliy oʻquv yurtlarini tashkil qilish uchun birashdi[1].

1924-yilda „Tevhid-i Tedrisat“ (Taʼlimni birlashtirish qonuni, usmonli turkcha: توحيد التدريسات), asosan, Islom mazhablariga asoslangan taʼlim tizimini dunyoviy, markazlashgan va millatchilik taʼlim tizimiga almashtirdi. Yangi qonun barcha taʼlim muassasalarini Milliy taʼlim vazirligi nazorati ostiga oldi. Dorulfununun (Istanbul universiteti) qoshida ilohiyot fakulteti, yangi Milliy taʼlim vazirligi tomonidan imomlar va xatiblar (vazirlar va voizlar) tayyorlaydigan maxsus maktablar ochildi[1].

1949-yilda Anqara universitetida ilohiyot fakulteti tashkil etildi. Maxsus imom-xatib maktablarini tashkil etish boʻyicha dastlabki qadamlar 1951-yilda yettita oʻrta maxsus maktab (Imom-xatib maktablari) tashkil etgan Demokratik partiyasi tomonidan tashlandi. Bundan tashqari, 1959-yilda imom-xatib maktablari bitiruvchilari uchun Islom institutlari ochildi[1].

1960-yilda sodir etilgan davlat toʻntarishidan soʻng imom-xatib maktablarining yopilish xavfi paydo boʻldi. Fuqarolik siyosatiga qaytish va 1961-yilda yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi orqali imom-xatib maktablari bitiruvchilari faqat dunyoviy maktablarda taklif qilingan kurslarni oʻtagan holda universitetga kirishlari mumkin edi. Biroq mamlakatda Süleyman Demirel bosh vazir boʻlgan davrda imom-xatib maktablari bitiruvchilari bunday talablarsiz ham universitetga kirish huquqiga ega boʻldilar[1]. 1971-yilgi Turkiya davlat toʻntarishi natijasida ikkita asosiy islohot amalga oshirildi: birinchi navbatda kichik oʻrta imom-xatib maktablari faoliyatiga chek qoʻyidi va 1973-yilda imom-xatib maktablari imom-xatib oliy oʻquv yurtlari deb oʻzgartirildi. Keyinchalik qabul qilingan Milliy Taʼlim Asosiy Qonunida imom-xatib maktablari kasb-hunar maktablari sifatida keltirib oʻtilgan boʻlib, u yerda oʻquvchilar voiz va vazir sifatida oʻqitilishi, shuningdek, oliy taʼlimga tayyorlanishi kerak edi[1].

Mamlakatda imom-xatib maktablarining soni asta-sekinlik bilan oʻsib bordi va 1970-yillarda ularning soni 334 taga yetdi. Milliy Najot partiyasi tomonidan tashkil etilgan 1974-yilgi koalitsiya hukumati oʻrta maktablarni qayta ochish va imtihon orqali universitetga kirish huquqini berish majburiyatini oldi. Qariyb toʻrt yil ichida 230 ta yangi imom-xatib oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi. 1974–1975-oʻquv yilida imom-xatib oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 48 895 nafarga yetdi. Keyinchalik bu raqam 1980–1981-yillarga kelib 200 300 tagacha oshdi. Bundan tashqari, 1976-yilda ayollar ham imom-xatib oʻrta maktablariga kirish huquqini qoʻlga kiritdilar. Imom-xatib oliy oʻquv yurtlarining koʻpayishi koʻpincha Milliy Najot partiyasining Millatchi Jabha hukumatlari bilan bir qator koalitsiyalarga aʼzoligi taʼsiri deya tilga olindi[1].

1980-yildan hozirgi kunga qadar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yil 12-sentyabrdagi davlat toʻntarishi Turkiya tarixida, shuningdek, imom-xatib oliy oʻquv yurtlari tarixida muhim burilish nuqtasi boʻldi. Harbiy boshqaruv ostida imom-xatib oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari universitetning barcha yoʻnalishlariga kirish huquqini qoʻlga kiritdilar. 1985-yilda taʼlimga hissa qoʻshish maqsadida ikkita yangi imom-xatib oliy oʻquv yurti ochildi, ulardan biri mintaqaning etnik-mazhabiy tuzilishiga qaramay Tuncelida, ikkinchisi esa chet elda ishlaydigan oilalarning farzandlari uchun Beykozda ochilgan Anadolu Imom-xatib oliy oʻquv yurti edi. Ushbu oliy oʻquv yurtlarining soni oʻshandan beri koʻpaymagan boʻlsa-da, ularda taʼlim oladigan oʻquvchilar soni 45% ga oshdi. Bu qisman imom-xatib oʻquv yurtlarida berilayotgan taʼlim sifatiga ham bilan bogʻliq[1].

1973–1974-oʻquv yilida imom-xatib talabalarining umumiy soni 34 570 nafar boʻlgan boʻlsa, 1997-yilda bu koʻrsatkich keskin oshib, 511 502 taga yetdi. Oʻquvchilar sonining bunday keskin oshishi mamlakatda yangi maktablarning ham ochilishiga sabab boʻldi. Imom-xatib nomli oʻrta maktablar soni 601 taga, oʻrta maktablar soni 402 taga yetdi. Talabalar va maktablar sonining koʻpayishini odamlarning dinga sodiqligi, yotoqxonalar, stipendiyalar, ushbu oʻquv yurtlariga ayollarning qabul qilinishi va diniy taʼlimga boʻlgan talabning ortishi kabi omillar bilan bogʻlash mumkin[1].

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 1993 va 2000-yillar oraligʻida boʻlajak talabalar imom-xatib oʻrta maktablarida, asosan, umumiy taʼlim bilan birga diniy taʼlim olish uchun ham roʻyxatdan oʻtgan[2]. Bundan tashqari, imom-xatib oʻrta maktablariga oʻquvchilar faqatgina oʻzlarining xohishlariga koʻra oʻqishga topshirishgan. Maktablarning bunday obroʻga ega boʻlishiga sabab boʻluvchi yana bir omil 1976-yilda talaba qizlarning ham oʻqishga qabul qilinishi boʻldi. 1998-yilga kelib, imom-xatib oʻrta maktablarida deyarli 100 000 nafar ayol taʼlim oldi, bu esa barcha oʻquvchilarning deyarli yarmini tashkil etdi[1].

Biroq 1997-yilda sakkiz yillik majburiy taʼlimning joriy etilishi imom-xatib maktablari mashhurligining keskin pasayishiga olib keldi. 1999-yilda imom-xatib maktablarining kasb-hunar maktablari sifatida qayta tasniflanishi bitiruvchilarga koʻproq imkoniyatlar taqdim etgan boʻlsa-da, ularning nufuzli universitetlarga oʻqishga kirishi qiyinlashdi[1]. Oʻquvchilar kasb-hunar maktablariga (ulardan biri imom-xatib maktabi) 9-sinfni tamomlamagunga qadar (avvalgidek oltinchi sinf emas) kirolmas edi[3].

1990-yillarning oʻrtalariga kelib, imom-xatib maktablari tegishli yosh guruhidagi bolalarning qariyb 11 foizini qamrab oldi va parallel taʼlim tizimiga oʻtdi. 2002-yilda Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AKP) hokimiyat tepasiga kelganida, diniy maktablarda oʻqish huquqi berilgan oʻquvchilarning atigi 2 foizi ushbu maktablarda taʼlim olishdi. 2012-yil mart oyida kiritilgan taʼlim islohoti majburiy taʼlimni 12 yilga uzaytirdi hamda toʻrt yillik boshlangʻich maktab, toʻrt yillik oʻrta maktab va toʻrt yillik oliy taʼlim tizimi joriy etildi[3]. 2002-yilda imom-xatib maktablarida 60 000 ga yaqin oʻquvchilar taʼlim olishga boʻlsa, 2017-yilga kelib, bu koʻrsatkich 1,1 milliondan oshdi (umumiy maktab oʻquvchilarining qariyb 10 foizi)[4]. AKP tomonidan amalga oshirilgan imom-xatib maktabi islohotlari davomida maktab ochishga ruxsat berilgan hududlarda aholining minimal talabi 50 000 nafardan 5 000 nafargacha, ularga kirish yoshi 14 yoshdan 10 yoshga tushirildi[4].

Imom-xatib taʼlim muassasalari 1950-yillarda yaratilganidan beri Turkiyaning dunyoviy davlat ekanligi turli bahs-munozaralarga sabab boʻlib kelmoqda[5]. Istanbuldagi Istanbul Bilgi universiteti sotsiologiya kafedrasi dotsenti Kenan Cayirning soʻzlariga koʻra, maktablarda din va zamonaviylikning uygʻunlashuvi taʼlim oluvchilarga ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin[5]. 1988-yilda olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra, imom-xatib maktablari bitiruvchilarining taxminan 32 foizi oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlarida birinchi tanlov sifatida huquq fakultetlarini tanlashgan, bu esa oʻquvchilarning diniy taʼlimdan koʻra koʻproq dunyoviy taʼlimni afzal bilishlarini koʻrsatadi. Hisobotlarda imom-xatib taʼlim dargohlari bitiruvchilari tarbiyasidagi tafovutlarga koʻra ularning davlat lavozimlarida faoliyat yuritishi mumkin emas degan xulosaga kelindi. Siyosatchilar TÜSIAD (Turkiya sanoatchilar va ishbilarmonlar uyushmasi) pozitsiyasiga qoʻshilmas edi. Misol uchun, oʻsha paytdagi Milliy taʼlim vaziri Avni Akyol keltirilgan hisobotni inson huquqlari nuqtai nazaridan tanqid qilib, bunday takliflar taʼlimda teng imkoniyatlar tamoyilini buzganini daʼvo qildi[1].

2012-yilning mart oyida majburiy taʼlim 12 yilga uzaytirilgani va imom-xatib oʻrta maktablari (toʻrt yillik ikkinchi muddat) ochishga ruxsat berilgan islohotlardan soʻng, ekspertlar hukumatni imom-xatib maktablari sonining koʻpayishi mumkinligi haqida ogohlantirdilar. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, yangi taʼlim tizimining joriy etilishi 1997-yildan soʻng yopilgan imom-xatib maktablari uchun olinayotgan qasosga oʻxshardi[6]. Turkiya Imom-xatib Bitiruvchilar Jamgʻarmasi (TIMAV) tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, turklarning aksariyati imom-xatib maktablari haqida ijobiy fikrda boʻlishgan. 2012-yil 24-apreldan 18-mayga qadar „Turkiyadagi Imom-Xatib oliy oʻquv yurtlari va imom-xatib talabalarning idroki“ sarlavhali tadqiqot 26 viloyatda 2 689 kishini qamrab oldi[6].

2012-yilning mart oyidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasisiz, hattoki taʼlim vazirligining oʻz maslahat organi – Milliy taʼlim kengashida ham muhokama qilinmasdan ishlab chiqilgan va hukumatning 2011-yilgi saylov dasturida koʻrsatilmagan. Taʼlim mutaxassislarining fikricha, yangi choralar taʼlim standartlarini buzishga va ijtimoiy tengsizliklarning kuchayishiga sabab boʻladi[3]. Turkiyaning aksariyat yetakchi universitetlarida mavjud taʼlim fakultetlari, jumladan, Sabanci universiteti, Boğaziçi universiteti, Yaqin Sharq texnika universiteti va Koç universiteti matbuot bayonotlari bilan 2012-yilgi islohotlarni „shoshilinch oʻylab topilgan, retrograd va hozirgi fikrlashdan chetda qolgan“ deya taʼriflaydi[3].

Maktabni tamomlagan taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 The study of the Turkish Economic and Social Studies Foundation (tr: Türkiye Ekonomik ve Sosyal Etüdler Vakfı called İmam Hatip Liseleri: Efsaneler ve Gerçekler (Imam Hatip Schools: Legend and Reality) was published in October 2004. The 268-page document has an English summary (pages 39-53) and can be downloaded as PDF-file; accessed on 7 November 2012
  2. The TESEV reports cites studies of Suat Cebeci (1993), Türkmen (1998), Ünlü (1998)and Altunsaray (2000)
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 See an article by Andrew Finkel in the International Herald Tribune of 23 March 2012 Whatʼs 4 + 4 + 4?; accessed on 7 November 2012
  4. 4,0 4,1 „The decline of Turkish schools“. The Economist (2017-yil 30-sentyabr).
  5. 5,0 5,1 See an article in Voice of America of 25 September 2012 In Turkey, Religious Schools Gain a Foothold; accessed on 7 November 2012
  6. 6,0 6,1 See an article in Today's Zaman of 2 September 2012 Turkey to launch new Imam Hatip school for international students (Wayback Machine saytida 2013-12-20 sanasida arxivlangan); accessed on 7 November 2012