Imom Yofiʼiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imom Yofiʼiy, Abussaodat Afifiddin Abdulloh bin Asʼad Yofiʼiy Yamaniy (vaf. 768 h.q./1367 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi, tarixchi va tazkiranavis. “Mirʼot ul-jinon va ibrat ul-yaqzon fiy maʼrifati havodis iz-zamon” tarixiy asari, “Ravz ur-rayohin fiy hikoyot is-solihin” tazkirasi, “Ad-durr an-nazim fiy fazoilil-Qurʼon il-ʼazim” tafsiri, sheʼriy devon va boshqa asarlar muallifi. Hijozda yashab vafot etgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat. 
  3. Jomiy. Nafahot ul-uns.