Ingliz burgʻusi
Boshqa nomlari | alt goboy |
---|---|
Turi |
Puflama musiqa cholgʻulari |
Registri | |
Kichik oktavadagi mi notasidan — ikkinchi oktavadagi si bemol notasigacha |
Ingliz burgʻusi (italyancha: corno inglese, fransuzcha: cor anglais, nemischa: Englisch Horn ) yoki alt goboy – simfonik orkestr tarkibiga kiruvchi yogʻoch damli cholgʻu asbobi.
Chaladigan qismi surnayga oʻxshash, biroz egilgan shaklda boʻladi. Notalar skripka kalitida yoziladi, ammo eshitilishida kvinta pastroq yangraydi. Tembri goboyga qaraganda toʻlaroq va yumshoqroq boʻladi. Simfonik orkestr partiturasida notalari goboydan keyin yoziladi. Odatda orkestrda bir dona ingliz burgʻusi ishlatiladi. Reyngold Glier „Fargʻona bayrami“ nomli uvertyurasida 3-4 ta goboylar oʻrniga 2 ta ingliz burgʻusidan foydalangan. Baʼzan bir sozanda goboy partiyasini ingliz burgʻusi bilan chaladi, bunda cholgʻu asbobini almashtirish muta in belgisi bilan koʻrsatiladi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vikiomborda Ingliz burgʻusi mavzusiga oid fayllar bor