Inna Korjikova
Inna Korjikova | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi aʼzosi | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1968 Navoiy, Oʻzbekiston SSR |
Siyosiy partiyasi | „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi |
Taʼlim | Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Kasbi | oʻqituvchi |
Inna Ivanovna Korjikova (tugʻ. 13-aprel 1968-yil, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — o'zbek siyosatchisi. 2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inna Korjikova 1968-yil 13-aprelda Navoiy shahrida tugʻilgan[1]. 1993-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini boshlangʻich sinf oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan[2].
1986-1988-yillarda „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasining 3-sonli bolalar bogʻchasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1988-1990-yillarda Navoiy shahar xalq taʼlimi boʻlimining 15-maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. 1990-1992-yillarda „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasidagi 11-bolalar bogʻchasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1992-yildan 1999-yilgacha Qurilish kasaba uyushma qoʻmitasining kutubxonachisi boʻlib ishlagan. 1999-yildan 2019-yilgacha Farhod nomidagi madaniyat saroyida kutubxonachi, shuningdek maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha instruktor-metodist boʻlib ishlagan. 2016-2019-yillarda rus madaniyat markazi Navoiy filiali boshqaruvi raisi boʻlib ishlagan[3]. 2012-yildan 2019-yilgacha „Nima? Qaerda? Qachon?“ Navoiy klubini boshqargan.
2020-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi, shuningdek, fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib saylangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ edr.uz/ru/section/24
- ↑ arxiv nusxasi, 2021-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-30