Iosif Kassirskiy
Iosif Abramovich Kassirskiy ruscha: Iosif Abramovich Kassirskiy | |
---|---|
Tavalludi |
16-aprel 1898-yil Yangi Margʻilon, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
21-fevral 1971-yil (72 yoshda) Moskva, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | shifokor |
Sohasi | terapiya, gematologiya |
Ish joylari | Shifokorlar malakasini oshirish markaziy instituti |
Taʼlimi | Tomsk Imperator universiteti, Saratov davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | tibbiyot fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor, SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi |
Akademik rahbarlari | SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Aleksandr Nikolayevich Kryukov |
Mashhur shogirdlari | Rossiya Fanlar akademiyasi va Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Andrey Ivanovich Vorobyov, professorlar G. A. Alekseyev, M. G. Abramov, L. I. Idelson, N. A. Didkovskiy, N. Ye. Andreyeva, A. V. Demidova, M. A. Volkova, tibbiyot fanlari nomzodi M. D. Brilliant |
Taʼsir koʻrsatgan | sovet gematologiya maktabi asoschisi |
Mukofotlari | |
Veb-sayt | kassirsky.ru |
Iosif Abramovich Kassirskiy (1898-yil 16-aprel, Yangi Margʻilon, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — 1971-yil 21-fevral, Moskva, RSFSR, SSSR) —sovet terapevti va gematologi, SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi (1963), O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1960). Xalqaro gematologlar ittifoqi vitse-prezidenti (1961—1963), Polsha va Vengriya tibbiyot jamiyatlari, Shveysariya gematologiya jamiyatining faxriy a’zosi[1][2].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iosif Kassirskiy 1898-yil 16-aprel (yulian taqvimi boʻyicha 4-aprel) kuni Yangi Margʻilon shahrida tavallud topgan[1]. Otasi Abram Iosifovich Kassirskiy (1875—1936) O‘rta Osiyoda sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng Turkiston Respublikasi paxta sanoati xalq komissarligida ishlagan, onasi Dina Lvovna Kassirskaya (qizlik familyasi Sheskina, 1880—1917) Vilnyus shahridan, gimnaziya bitiruvchisi boʻlgan. Oilada 6 farzandning toʻngʻichi boʻlgan Kassirskiy besh yoshidanoq oʻqish va yozishni bilgan. 1906-yilda 8 yoshida Skobelev gimnaziyasiga oʻqishga kiradi, bu gimnaziyada asosan fransuz, lotin, nemis tillari kuchliroq oʻqitilgan. 1915-yilda gimnaziyani oltin medal bilan bitiradi. Gimnaziyani tugatgandan soʻng Sibirda birinchi marta 1888-yili ochilgan Tomsk imperator universitetiga (hozirgi Sibir davlat tibbiyot universiteti) oʻqishga topshiradi. 1920-yil iyulida hukumat qarori bilan oʻqishini Saratov davlat universitetiga koʻchiradi[1][3]. 1921-yilda oʻqish tugatgan Kassirskiy Toshkentdagi Turkiston universitetining ichki kasalliklar klinikasiga ordinatorligiga qabul qilinadi[2]. 1922-yilda birinchi ilmiy ishi nashr etilgan. 1930-yilda Kassirskiy Toshkent tibbiyot instituti tropik kasalliklar klinikasi dotsenti etib saylanadi, 1931-yilda esa kafedra mudiri, professor boʻladi. 1958-yilda SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi muxbir aʼzosi, 1963-yilda akademik etib saylanadi[3]. Kassirskiy 1971-yil 21-fevralda ogʻir xastalikdan vafot etgan va 25-fevralda Novodevichye qabristoniga dafn etildi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Кассирский Иосиф Абрамович“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „КАССИРСКИЙ Иосиф Абрамович“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 „Кассирский Иосиф Абрамович“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- 16-aprelda tugʻilganlar
- 1898-yilda tugʻilganlar
- 21-fevralda vafot etganlar
- 1971-yilda vafot etganlar
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Shifokorlar
- Akademiklar
- Fan doktorlari
- Fargʻonada tugʻilganlar
- Moskvada vafot etganlar