Iqlim oʻzgarishining iqdisodiy oqibatlari
Iqlim oʻzgarishining iqtisodiy oqibatlari geografik jihatdan bir-biridan farq qiladi va aniq prognoz qilish amalda qiyin. Tadqiqotchilar hozirgi iqtisodiy modellashtirish iqlim o‘zgarishi taʼsirini jiddiy eʼtibordan chetda qoldirayotganligini va ehtimoliy zararlar haqida aniqroq maʼlumot beruvchi yangi modellar zarurligi haqida ogohlantirdi[1].
1970-yillardan buyon ekstremal ob-havo hodisalari tufayli global yoʻqotishlar tez oʻsib borayotganligini koʻrishimiz mumkin. Aholi sonining oshishi va insonlarda moliyaviy barqarorlikning yanada mustahkamlanishi kabi ijtimoiy-iqdisodiy omillar ham ushbu global muammolarga sabab boʻlmoqda. Ushbu oʻzgarishlarning bir qismi hisoblanmish maʼlum bir hududiy iqlim oʻzgarishlari masalan toshqin va yogʻingarchilik holatlarining oʻzgarishi ham global iqlim oʻzgarishlariga oʻz taʼsirini oʻtkazadi[2].
2019-yilgi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, iqlim oʻzgarishi global iqtisodiy tengsizlikka hissa qoʻshmoqda. Sovuqroq mintaqalardagi badavlat mamlakatlar iqlim oʻzgarishlar sabab boʻlayotgan iqtisodiy taʼsirini kam his qilgan holatda, kambagʻal issiq iqlimli ammo iqdisodiy jihatdan rivojlanmagan davlatlar, iqlimning global isishi ularning rivojlanishiga salbiy taʼsir oʻtkazadi albatta[3].
Iqlim oʻzgarishlarining iqtisodiy oqibatlarini hisoblash qiyin, ammo haroratning yanada oʻsishi uning ham oʻsishiga sabab boʻladi[4]. Misol uchun, agar global isish 1,5 °C ni tashkil etadigan boʻlsa, jami zarar 90 % kamroq boʻladi[5]. Bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, agar isish 3 daraja bilan cheklanadigan boʻlsa, asr oxiriga kelib global yalpi ichki mahsulot 3,5 % ga qisqaradi[5]. Oksford Iqtisodiyotining yuqori emissiya manbasiga koʻra, 2050-yilga kelib haroratning 2 darajaga koʻtarilishi global YaIMni 2,5 % — 7,5 % ga kamaytiradi. 2100 yilga kelib, bu holda harorat 4 darajaga koʻtariladi, bu esa eng yomon holatda global YaIMni 30 % ga kamaytirishi mumkin[6].
Noiqdisodiy taʼsirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Smith va boshqalar (2001:942) iqlim oʻzgarishi nafaqat iqdisodiy balki, ijtimoiy vaziyatlarda ham oʻzini koʻrsatishini takidlab oʻtgan[7]. Iqlim oʻzgarishining kelajakka taʼsiri masalasidagi izlanishlarning natijalarining aksariyati salbiy. Smith (2001) iqlim oʻzgarishi rivojlanayotgan mamlakatlarda salomatlikka jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatishini keltirib oʻtdi. Confalonieri (2007:415) salomatlik taʼsirini oʻz ichiga olgan tadqiqotlarda bu taʼsirlar iqlim oʻzgarishining umumiy xarajatlariga sezilarli taʼsir oʻtqazmasdan qolmaydi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kompas, Tom; Pham, Van Ha; Che, Tuong Nhu (2018). "The Effects of Climate Change on GDP by Country and the Global Economic Gains From Complying With the Paris Climate Accord". Earth's Future 6 (8): 1153–1173. doi:10.1029/2018EF000922. ISSN 2328-4277.
- ↑ IPCC, Synthesis Report, Question 2, Sections 2.25 and 2.26, 5 March 2016da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 21 June 2012, p. 55, IPCC TAR SYR 2001 .
- ↑ Diffenbaugh, Noah S.; Burke, Marshall (2019). "Global warming has increased global economic inequality". Proceedings of the National Academy of Sciences 116 (20): 9808–9813. doi:10.1073/pnas.1816020116. ISSN 0027-8424. PMID 31010922. PMC 6525504. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6525504.
- ↑ IPCC „Summary for Policymakers“, . IPCC AR5 WG2 A 2014 , 2014 — 12-bet.
- ↑ 5,0 5,1 Hoegh-Guldberg, O. „Chapter 3: Impacts of 1.5 ºC Global Warming on Natural and Human Systems“, . IPCC SR15 2018 , 2018 — 256-bet.
- ↑ Koning Beals. „Global GDP will suffer at least a 3% hit by 2050 from unchecked climate change, say economists“. MarketWatch. 2020-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
- ↑ Smith, J. B. „19. Vulnerability to Climate Change and Reasons for Concern: A Synthesis“, . Climate Change 2001: Impacts, Adaptation and Vulnerability. Contribution of Working Group II to the Third Assessment Report of the Intergovernmental Panel on Climate Change McCarthy: . Cambridge, UK, and New York, N.Y.: Cambridge University Press, 2001 — 913–970-bet. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
- ↑ Confalonieri, U. „Human health. In: Climate Change 2007: Impacts, Adaptation and Vulnerability. Contribution of Working Group II to the Fourth Assessment Report of the Intergovernmental Panel on Climate Change [M.L. Parry et al., Eds.“]. Cambridge University Press, Cambridge, UK, and New York, N.Y., U.S.A. (2007). 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.