Iqlim oʻzgarishining okeanlarga taʼsiri
Iqlim oʻzgarishining okeanlarga taʼsiri juda koʻp. Asosiy tas’irlardan biri okean haroratining oshishidir. Tez-tez sodir boʻladigan dengiz issiqlik oqimlari bunga misol boʻla oladi. Haroratning oshishi dengiz sathining koʻtarilishiga olib keladi. Boshqa taʼsirlarga: dengiz muzining erishi, okean suvining chuchuklashishi, okean sathi koʻtarilishi va kislorod darajasining pasayishi kiradi. Okean oqimlarining oʻzgarishiga, Atlantika okeanidagi ichki oqimlar aylanishining sekinlashuvi yana bir misol boʻla oladi[1]. Bu oʻzgarishlarning barchasi dengiz ekotizimlariga bevosita taʼsir qiladi[2]. Ushbu oʻzgarishlarning asosiy sababi — inson faoliyati davomida vujudga kelgan issiqxona gazlar boʻlib, ular iqlim oʻzgarishini yuzaga keltiradi. Karbonat angidrid va metan issiqxona gazlariga yaqqol misoldir. Bu okean isishiga olib keladi, chunki okean iqlim tizimi qoʻshimcha issiqlikning katta qismini oʻziga yutadi[3]. Okeanlar atmosferadagi qoʻshimcha karbonat angidridning bir qismini oʻziga oladi. Bu okeandagi PH qiymatining pasayishiga olib keladi. Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, okean—insoniyat tomonidan ishlab chiqarilgan CO2 chiqindilarining taxminan 25 foizini oʻzlashtirgan[4].
Okeanning turli qatlamlarida harorat turlicha boʻladi. Havo haroratining koʻtarilishi, okean yuzasidagi haroratning ortishiga olib keladi[5]. Okean qatlamlaridagi suv yaxshi aralashmaydi, bu esa ustki qatlamdagi suvni ilishiga olib keladi. Bundan tashqari, pastki qatlamdagi sovuq suvning ustki qatlam bilan taʼsrilashuvi kamayadi. Vertikal aralashuvning kamayishi okeanning chuqur qismiga issiqlikning yetib borishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, issiqlikning katta qismining yutilishi atmosfera va quruqlik hissasiga toʻgʻri keladi. Natijada, quruqlikda tropik siklonlar va boshqa boʻronlar koʻpayishi, suvli muhitda esa okeanning yuqori qatlamlarida baliqlar uchun ozuqa moddalari kamayishiga olib keladi. Ushbu oʻzgarishlar okeanning uglerodni ham kamaytiradi[6]. Shu bilan birga, shoʻrlashishdagi tafovut ham ortadi. Okeanning boshqa qismlariga nisbatan shoʻr boʻlgan joylarida shoʻrlashish ortib boradi, chuchuk boʻlgan qismida esa chuchuklik ortadi[7].
Iliq suv va sovuq suvdagi kislorod miqdori bir xil boʻlmaydi. Natijada okeanlardagi, iliq suvdagi kislorod bugʻlanib atmosferaga oʻtadi. Bu suvdagi kislorod miqdorini yanada pasaytiradi[8]. Bunday holat dunyo boʻylab kuzatilmoqda[5].
Ushbu oʻzgarishlar dengiz ekotizimlariga zarar yetkazadi. Bu jarayon turlarning yoʻq boʻlib ketishini tezlashtirishi, turlarning tarqalishini sekinlashtiradi[9][1]. Bu baliq ovlash va turizmga ham taʼsir qiladi. Suv haroratining koʻtarilishi turli xil okean ekotizimlariga, masalan, marjon riflariga ham zarar etkazadi. Kichik harorat oʻzgarishi ham sezgir marjon riftlarining katta oʻzgarshlar sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin. Okeanning kislotalanishiga, haroratning oshishiga, shuningdek, okean ichidagi turlarning mahsuldorligi va tarqalishiga ham taʼsir qiladi, baliqchilikka boʻlgan cheklovlarni kuchaytiradi va dengiz ekotizimlarini buzadi. Iqlimni isib borishi tufayli dengiz muzining erishi, qutblarga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu iqlim oʻzgarishi, asosan, okean iqlimiga va okean ekotizimlariga taʼsir koʻrsatadi.
Issiqxona gazlari darajasi oshishi bilan bogʻliq oʻzgarishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi vaqtda (2020), atmosferadagi karbonat angidrid (CO2) miqdori qariyb 50% oshdi. Bunday yuqori daraja va tez oʻsish sur’atlari soʻnggi 55 yil ichida misli koʻrilmagan geologik rekordni yangiladi. Insoniyat tomonidan foydalaniladigan qazilma yoqilgʻi boyliklari, sanoat va yerdan foydalanishining notoʻgʻriligi buning asosiy sababi boʻldi. Antropologlar uchun okean, asosiy choʻkindi toʻplovchi boʻlib xizmat qilishi haqidagi fikrlar 1950-yillarning oxiridan beri muhokama qilinmoqda[4]. Bir nechta dalillar okean umumiy choʻkindi qismi okeanning chorak qismini egallaganiga ishora qiladi[4].
2019-yilda kuzatilgan oʻzgarishlar va taʼsirlar haqidagi soʻnggi asosiy izlanishlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1970-yildan buyon dunyo okeannining to‘xtovsiz isishi va iqlim o'zgarishi dagi ortiqcha isishga olib keldi. 1993-yildan beri okean harorati ikki baravar ko'paydi. 1982-yildan beri Dengizdagi issiqlik to'lqinlari chastotasi ikki baravar ko'paygan va hozirda ham ortishda davom etmoqda.
— IPCC O'zgaruvchan iqlim sharoitida okean va kriosfera bo'yicha maxsus hisobot (2019)
Okean haroratining koʻtarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlim oʻzgarishining okeanlarga taʼsiri ortmoda va bu okeanlarda haroratining koʻtarilishiga olib kelmoqda[1]. Dunyo okeanida 2022-yilda eng issiq harorat qayd etildi. Bu harorat 2021-yilgi maksimal darajadan ham oshib ketdi. Okean haroratining koʻtarilib borishi yerning ichki energiyasi va isiqxona gazlari darajasining oshishi bilan bogʻliq[13]. Pre-industrual davrda va 2011—2020-yilar oraligʻida okean yuzasidagi harorat 0,68 dan 1,01 °C ga oshgan[14].
Harorat oshishining asosiy qismi Janubiy okean hissasiga toʻgʻri keladi. Misol uchun, 1950—1980-yillar oraligʻida Janubiy okeanining harorati 0,17 °C (0,31 °F) ga koʻtarildi. Bu dunyo okeandan deyarli ikki baravar koʻp[15].
Issiqlik darajasi chuqurlikka qarab oʻzgaradi. Okeanning yuqori qismi (700 m chuqurlikacha boʻlgan qismi) eng tez isimoqda. Okeanning ming metrdan chuqur boʻlgan qismida harorat har asrda deyarli 0,4°Cga oshmoqda (1981-yildan 2019-yilgacha boʻlgan maʼlumotlar). Okeanning chuqurroq zonalarida (global miqyosda) 2000 metr chuqurlikda isish har asrda 0,1 °C atrofida boʻlgan. Issiqlik Janubiy okeanida farq qiladi, bu yerda eng yuqori isish (har asrda 0,3 °C) 4500 m chuqurlikda kuzatilgan[5].
Okeanning issiqlik zonalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Okean harorati turli hududlarda turlicha boʻladi. Harorat ekvator yaqinida yuqoriroq, qutblarda esa pastroq boʻladi. Natijada, okeanning umumiy haroratidagi oʻzgarishlar dunyo okeanini oʻzgarishiga olib keladi. 1969—1993-yillarni, 1993—2017-yillar bilan solishtirganda, harorat koʻtarilayotgani kuzatilgan[5].
Atrof-muhitga taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dengiz sathining koʻtarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpgina qirgʻoqboʻyi shaharlar kelgusi oʻn yillikda yoki undan keyingi davrlarda suv toshqinlarini boshdan kechiradi[14]. Tabiiy boʻlishi mumkin boʻlgan yoki inson faoliyati tufayli ortishi mumkin boʻlgan mahalliy suv bosishlar, qirgʻoq boʻyidagi suv toshqinlarini kuchayadi. 2050-yilga kelib suv toshqinlari qirgʻoq boʻyida yashovchi yuz millionlab odamlarga tahdid soladi, asosiy taqdid Janubi-Sharqiy Osiyoda yashovchi aholiga boʻlishi mumkin[18].
Okean oqimlarining oʻzgarishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Okean oqimlari turli kengliklarda quyosh nuri va havo harorati, shuningdek, mahalliy shamollar va chuchuk suvning turli xil zichligi tufayli yuzaga keladigan harorat oʻzgarishi natijasida yuzaga keladi. Oqimdagi suv harorati ekvatorga yaqin hududlarda koʻtariladi. Keyin, qutblarga qarab harakat qilganda, u yana soviydi. Sovuq havo qutblar yaqinida pasayadi, lekin ekvator tomon harakatlanayotganda yana koʻtariladi. Bu har bir yarim sharda oʻrta kenglikdagi shamolni harakatga keltiradigan Hadley sirkulatsiyasini keltirib chiqaradi. Ushbu aylanma harakatlar bilan bogʻliq shamol yer yuzasidagi suvlarni havosi sovuqroq boʻlgan yuqori kengliklarga harakatlantiradi[19]. Bu jarayon suvni sovutib, pastki kenglikdagi suvlarni nisbatan juda zichroq boʻlishiga olib keladi, bu esa oʻz navbatida okean tubiga choʻkishiga olib keladi, shimolda Shimoliy Atlantika chuqur suvini (ShAChS) va janubda Antarktika tub suvini (JATS) hosil qiladi[20].
Ushbu pasayish va pastki kengliklarda sodir boʻladigan koʻtarilish, shuningdek, yer usti suvlaridagi shamollarning harakatlantiruvchi kuchi tufayli okean oqimlari dengiz boʻylab suv aylanishiga taʼsir qiladi. Global isish taʼsir qilganda, okeanlarning chuqur qismini ham isishiga olib keldi[21]. Okeanlar isishi, muzliklar va qutb muzliklari erishi natijasida okeanning suv tarkibi oʻzgardi. Yuqori kenglik mintaqalariga muzliklardan erigan toza suv butun okean suvining zichligini pasayishiga olib keladi. Natijada, suv odatdagidan koʻra balandroq qatlamda turadi[21].
Zamonaviy kuzatuvlar va paleoiqlimni maʼlumotlariga koʻra, Atlantika meridional sirkuatsiyasi (AMS) pre-industrial davrda zaiflashgan boʻlishi mumkin. 2021-yilda baholangan iqlim oʻzgarishi prognozlari shuni koʻrsatadiki, AMS 21-asr davomida zaiflashishi mumkin[14]. Uning zaiflashishi global iqlimga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin, ayniqsa, Atlantika okeaning shimoliy qismida[1].
Okean oqimlaridagi har qanday oʻzgarishlar okeanning karbonat angidridni oʻzlashtirish qobiliyatiga (suv harorati taʼsir qiladi) hamda okean unumdorligiga taʼsir qiladi, chunki oqimlar ozuqa moddalarini yaʼni fitaplanktonlarni tashiydi. AMS chuqur okean aylanishi sekin boʻladi, yaʼni (butun okeanni aylanib chiqish uchun yuzlab yoki minglab yillar kerak boʻladi), u iqlim oʻzgarishiga sekin taʼsir qiladi[22].
Dengizlarni qatlamlarga ajralishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Okean qatlamlarga ajralishi muhim ahamiyatga ega, chunki ular okean organizmlari va kislorod darajasiga taʼsir qilishi mumkin. Okean suvning zichlikka qarab qatlamlarga boʻlinadi. Qatlamlar boʻyicha boʻlinish barcha okean havzalarida sodir boʻladi[23]. 1970-yildan beri global isish va baʼzi hududlarda shoʻrlanishi tufayli okeanning yuqori qatlam miqdori koʻpayishi kuzatildi. Shoʻrlanishning oshishi tropik suvlarda bugʻlanishni kuchaytiradi, bu esa shoʻrlanish va zichlik darajasining oshishiga olib keladi. Shu bilan birga, muzning erishi yuqori kengliklarda shoʻrlanishning pasayishiga saba boʻladi[14].
Okeanlar suvining rangini oʻzgarishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sunʼiy yoʻldosh tasvirlari tahlili shuni koʻrsatadiki, iqlim oʻzgarishi davom etar ekan, okeanlar asta-sekin koʻk rangdan yashil rangga oʻzgarib boraveradi. Ushbu rang oʻzgarishini koʻpchilik olimlar iqlim oʻzgarishi sababli plankton populyatsiyalarining oʻzgarishi bilan bogʻliqligini aytishmoqda[24][25].
Ob-havosi va shamol oʻzgarishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlim oʻzgarishi va okeanning isishi Yerning iqlimi va ob-havo tizimidagi keng koʻlamli oʻzgarishlarga olib keladi, shu jumladan, tropik siklon va musson kuchayishi va ob-havoning keskin oʻzgarishi, baʼzi hududlar nam, boshqalari esa quruqroq boʻlishiga olib kelmoqda[14]. Shamol yonalishining oʻzgarishi baʼzi hududlarda toʻlqin balandligini oshiga olib kelmoqda[26][14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Summary for Policymakers“, The Ocean and Cryosphere in a Changing Climate, 2019 — 3–36-bet. DOI:10.1017/9781009157964.001. ISBN 978-1-00-915796-4. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
- ↑ Worm, Boris; Barbier, Edward B.; Beaumont, Nicola; Duffy, J. Emmett; Folke, Carl; Halpern, Benjamin S.; Jackson, Jeremy B. C.; Lotze, Heike K. et al. (2006-11-03). "Impacts of Biodiversity Loss on Ocean Ecosystem Services" (en). Science 314 (5800): 787–790. doi:10.1126/science.1132294. ISSN 0036-8075. https://www.science.org/doi/10.1126/science.1132294.
- ↑ Cheng, Lijing; Abraham, John; Hausfather, Zeke; Trenberth, Kevin E. (11 January 2019). "How fast are the oceans warming?". Science 363 (6423): 128–129. doi:10.1126/science.aav7619. PMID 30630919.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Doney, Scott C.; Busch, D. Shallin; Cooley, Sarah R.; Kroeker, Kristy J. (2020-10-17). "The Impacts of Ocean Acidification on Marine Ecosystems and Reliant Human Communities" (en). Annual Review of Environment and Resources 45 (1): 83–112. doi:10.1146/annurev-environ-012320-083019. Text was copied from this source, which is available under a Creative Commons Attribution 4.0 International License „arxiv nusxasi“. 2017-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-may.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Bindoff, N. L., W. W. L. Cheung, J. G. Kairo, J. Arístegui, V. A. Guinder, R. Hallberg, N. Hilmi, N. Jiao, M. S. Karim, L. Levin, S. OʻDonoghue, S. R. Purca Cuicapusa, B. Rinkevich, T. Suga, A. Tagliabue, and P. Williamson, 2019: Chapter 5: Changing Ocean, Marine Ecosystems, and Dependent Communities (Wayback Machine saytida 2019-12-20 sanasida arxivlangan). In: IPCC Special Report on the Ocean and Cryosphere in a Changing Climate (Wayback Machine saytida 2021-07-12 sanasida arxivlangan) [H.-O. Pörtner, D. C. Roberts, V. Masson-Delmotte, P. Zhai, M. Tignor, E. Poloczanska, K. Mintenbeck, A. Alegría, M. Nicolai, A. Okem, J. Petzold, B. Rama, N. M. Weyer (eds.)]. In press.
- ↑ Freedman, Andrew. „Mixing of the planet's ocean waters is slowing down, speeding up global warming, study finds“ (2020-yil 29-sentyabr). 2020-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ Cheng, Lijing; Trenberth, Kevin E.; Gruber, Nicolas; Abraham, John P.; Fasullo, John T.; Li, Guancheng; Mann, Michael E.; Zhao, Xuanming et al. (2020). "Improved Estimates of Changes in Upper Ocean Salinity and the Hydrological Cycle". Journal of Climate 33 (23): 10357–10381. doi:10.1175/jcli-d-20-0366.1.
- ↑ Chester, R.; Jickells, Tim „Chapter 9: Nutrients oxygen organic carbon and the carbon cycle in seawater“, . Marine geochemistry, 3rd, Chichester, West Sussex, UK: Wiley/Blackwell, 2012 — 182–183-bet. ISBN 978-1-118-34909-0. OCLC 781078031. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ Briand F., ed (2013). "Marine Extinctions: Patterns and Processes - an overview." (en). CIESM Workshop Monographs 45: 5–19. https://www.researchgate.net/publication/271767063.
- ↑ Top 700 meters: Lindsey, Rebecca; Dahlman, Luann „Climate Change: Ocean Heat Content“. climate.gov. National Oceanic and Atmospheric Administration (NOAA) (2023-yil 6-sentyabr). 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. ● Top 2000 meters: „Ocean Warming / Latest Measurement: December 2022 / 345 (± 2) zettajoules since 1955“. NASA.gov. National Aeronautics and Space Administration. 2023-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The Oceans Are Heating Up Faster Than Expected“. scientific american. 2020-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
- ↑ „Global Annual Mean Surface Air Temperature Change“. NASA. 2020-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
- ↑ Cheng, Lijing; Abraham, John; Trenberth, Kevin E.; Fasullo, John; Boyer, Tim; Mann, Michael E.; Zhu, Jiang; Wang, Fan et al. (2023). "Another Year of Record Heat for the Oceans" (en). Advances in Atmospheric Sciences 40 (6): 963–974. doi:10.1007/s00376-023-2385-2. ISSN 0256-1530. PMID 36643611. PMC 9832248. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=9832248. Text was copied from this source, which is available under a Creative Commons Attribution 4.0 International License
- ↑ 14,0 14,1 14,2 14,3 14,4 14,5 Fox-Kemper, B., H. T. Hewitt, C. Xiao, G. Aðalgeirsdóttir, S. S. Drijfhout, T. L. Edwards, N. R. Golledge, M. Hemer, R. E. Kopp, G. Krinner, A. Mix, D. Notz, S. Nowicki, I. S. Nurhati, L. Ruiz, J.-B. Sallée, A. B. A. Slangen, and Y. Yu, 2021: Chapter 9: Ocean, Cryosphere and Sea Level Change (Wayback Machine saytida 2022-10-24 sanasida arxivlangan). In Climate Change 2021: The Physical Science Basis. Contribution of Working Group I to the Sixth Assessment Report of the Intergovernmental Panel on Climate Change (Wayback Machine saytida 2021-08-09 sanasida arxivlangan) [Masson-Delmotte, V., P. Zhai, A. Pirani, S. L. Connors, C. Péan, S. Berger, N. Caud, Y. Chen, L. Goldfarb, M. I. Gomis, M. Huang, K. Leitzell, E. Lonnoy, J. B. R. Matthews, T. K. Maycock, T. Waterfield, O. Yelekçi, R. Yu, and B. Zhou (eds.)]. Cambridge University Press, Cambridge, United Kingdom and New York, NY, USA, pp. 1211-1362
- ↑ Gille, Sarah T. (2002-02-15). "Warming of the Southern Ocean Since the 1950s". Science 295 (5558): 1275–1277. doi:10.1126/science.1065863. PMID 11847337.
- ↑ Cheng, Lijing; Abraham, John; Zhu, Jiang; Trenberth, Kevin E.; Fasullo, John; Boyer, Tim; Locarnini, Ricardo; Zhang, Bin et al. (February 2020). "Record-Setting Ocean Warmth Continued in 2019" (en). Advances in Atmospheric Sciences 37 (2): 137–142. doi:10.1007/s00376-020-9283-7.
- ↑ „Climate Change Indicators: Sea Level / Figure 1. Absolute Sea Level Change“. EPA.gov. U.S. Environmental Protection Agency (EPA) (2022-yil iyul). — „Data sources: CSIRO, 2017. NOAA, 2022.“. 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Nicholls, Robert J.; Lincke, Daniel; Hinkel, Jochen; Brown, Sally; Vafeidis, Athanasios T.; Meyssignac, Benoit; Hanson, Susan E.; Merkens, Jan-Ludolf et al. (2021). "A global analysis of subsidence, relative sea-level change and coastal flood exposure" (en). Nature Climate Change 11 (4): 338–342. doi:10.1038/s41558-021-00993-z. https://zenodo.org/record/4621313. Qaraldi: 2022-11-21.Iqlim oʻzgarishining okeanlarga taʼsiri]]
- ↑ Trujillo, Alan P.. Essentials of oceanography, Harold V. Thurman, 11th, Boston: Pearson, 2014. ISBN 978-0-321-81405-0. OCLC 815043823.
- ↑ Talley, L. (2000). Sio 210 talley topic 5: North Atlantic circulation and water masses. thermohaline forcing (Wayback Machine saytida 2015-01-15 sanasida arxivlangan).
- ↑ 21,0 21,1 Trenberth, K; Caron, J (2001). "Estimates of Meridional Atmosphere and Ocean Heat Transports". Journal of Climate 14 (16): 3433–43. doi:10.1175/1520-0442(2001)014<3433:EOMAAO>2.0.CO;2. https://zenodo.org/record/1234671. Qaraldi: 2022-10-28.Iqlim oʻzgarishining okeanlarga taʼsiri]]
- ↑ Chester, R.; Jickells, Tim „Chapter 9: Nutrients oxygen organic carbon and the carbon cycle in seawater“, . Marine geochemistry, 3rd, Chichester, West Sussex, UK: Wiley/Blackwell, 2012. ISBN 978-1-118-34909-0. OCLC 781078031. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ Li, Guancheng; Cheng, Lijing; Zhu, Jiang; Trenberth, Kevin E.; Mann, Michael E.; Abraham, John P. (December 2020). "Increasing ocean stratification over the past half-century". Nature Climate Change 10 (12): 1116–1123. doi:10.1038/s41558-020-00918-2. https://scholarsphere.psu.edu/resources/b5e27d36-d40c-428c-bfc7-32646be12f5c. Qaraldi: 2022-10-21.Iqlim oʻzgarishining okeanlarga taʼsiri]]
- ↑ The Guardian, 2023 July 12 „World’s Oceans Changing Colour Due to Climate Breakdown“
- ↑ Cael, B. B., Bisson, K., Boss, E. et al. „Global climate-change trends detected in indicators of ocean ecology“ Nature (2023)
- ↑ Odériz, I.; Silva, R.; Mortlock, T.R.; Mori, N.; Shimura, T.; Webb, A.; Padilla‐Hernández, R.; Villers, S. (2021-06-16). "Natural Variability and Warming Signals in Global Ocean Wave Climates". Geophysical Research Letters 48 (11). doi:10.1029/2021GL093622.
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- IPCC Working Group I (WG I). Iqlim tizimi va iqlim oʻzgarishining fizik ilmiy jihatlarini baholovchi Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo guruh guruhi.
- Climate Jahon meteorologiya tashkilotidan
- Climate change Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha Barqaror rivojlanish departamenti
- Effects of climate change Met Officedan
- United Nations Environment Programme and climate change
- Fisheries and Aquaculture: Climate Change Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotidan