Iqtisodiy qonunlar
Iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy neʼmatlarni i.ch., taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol munosabatlarini boshqarib turuvchi obyektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va i.ch. munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. I.q. i.ch. munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bogʻlanishlarni ifodalaydi. I.q. doimo bir-biri bilan bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi, maʼlum shartsharoitlar yoʻqolgach, I.q. ham oʻz kuchini yoʻkrtadi. I.q.ning taʼsir doirasi va harakteri jamiyat taraqqiyotining obyektiv shartsharoitlariga, vositalariga nisbatan boʻlgan munosabat shakllariga, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish va uning natijalarini taqsimlash usullariga bogʻliq. I.q. obyektiv harakterga ega. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab I.q. 3 guruhga ajratiladi:Umumiy I. q. — kishilikjamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning oʻsib borish qonuni, ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuni va b. Xususiy I. q.— insoniyat jamiyati taraqqiyotining maʼlum bosqichlarida, muayyan ijtimoiyiqtisodiy tizim doirasida amal qiladigan qonunlar. Mas, talab qrnuni, taklif qonuni, qiymat qonuni — tovarpul munosabatlari mavjud boʻlgan davrlarda amal qiladi. Maxsus I. q. — alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladigan qonunlar. Masalan, qoʻshimcha qiymat qonuni.
I. q. tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, I.q. esa ijtimoiy hayot qonunlari boʻlib, tarixiydir va oʻzgaruvchandir, chunki I.q. kishilarning oʻz ehtiyojlari va manfaatlari yoʻlidagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, kishilik jamiyati mavjud boʻlganda paydo boʻladi va amal qiladi. I.q.ni ilmiy asosda bilish, ulardan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi I.q.ni bilish va uning mazmunini ochib berish hisoblanadi.
Bobomurodov Abbos.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |