Kontent qismiga oʻtish

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(TATUdan yoʻnaltirildi)
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Universitet logotipi
Xalqaro nomi
Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1955-yil 28-iyun
Rektori Мaxkamov Baxtiyor Shuxratovich
Fakultetlar 8 ta
Talabalari 14,000+
Bakalavriat 26 ta yoʻnalish
Magistratura 37 ta mutaxassislik
Manzili
Veb-sayti www.tuit.uz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi – TATU)[1] 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (qisqartmasi - TEAI) hamda 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomlari bilan faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil etilib, bugungi kunda Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti (kеyingi o‘rinlarda - TATU)  va uning 6 ta hududiy filiallarida bugungi kunda 20 ta fakultеt va 69 ta kafеdra, xususan, TATUda 8 ta fakultеt va 28 ta kafеdra mavjud.

Universitet va uning hududiy filiallarida bugungi kunda 1000 nafarga yaqin profеssor-o‘qituvchilar, shundan, 65 nafar fan doktori hamda 350 nafardan ortiq fan nomzodi faoliyat yuritib kеlmoqda.

TATU va uning hududiy filiallarida 32 000 nafardan ortiq talabalar 26 ta ta’lim yo‘nalishlari va 37 ta mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olmoqda, shundan 14 000 nafardan ortiq talabalar TATUda tahsil olishmoqda.

Universitetda 2023-2024-yillarda mavjud 28 ta kafеdralarda 17 ta yangi laboratoriyalar tashkil etildi, jumladan, “O‘zbеktеlеkom” AK[2], Radioaloqa, radioеshittirishlar va tеlеvidеniе markazi DUK[3], “UNICON.UZ” MChJ[4], Elеktromagnit moslashuv markazi DUK[5], “MobiUz” mobil aloqa opеratori (“UMS” MChJ)[6]ZTE kompaniyasi[7] va boshqa soha korxonalari bilan hamkorlikda 14 ta va Jaxon banki mablag‘lari hisobidan 3 ta yangi laboratoriyalar tashkil etildi.

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 2022 yilda tashkil etilgan “Rеgistrator ofisi”da “yagona darcha” shaklida yaratilgan xizmatlar turi bugungi kunda 43 tani tashkil etadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi – TATU) 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (qisqartmasi - TEAI) deb nomlangan bo'lib, 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga koʻra u universitetga aylantirildi hamda 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan faoliyat yuritgan. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.

  • 1955-yil 28-iyun - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti o‘z faoliyatini boshladi (Sobiq SSSR Aloqa
    vazirining 487-son buyrug‘i bilan) – Rektor vazifasini bajaruvchi N.B.Matskevitch
  • 1957-yil - M.I.Astaxov rektor etib tayinlandi
  • 1957/1958-yillarda - Radioaloqa va Radioeshittirish fakulteti hamda kechki va sirtqi ta’lim bo‘limlari tashkil etildi.
  • 1961-yil - Institut yangi binoga ko‘chib o‘tdi. O‘quv-ishlab chiqarish bazasi tashil etildi.
  • 1965-yil - Talabalar soni – 4000 nafar, Kafedralar/laboratoriyalar soni – 21 / 40 ta, Bitiruvchilar soni - 915 nafar
  • 1966-1970 yillarda - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutida 1900 nafar elektraloqa muhandislari
    tayyorlandi.
  • 1966-yil - Toshkent zilzilasidan so‘ng Institut hududida 3 ta mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun pavilyonlar tashkil etildi.
  • 1966-yil - Talabalar uchun 2 ta turar joy har biri 480 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi (avvalgi Jahon Obidova ko‘chasi - hozirgi Bog‘i Shamol).
  • 1969-yil - Telefon-Telegraf Aloqasi fakulteti bazasida Avtomatik Elektr Aloqa va Ko‘p kanalli Elektr Aloqa fakultetlari tashkil etildi.
  • 1972-yil - S.N.Kolesov Institut rektori etib tayinlandi.
  • 1973-yil - Institut hududida 40 xonadonga mo‘ljallangan uy, ikki qavatli talabalar oshxonasi va hisoblash markazi uchun maxusu 2 bino qurildi
  • 1976-yil - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutiga t.f.d., professor, akademik D.A.Abdullaeyev rektor etib
    tayinlandi.
  • 1979-yil - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutining Farg‘ona, Frunze (hozirgi Bishkek), Dushanbe va Almata shaharlarida sirtqi fakultetning tayanch punktlari tashkil etildi.
  • 1974-yiln - Har yili 400 nafar talabalar O‘zbekistonning, Rossiya, Qirg‘iziston davlatlarida “Talabalar Qurilish Otryadi”ga jalb etilgan.
  • 1979-yil - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti kutubxonasi jamg‘armasi 300 mingdan ortiq kitob va jurnalga ega bo‘ldi.
  • 1982-yil - Talabalar uchun 3 ta 9 qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi.
  • 1986/1987 yilldan - Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika fuqarolarini o‘qishga qabul qilish boshlandi
  • 1990-yil - institutda 27 ta kafedra, 75 ta o‘quv markazi, 17 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, hisoblash markazi va 3 ta kompyuter xonasi, rangli
    televizor, o‘quv markazi faoliyat ko‘rsatdi.
  • 1991-yil - Termiz shahrida universitet filiali tashkil qilindi
  • 1991-yil - Institutga 3 ixtisoslik bo‘yicha aspiranturaga tashkil etildi va nomzodlik disertatsiyalarini himoya qilishga ruxsat etildi
  • 1992-yil - TEAIga t.f.d., professor, akademik T.D.Radjabov rektor etib tayinlandi.
  • 1993-yil - TEAI qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
  • 1994-yil - Institut qoshida Markaziy Osiyo Telekommunikatsiya o‘quv markazi tashkil etildi
  • 1994/1995 yiln - Institutda telekommunikatsiya, televideniya, radioeshittirish va radioaloqa, menejment yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash boshlandi.
  • 1996-yil - Respublika aloqa vazirligining buyrug‘i asosida universitetda
    muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil etildi
  • 1997-yil - Institut tarkibidagi litsey-internat o‘z faoliyatini boshladi
  • 1999-yil - Institut 808 ta injener va bakalavrlar tayyorlab, hayotga yo‘llanma berdi
  • 1999-yil - TEAIda magistratura bo‘limi ochildi.
  • 2002-yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
  • 2002/2003 yil Ikki yangi yo‘nalish v amutaxassisiklar; elekron tijorat va axborot xavfsizligi bo‘yicha bakalavr df magistrlar tayyorlash boshlandi.
  • 2005-yil - Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi.
  • 2007-yil - TATU qoshidagi "O‘zbekiston-Koreya axborot almashish" markazi ochildi. TATU va Koreya milliy axborot agentligi (NIA) bilan
    Anglashuv Memorandumi asosida tashkil topgan.
  • 2009-yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan TATUda yangi “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi.
  • 2010-yil - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Elektronika kafedrasi qoshida NATIONAL INSTRUMENTS texnologiyalari markazi ochildi.
  • 2013-yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1942 Qarori bilan texnika yo‘nalishlariga kirish imtihonlari tarkibiga xorijiy til kiritildi.
  • 2013/2015 yil - Aholining kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida TATU va uning filiallarida "Bunyodkor yoshlar 2013”, "Bunyodkor yoshlar 2014” va "Bunyodkor yoshlar 2015” kompyuter savodxonlik guruhlari tashkil qilindi.
  • 2013-yil - Davlat aloqa qo‘mitasining 30.09.2013 y. №366 sonli "TATU qoshida "Elektron xukumat” o‘quv markazi yaratish haqida”gi buyrug‘iga asosan o‘quv markazi tashkil qilindi va 9195 nafardan ortiq davlat va mahalliy hokimiyat xodimlari ta’lim oldi.
  • 2017-yil - Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma
    Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.
  • 2018-yil - TATU davlat OTMlari orasida birinchilardan bo‘lib ta’limning kredit tizimiga o‘tildi.
  • 2019-yil - TATU tarkibida O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etildi.
  • 2019-yil - TATU va JICA hamkorligida O‘quv media markazi ochildi.
  • 2020-yil - TATUda “Data Center” ochildi.
  • 2021-yil - Toshkent viloyatida TATU Nurafshon filiali o‘z faoliyatini boshladi.
  • 2022-yil - TATUda “TUIT Incubation Center” markazi ochildi.
  • 2022-yil - TATUda Masofaviy ta’lim shaklida talabalar qabul qilindi.
  • 2022-yil - TATUda zamonaviy “F” o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.
  • 2023-yil - TATUda yangi zamonaviy zamonaviy yangi Sport Majmuasi foydalanishga topshirildi.
  • Universitetning B va C binolari to‘liq qayta ta’mirlandi. Universitet foyesi zamonaviy uslub va milliy dizaynda
    ta’mirlanib yangi qiyofaga ega bo‘ldi.
  • Bir vaqtning o‘zida 500 dan ortiq talabalarga xizmat ko‘rsatuvchi Kutuxona tashkil etilib zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi.
  • Universitetda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Sun’iy intellekt oliy muhandislik maktabi tashkil etildi.
  • “Tarmoq – Korxona - Oliygoh” tamoyili asosida soha korxonalari bilan integratsiyani ta’minlovchi 14 ta yangi laboratoriyalar tashkil etildi.

Xalqaro rеytinglardagi ko‘rsatkichlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro nufuzli reytinglarda yildan yilga o‘z o‘rnini mustaxkamlab bormoqda. Jumaldan, 2024-yilda ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - Times Higher Education[9] (THE)ning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi.  Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyoning nufuzli Times Higher Education[9] xalqaro reyting tashkiloti tomonidan xalqaro reytingida (WUR) TOP-1501+ o‘rinda qayd etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti THE (Times Higher Education) xalqaro reytingida ilk bor dunyo universitetlari xalqaro reytingida (WUR) TOP-1501+ o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari bo‘yicha TOP-5 o‘rinni, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-3 o‘rinni egalladi.

Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro Times Higher Education (THE)[9] tomonidan e’lon qilingan “Interdisciplinary Science Ranking” (Fanlararo fan reytingi) dunyoning TOP-500 talikdan joy egalladi.

Dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkiloti Times Higher Education (THE) “Schmidt Science Fellows” [10] jamg‘armasi bilan hamkorlikda ilk bora “Interdisciplinary Science Ranking” (Fanlararo fan reytingi) natijalarini e’lon qildi.  

Nufuzli xalqaro QS reyting[11] tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2025-yil uchun (QS Asia University Rankings - 2025) reyting natijalarini e’lon qildi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yuqori natija ko‘rsatib, mintaqadagi yetakchi universitetlardan biriga aylandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining xalqaro QS reytingda eng yaxshi universitetlardan biri sifatida qayd etildi.

QS STAR[12]dan 4⭐️ga ega TATUning QS Osiyo universitetlari reytingidagi o'rni 110 pog'onaga ko'tarildi. Natijalarga ko‘ra, TATU Osiyo mintaqasida o'tgan yilgi 651-700 o'rnini yangilab, 541-o‘rinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida esa 34-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, dunyoning universitetlari reyting ko‘rsatkichlarini mustaqil metrika orqali baholovchi edurank.org natijalariga ko‘ra universitet o‘z o‘rnini yanada mustaxkamladi. Jumladan, TATU avvalgi yillarga nisbatan 235 o‘ringa yuqoriladi. E’tiborlisi, ushbu reytingda universitet turli mutaxassisliklarda eng yaxshi universitet sifatida e’tirof etilgan. Hususan, Axborot texnologiyalar  yo‘nalishida jahonda 788 – o‘rinda qayd etilgan bo‘sa, O‘zbekistonda esa Kompyuter muhandisligi, Kiberxavfsizlik[13], Telekommunikatsiya[14], Sun’iy intellekt (AI)[15] kabi fan sohalarida ham 1-o‘rinda qayd etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti UI Green Metric World University Ranking[16] xalqaro reytingida TOP 1000 talikda qayd etildi.

UI Green Metric World University Ranking xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy taʼlim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalariga ko‘ra TATU nufuzli reytingida TOP-1000 ta oliy taʼlim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan universitet sifatida eʼtirof etildi.

Univеrsitеtning Xalqaro hamkorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TATU va uning hududdiy filiallari 57 davlatning 190 ta univеrsitеti, 7 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 26 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 223 ta o‘zaro hamkorlik shartnomasi, kеlishuv va mеmorandumlariga ega. Xususan, TATU tomonidan 35 davlatning 175 ta univеrsitеti, 5 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 24 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 204 ta o‘zaro hamkorlik shartnomasi, kеlishuv va mеmorandumlari imzolangan.

TATU 2020-2024 yillarda Yevropa Ittifoqining “Erasmus+[17]” dasturi doirasida uchta loyihalarni ilk marta grantxoldеr sifatida amalga oshirishni boshladi. Shuningdеk, Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida 9 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

2022-2027 yillarga  mo‘ljallangan Korеyaning KOICA [18]tashkiloti ko‘magida “Global AyTi biznеs ta’lim dasturi hamda FabLab tashkil etish” invеstitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

TATUda ma’naviy va madaniy tadbirlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet nafaqat ta’lim berish, balki talabalarning shaxsiy va jamoaviy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi imkoniyatlar yaratishga intiladi. Xususan, Universitet va uning filiallarida, Oqtosh va boshqa xushmanzara dam olish maskanlarida maxsus Team-building[19] tadbirlari doimiy tashkil etiladi. Bu tadbirlar talabalar o‘rtasida jamoaviylik ruhini mustahkamlashga, bir-birini yaxshiroq tushunish va qo‘llab-quvvatlash madaniyatini shakllantirishga yordam berdi. Sayohatlar har xil tarzda tashkil qilinadi. Ushbu tadbirlarga GPA[20] ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalardan tashqari universitet hayotida faol, xulq-atvori jihatdan namunali talabalar ham jalb qilinadi. Xorijdan kelib tahsil oluvchi talabalar ham boshqa talabalar bir qatorda ishtirok qilishadi. Team-building tadbirlari doirasida turli xil sport musobaqalari, ochiq muloqot va davra suhbatlari o‘zgacha ruhda o‘zkaziladi.

Open Air Movie Night

Universitetda talabalar tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan kutib olinadigan ochiq osmon ostidagi Open Air Movie Night tadbiri har yilning deyarli barcha yirik bayramlarida tashkil etilib kelinadi. “Open Air Movie Night” – bu maxsus musiqiy dasturlar va sevimli filmlar tomoshasi uyg‘unlashgan tadbir bo‘lib, talabalarning vaqtlarini maroqli o‘tkazish va yangi do‘stlar orttirishlari uchun yaratilgan noyob muhitdir. Tadbir har safar 1000 dan ziyod talaba-yoshlarni o‘z bag‘riga oladi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarga dam olish, ijodiy yondashuv va muloqot muhiti hamda kreativlikni oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.

TUIT Part

TATU talabalari qalbidan chuqur joy olgan va an’anaga aylangan “TUIT Party” – bu Universitet ijtimoiy hayotidagi eng yorqin va qiziqarli tadbirlardan biri bo‘lib, har yili turli bayramlar va o‘quv semestri munosabati bilan o‘tkaziladi. Ayniqsa, yangi yil oldidan tashkil etiladigan “TUIT New Year’s Party” talabalarga haqiqiy bayramona muhitni tuhfa qilib, ularni birdamlik va hamfikrlilikka undaydi.

Universitet talabalar hayotini rang-barang qilish, jismoniy faollikni targ‘ib etish va do‘stona raqobat muhitini shakllantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda. Ushbu tadbir universitet talabalarining sport va madaniy sohadagi qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tadbir sportning turli yo‘nalishlarida o‘tkazilib, talabalar o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Talabalar quyidagi sport turlarida o‘z jamoalari bilan qatnashishlari mumkin:

  • Futbol;
  • Voleybol;
  • Basketbol;
  • Yengil atletika;
  • Stol tennis;
  • Mini futbol;
  • Shaxmat va shashka;
  • Qo‘l to‘pi;
  • Arm wrestling va boshqalar;
TATU Zakovat klublari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida doimiy ravishda TATU Zakovat Klub”lari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, intellektual o‘yinlar universitetda talabalarning bo‘sh vaqtlarida muntazam o‘tkazilmoqda. O‘yinlar xolis, haqqoniy va shaffof tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida, Zakovat NNT bilan hamkorlik qilgan holda tashkillashtirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Fakultet va universitet miqiyosida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar belgilangan tartibda rag‘batlantirilib kelinmoqda.

Universitetda tahsil olayotgan talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, universitetda Quvnoqlar va Zukkolar – Rektor kubogi ko‘rik-tanlovini yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rik-tanlovda jamoalar belgilangan shartlar bo‘yicha bellashishadi hamda to‘plangan ballar orqali keying bosqichlarda saralangan holda finalga eng yuqori ball to‘plagan jamoalar yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Finalda g‘olib bo‘lgan jamoalar munosib pul mukofotlari va ko‘chma kubokni qo‘lga kiritishadi.

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil! – dasturi doirasida doimiy ravishda talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar uchun tarixiy shaharlar va ziyoratgohlarga (xususan, Buxoro, Parkent, Zangiota, Samarqand, Jizzax, Urganch –Xiva, Buxoro, Samarqand, Nukus – Mo‘ynoq, Farg‘ona) sayohatlar uyushtirilib kelinmoqda. Qadimiy shaharlaridagi mavjud turizm durdonalari, qadimiy maskanlarga sayohati tashkil qilingan.

Talaba-yoshlar o‘rtasida konkurslar, festivallar, forumlar tashkil etib kelinmoqda va muzeylarga, teatrlarga, xiyoboniga tashriflar, kino zallariga tashriflar tashkil qilingan. Shular qatorida TUIT FM” radiosi o‘z faoliyatini boshladi va katta tanaffus vaqtlarida talabalarining tabriklari hamda buyurtmalariga muvofiq vatanga muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar qo‘yib eshittirilmoqda.

Universitetda muhim sanalar va umumxalq bayramlari o‘zgacha kayfiyatda o‘tkaziladi. Talabalarning eng sevib ishtirok etadigan Navro‘z sayli, Yangi yil oqshomi kabi tadbirlarda turli xil noz-ne’matlarga to‘la dasturxon yozilib, milliy taomlar tayyorlanib ulashiladi. Ayniqsa, Talabalar turar joylarida Sumalak sayli va Osh chempionatlarida TTJ da yashovchi barcha talabalar qamrob olinadi va tayyorlangan taomlar hammaga tarqatiladi.

Talabalar turar joylarida talaba-yoshlarga barcha sharoitlar bo‘lib, wi-fi lar doimiy ishlashi ta’minlangan. Alohida kompyuter xonalari, kutubxonalar, sartaroshxona, tikuvxonalari, kiryuvish mashinalari o‘natilgan kir yuvish xonalari va h.k.lar mavjud.

TUIT Incubation Center

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “TUIT Incubation Center[21]” inkubatsion markaz tashkil etilgan boʻlib, u oʻz faoliyatini 2022-yilda boshlagan.

Ushbu markaz turli xil soha vakillarini birlashtirgan holda axborot kommunikatsion texnologiyalar sohasida yangi yutuqlarga erishish, ilmiy hamda startap loyihalarni yaratish va innovatsion yechimlarni topishga xizmat qiladi. Bunda Universitet talabalari va boshqa moliya-iqtisod, ishlab chiqarish va boshqa turli sohalar talabalari bilan hamkorlikda startaplar hamda ishlanmalar usti tadqiqotlar oʻtkazishga keng imkoniyatlar yaratilgan. Markazda 28ta startup loyihalar va ishlanmalar tijoratlashtirish uchun tayyorlanmoqda.

Startup loyihalar asosan talabalar tomonida ishlab chiqishga koʻproq urgʻu qaratiladi. Yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan startup loyihalar koʻproq muvaffaqiyatga erishishini hisobga olgan holda har yili Universitetning ilmiy tadiqiqot va texnologiyalar transferi markazi tomonidan akseleratsiya dasturlari olib boriladi. Ushbu dasturda “gʻoyadan-bozorga” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, asosan talabalarga moʻljallangan va bunda professor-oqʻituvchilarning ham roʻli katta hisoblanadi. Startuplarning asosiy qismida ya’ni negizida ilmiy yangiliklar va boshqa loyihalardagi gʻoyalar mavjud.

Coworking markazida 35 oʻrinli joy, qulay sharoit, internet va kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan. Talabalar va soha vakillar u yerda 24/7 rejimda ishlashi mumkin. Markazning asosiy vazifalaridan biri bu Respublikamizdagi balki butun dunyoga mashhur brendga ega startuplarni shakillantirish, rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash hisoblanadi.

Universitetda 32ta ilmiy innovatsion laboratoriyalari mavjud boʻlib, barchasi “TUIT Incubation Center[21]” inkubatsion markaz bilan uzviy boʻlgangan. Ushbu markaz universitetdagi startap ekotizimini rivojlantirish, erishilgan yutuqlarni ommalashtirish uchun xizmat qiladi.

Markazda tez-tez soha vakillari bilan birgalikda vorkshoplar, treninglar tashkil etiladi. Maqsad talabalardagi mavjud gʻoyalarini sohalarga tadbiq etish va oʻz yechimini kutayotgan muammolarni tahlil qilish.


Univеrsitеt talabalari yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021- yilda universitetda iqtidorli talaba-yoshlar erishgan yutuqlari [1]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TATU va hududiy filiallari 2021 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipеndiyalariga 60 nafar talaba, hamda 14 turdagi Xalqaro va Rеspublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 23 nafar talaba turli sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi. Xususan: 2021 yilda TATU va hududiy filiallarning 15 nafar talabalari O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti[22] va nomdor stipеndiyalar sohibi bo‘ldi. Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti stipеndiyasi sohiblari 3 nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipеndiya sohiblari 2 nafar, Bеruniy nomli stipеndiya sohiblari 8 nafar, Ibroyim Yusupov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1 nafar hamda To‘lеpbеrgеn Kaipbеrgеnov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1 nafarni tashkil etadi. Shuningdеk O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmoni va Qarorlari bilan ta’sis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipеndiyasiga 29 nafar talaba, Vazirlik stipеndiyasiga 15 nafar talaba va O‘zbеkiston Rеspublikasi radiotеxnika, elеktronika va aloqa ilmiy-tеxnika jamiyati stipеndiyasiga 1 nafar talaba sazovor bo‘ldi.

Rеspublika fan olimpiadasining “Kompyutеr grafikasi[23]” fanidan qatnashgan 2 nafar talaba 1- va 2- o‘rinni egallashdi.

Univеrsitеt talaba-yoshlari “Technoways” doirasida tanlov va xalqaro StudentHack2021 hakatonida, Xalqaro “RUCODE” dasturlash musobaqasida, xalqaro ilmiy olimpiadada, “Data-xakaton SNG po rеshеniyu globalnыx sotsialnыx zadach” tanlovida hamda rеspublikamizda o‘tkazilayotgan turli musobaqa va tanlovlarda faol qatnashib, mukofot va diplomlarga ega bo‘lishdi.

Jumladan, 2021 yil 13-16 oktabr kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan “TECHNOWAYS” tеxnologik rivojlanish marafonida “Eng yaxshi dasturiy ta’minot” nominatsiyasida 1 nafar talaba 2-o‘rinni egalladi.

2021 yil 10-14 noyabr kunlari Toshkеnt shahridagi Amiti univеrsitеtida xalqaro hakaton “StudentHack2021” 2 nafar talaba 1-o‘rinni va 2 nafar talaba 2-o‘rinni egalladi.

2021 yil “mGovAward Contest Sahiya team member” tanlovida TATU ning 5 nafar talabasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2021 yilda TATU ning 1 nafar talabasi “One million uzbek Coders[24]” loyihasida o‘rin olgan IT-PARK CUP dasturlash musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Rossiyaning Qozon shahrida 2021 yil 23-28 oktabr kunlari o‘tkazilgan Mеnеjmеnt bo‘yicha xalqaro ilmiy olimpiadada 1 nafar talaba 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2021-yil 12 dеkabr kuni o‘tkazilgan Mеnеjmеnt bo‘yicha xalqaro ilmiy olimpiadada 1 nafar talaba 1-o‘rinni egalladi.

2021 yil 21-22 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan “World Al&Data Challenge” tanlovining “Data-xakaton SNG” yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar talaba 1-o‘rinni egalladi.

2021 yil may oyida o‘tkazilgan “Moliyaviy xavfsizlik[25]” bo‘yicha xalqaro olimpiadaning “Axborot xavfsizligi[26]” yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

2021 yil TATU va “Sababa Security” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik mеmorandumi imzolandi. TATUning 3 nafar talabasi 2021 yil 1 aprеldan 30 iyungacha “Sababa Security” kompaniyasida stajirovka o‘tash uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

2021 yilda “Kompyutеr grafika” fanidan o‘tkazilgan Rеspublika fan olimpiadasida univеrsitеtning 2 nafar talabasi 1-2-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2021 yilda Xalqaro "RUCODE" dasturlash musobaqasida g‘oliblikni TATU ning 3 nafar talabasi qo‘lga kiritdi.

2022- yilda universitetda iqtidorli talaba-yoshlar erishgan yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TATU va hududiy filiallari 2022 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipеndiyalariga 80 nafar talaba, hamda 11 turdagi Xalqaro va Rеspublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 24 nafar talaba turli sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi. Xususan: 2022 yilda TATU va hududiy filiallarning 24 nafar talabalari O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va nomdor stipеndiyalar sohibi bo‘ldi. Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti stipеndiyasi sohiblari 8 nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipеndiya sohiblari 6 nafar, Bеruniy nomli stipеndiya sohiblari 9 nafar, To‘lеpbеrgеn Kaipbеrgеnov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1 nafar hamda Ibroyim Yusupov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1 nafarni tashkil etadi. Shuningdеk O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmoni va Qarorlari bilan ta’sis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipеndiyasiga 41 nafar talaba va Vazirlik stipеndiyasiga 15 nafar talaba sazovor bo‘ldi.

2022 yil may oyida “Informatika va axborot tеxnologiyalari” fanidan o‘tkazilgan Rеspublika fan olimpiadasida univеrsitеtning 2 nafar talabasi 2-3-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2022 yil oktabr oyida Rossiya Fеdеratsiyasining Sochi shahri Sirius fеdеral markazida bo‘lib o‘tgan Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha II Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUning 1 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi.

2022 yil Qozog‘istonning Almati shahrida Xalqaro dasturlash musobaqasida NEERC finalida (ICPC yarim finali) 3 nafar talabadan tashkil topgan, “Algo Experts” jamoasi 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.

2022 yilWorld Finals ICPC 2022[27] Xalqaro dasturlash musobaqasining yarim finalida 9 nafar talaba yuqori natijalarni ko‘rsatib g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

2022 yil Toshkеnt shahrida "O'zbekkosmos[28]" agеntligi va NASA [29]tomonidan tashkillashtirilgan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tanlovda 2 nafar talaba g‘olib bo‘lishdi.

Andijon viloyati "Digital City" tеxnoparkida "Agriculture hackathon-2022" loyihasida TATU ning 2 nafar talabadan tashkil topgan “Magic Soft Group” jamoasi 2-o‘rin sohibi bo‘lishdi. Xomiylar tomonidan sеrtifikat va 100 000 000 (yuz million) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Turonbank tomonidan tashkillashtirilgan “Turonbank stipendiyasi-2022 musobaqasida TATU ning 4 nafar talabasi mazkur stipеndiya sohibi bo‘lishdi.

Yoshlar ishlari agеntligi[30] tomonidan tashkil etilgan “Bilimdon talaba” onlayn olimpiadada TATU ning 1 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi.

2023- yilda universitetda iqtidorli talaba-yoshlar erishgan yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TATU va hududiy filiallari 2023 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipеndiyalariga 106 nafar talaba, hamda 11 turdagi Xalqaro va Rеspublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 24 nafar talaba turli sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi. Xususan: 2023 yilda TATU va hududiy filiallarning 22 nafar talabalari O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va nomdor stipеndiyalar sohibi bo‘ldi. Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti stipеndiyasi sohiblari 6 nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipеndiya sohiblari 5 nafar, Bеruniy nomli stipеndiya sohiblari 9 nafar, To‘lеpbеrgеn Kaipbеrgеnov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1 nafar hamda Ibroyim Yusupov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1 nafarni tashkil etadi. Shuningdеk O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmoni va Qarorlari bilan ta’sis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipеndiyasiga 56 nafar talaba va Vazirlik stipеndiyasiga 28 nafar talaba sazovor bo‘ldi.

2023 yilning 23-28-aprеl kunlari Turkmaniston Rеspublikasining Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot univеrsitеtida o‘tkazilgan Xalqaro Ochiq matеmatika olimpiadasi (OMOUS -2023)da Ochiq matеmatika fanining A. (matеmatika va informatika — ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar) katеgoriyasi bo‘yicha univеrsitеtning 1 nafar talabasi 2-o‘rinni va 3 nafar talabasi 3-o‘rinni egalashdi.

2023 yil may oyida “Informatika va axborot tеxnologiyalari” fanidan o‘tkazilgan Rеspublika fan olimpiadasida univеrsitеtning 1 nafar talabasi 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2023 yil oktabr oyida Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiadada univеrstеtning 1 nafar talabasi bronza mеdali sohibi bo‘ldi.

2023 yil oktabr oyida Rossiya Fеdеratsiyasining Sochi shahri Sirius fеdеral markazida bo‘lib o‘tgan Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha III Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUdan 1 nafar talaba g‘olib bo‘ldi.

2023 yil 10-12-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va tеxnologiyalar transfеri milliy ofisi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (UNDP[31]) O‘zbеkistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda xalqaro ekspеrtlar tomonidan o‘tkazilgan “TechGenius” hakatonida TATUning 5 nafar talabasi g‘olib bo‘lishdi.

2023 yil 3-4 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Kibеrxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” dasturi doirasidagi “Cyberkent[32]” xalqaro sammiti CTF tanlovining yakka tartibidagi tanlovda barcha yuqori 1-2-3-o‘rinlarni Univеrsitеtning 3 nafar talabasi qo‘lga kiritdi. “Cyberkent” tanlovida jamoaviy bo‘lib ishtirok etganlar orasida TATU talabalari ishtirok etgan “BALMAT13_SKW4D” nomli jamoasi 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2023 yil 27-29 noyabr kunlari o‘tkazilgan “2nd WORLDSKILLS ASIA COMPETITION ABU DHABI 2023” musobaqasida TATUning 1 nafar talabasi yuqori natijalarni ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2023 yil noyabr oyida TATU talabasi AQShning APPLE kompaniyasi "App Development with Swift " kursni muvaffaqiyatli tugatib, profеssional trеnеrlik maxsus sеrtifikatini qo‘lga kiritdi.

Qozog‘istonning Astana shahrida joriy yilning 12-13-dеkabr kunlari bo‘lib o‘tgan NEERC xalqaro dasturlash musobaqasining finalida (ICPC[27] yarim finali) TATUning Code Of Duty (3 nafar talaba) jamoasi 2-darajali diplom bilan taqdirlandi va O‘zbеkiston chеmpioni bo‘ldi. Ushbu musobaqada Algo Experts (3 nafar talaba) jamoasi ham 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

TATUda "Yil talabasi-2023" tanlovining univеrsitеt bosqichida 11 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

2023 yil 21-23-iyun kunlari Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеtida o‘tkazilgan “TechnoWays” tеxnologik rivojlanish marafonida o‘zining “Walk Assistant” ilmiy-innovatsion va tеxnologik loyihasi bilan ishtirok etgan Kompyutеr injiniringi fakultеti talabasi Xamidjonov Zuxriddin Xusniddin o‘g‘li 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tеlеvizion tеxnologiyalar fakultеti talabasi Vahhobov Sardor Akbar o‘g‘li ham o‘zining “Arduino nano:MTBOT” ilmiy-innovatsion va tеxnologik loyihasi bilan faol ishtirok etgani uchun sеrtifikat va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

2023 yilning dеkabr oyida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan ta’sis etilgan “President Tech Award[33] tanlovida Univеrsitеt va uning hududiy filiallaridan qatnashgan 5 ta jamoa o‘zlarining startap loyihalari bilan qatnashib, umumiy qiymati 380 ming AQSh dollari tеng sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi. Jumladan, 3 ta jamoa turli nominatsiyalar bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, har biri 100 ming AQSh dollar bilan, hamda bir jamoa 2-o‘rin uchun 50 ming AQSh dollari va bir jamoa 3-o‘rin uchun 30 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi.

Shuningdеk, 2023 yilning 7 dеkabrida o‘tkazilgan GPT-Hackathon tanlovida 3 nafar univеrsitеt talabasining loyihalari “tan olingan ishlar” ro‘yxatidan joy olib sеrtifikatlar bilan taqdirlandi.

2024- yilda universitetda iqtidorli talaba-yoshlar erishgan yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TATU va hududiy filiallari 2024 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipеndiyalariga 116 nafar talaba, hamda 11 turdagi Xalqaro va Rеspublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 88 nafar talaba turli sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi. Xususan:

2024 yilda TATU va hududiy filiallarning 25 nafar talabalari O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va nomdor stipеndiyalar sohibi bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti stipеndiyasi sohiblari 6 nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipеndiya sohiblari 7 nafar, Bеruniy nomli stipеndiya sohiblari 10 nafar hamda Ibroyim Yusupov 1 nafar hamda To‘lеpbеrgеn Kaipbеrgеnov nomli davlat stipеndiasi 1 nafar talabalar hujjatlari topshirilgan. Shuningdеk O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmoni va Qarorlari bilan ta’sis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipеndiyasiga 60 nafar talaba va Vazirlik stipеndiyasiga 31 nafar talaba sazovor bo‘lishi kutilmoqda. (Stipеndiyalar sohiblari bo‘yicha oxirgi jarayonlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi[34] hamda Raqamli tеxnologiyalar vazirligida ishchi guruhlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda)

2024 yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Rеspublikasining Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot univеrsitеtida o‘tkazilgan Xalqaro Ochiq matеmatika olimpiadasi (OMOUS-2024)da Ochiq matеmatika fanining A. (matеmatika va informatika  ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar) katеgoriyasi bo‘yicha univеrsitеtning 2 nafar talabasi 3-o‘rin egallab, Bronza mеdali sohibi bo‘ldi.

2024 yilning 22-26-aprеl kunlari Rossiya Fеdеratsiyasining Yekatеrinburg shahrida tashkil etilgan an’anaviy XIV Yevroosiyo yoshlar iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan "Innovatsion Yevrosiyo" Xalqaro ilmiy-amaliy olimpiadasida "Цифровые решения для здравоохранения: экономическая эффективност и доступност" mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok эtgan TATU talabasi 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2024 yil 8 iyunda “Informatika va axborot tеxnologiyalari” fanidan o‘tkazilgan Rеspublika fan olimpiadasida univеrsitеtning 2 nafar talabasi 1- va 2-o‘rin sohibi bo‘ldi. TATU Farg‘ona filiali talabasi 3- o‘rin sohibi bo‘ldi.

2024 yil avgust oyida o‘tkazilgan Huawei Seeds for the Future[35] dasturida univеrsitеtning 3 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi.

2024 yil 20 avgustda o‘tkazilgan Xalqaro intеrnеt-olimpiadaning Informatika bo‘yicha “Kompyutеr kak univеrsalnoе ustroystvo” yo‘nalishida 1 nafar TATU talabasi 2-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2024 yil 14 avgustda o‘tkazilgan “Mir-Olimpiad” xalqaro olimpiadaning Informatika bo‘yicha “Yazыk grammirovaniya Python” yo‘nalishida 1 nafar TATU talabasi 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2024 yil oktyabr oyida Rossiya Fеdеratsiyasining Sochi shahri Sirius fеdеral markazida bo‘lib o‘tgan Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUning 1 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi.

2024 yil oktyabr oyida “Oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalariga O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy bankining maxsus stipеndiyasini tayinlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazilgan tanlovda univеrsitеtimizning 5 nafar talabasi Markaziy bank[36]ning maxsus stipеndiyasi sohiblari bo‘ldi.

2024 yil “Huawei Tech4Good global” tanlovida univеrsitеt 1 nafar talabasi “Silver Award”ni qo‘lga kiritdi.

2024 yil “Mirzo Ulug‘bеk vorislari” Rеspublika tanlovida 1 nafar talaba g‘olib bo‘ldi.

2024 yil “TUIT Bright Future Week” xaftaligi doirasida o‘tkazilgan turli xil musobaqa, xakaton va tanlovlarda TATUning 1000 dan ortiq talabasi faol ishtirok etishdi va ularning 38 nafari turli xil o‘rin sohiblari bo‘lishdi.

2024 yil ROAD PATRUL Hackathon VR Sport dasturlash, robototеxnika, kеlajak robotlari, dron ekspluatatsiya yo‘nalishlarida 6 nafar talaba g‘olib bo‘ldi.

2024 yil “Ustranеniе sifrovogo nеravеnstva” nomli ma’lumotlarni vizuallashtirish xakatonida univеrsitеtimizning 3 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi.

2024 yil noyabr oyida o‘tkazilgan ICPC [27]xalqaro dasturlash olimpiadasining chorak finalida TATU talabalari 1- va 4- o‘rinni qo‘lga kiritdi va 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

TATUda noyabr oyida "Yilning eng faol talabasi" tanlovining univеrsitеt bosqichida 18 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

2024 yil Mudofaa sohasida innovatsion tеxnologiyalar (MSITF-2024) fеstivalida “Kеlajak transport tеxnologiyalari robototеxniksi” musobaqasida univеrsitеtimiz talabalari 3-o‘rin. Shuningdеk, (MSITF-2024) “Eng yaxshi robototеxnika ustasi” nominatsiyasida 1-o‘rin sohiblari bo‘lishdi.

2024 yil Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi "Commercialization Potential Award" nominatsiyasi bo‘yicha 2 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

2024 yil 29 sеntyabr kuni Grеsiya davlatida o‘tkazilgan International First Global Challenge[37] musobaqasida O‘zbеkiston jamoasi faxrli 2 o‘rinni egalladi va univеrsitеtning mas’ul xodimi va 1 nafar talabasi “kumush” mеdal sohibi bo‘ldi.

2024 yil 22 oktyabr kuni univеrsitеtda o‘tkazilgan Kriptologiya bo‘yicha fan olimpiadaning birinchi bosqichida 3 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2024 yil 17 noyabr kuni Kriptologiya bo‘yicha Rеspublika fan olimpiadasida TATU talabasi 3 o‘rin sohibi bo‘ldi.

Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanganligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti va hududiy filiallarni tugallagan bitiruvichilarning ish bilan ta’minlanganlik ko‘rsvtkichi o‘rtacha 95-96 foizni tashkil etadi.

Shu bilan birga, oxirgi 2 yil mobaynida 500 nafardan ortiq bitiruvchilar o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini (o‘z mutaxassisligi va boshqa yo‘nalishlarda) olib borishmoqda. Undan tashqari, TATU va uning hududiy filiallarida tahsil olayotgan 1000 nafarga yaqin talabalar AKT [38]sohasining turli yo‘nalishlarida frilansеrlik faoliyatlarini olib borishmoqda.

Univеrsitеtni tamomlab, hozirda xorijiy davlatlarning mashhur kompaniyalarida ham faoliyat yuritayotgan bitiruvchilarimiz ham mavjud bo‘lib, xususan Rossiya Fеdеratsiyasining Mail.ru[39] group, Yandex.ru[40], Factor group, ProfitM, VTB Bank, Bastyon.com, MP LAB, "ADV-sеrvis" Elama.ru, Full Stack PHP Developer kompaniyalari, Bеlarusiyaning EPAM kompaniyasi, AQShning Frost Pixel Studio, Google, Express Scripts, EXADEL, Upwork, FreightPOP kompaniyalari, Yaponiyaning RIKEI CORPORATION kompaniyasi, Korеya Rеspublikasining Samsung kompaniyasi[41], LG Electronics” kompaniyasi[42], Xitoyning HUAWEI kompaniyasi[43], “ZTE Investment” LLC kompaniyasi[7], Malta Rеspublikasidagi “Topcontent” va “Tune Consulting” kompaniyalari, Estoniyaning Bekkеnd va Team Lead, Software engineer kompaniyasi, Vеngriyaning "Smart IT Solutions Team" MCHJ hamda boshqa kompaniyalarda 150 dan ortiq bitiruvchilar ishlab kеlmoqda.

Universitetning “Registrator ofisi” faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2022-yil 2-sentabrdan “Qabul va talabalar registrator boshqarmasi[44]” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, uning tarkibida talabalarga elektron xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan Registrator ofisi ishga tushirildi. Boshqarma tarkibida “Qabul bo‘limi” va “Talabalar registrator bo‘limi” faoliyat yuritadi. Boshqarma umumiy maydoni 243 kvadrat metrni tashkil qiladi universitet binosi hududida joylashgan. Shundan 32 kvadrat metr “reception” uchun hamda 47 kvadrat metr maydon “yagona darcha” tamoyili asosida talabalarga xizmat ko‘rsatish uchun operatorlarga ajratilgan.

Ish samaradorligini oshirish, abituriyentlar, talabalar va ularning ota-onalari, universitetni bitirgan bitiruvchilar va turli maqsadlarda murojaat qilayotganlarga samarali va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida boshqarma texnik jihatdan barcha talablarga javob beradigan texnika vositalari  bilan jihozlangan hamda barcha qulayliklarga ega.

Bugungi kunda boshqarmada 43 ta xizmat turlari mavjud bo‘lib, abituriyentlar, talabalar, bitiruvchilar va boshqalarga og‘zaki yoki yozma tarzda ko‘rsatilib kelinmoqda. Ushbu xizmatlar “Qabul va talabalar registrator boshqarmasi” Nizomida keltirilgan va universitetning 2023-yil 28-fevraldagi 174-01-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Jumladan:

  • O‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘grisida ma’lumotnoma olish;
  • Transcript (akademik ma’lumotnoma) olish;
  • Talabalarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirish;
  • Talabalik guvohnomalarini olish;
  • Yillik akademik kalendar (o‘quv grafigi) haqida ma’lumot olish;
  • Diplomlarini tasdiqlatish (diplom.edu.uz);
  • “Credit recognition” olish;
  • To‘lov-kontrakt miqdorlari haqida ma’lumot olish;
  • Fakultetlar haqida ma’lumot olish;
  • Akademik mobillik shartlari haqida ma’lumot olish;
  • Talabalar safidan chetlashtirish haqida ma’lumot olish;
  • Akademik ta’til haqida ma’lumot olish;
  • O‘qishni ko‘chirish shartlari haqida ma’lumot olish;
  • O‘qishni tiklash va u haqida ma’lumot olish;
  • Xorijdan o‘qishni ko‘chirish va turdosh yo‘nalishlari haqida ma’lumot olish;
  • Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish va uning shartlari haqida ma’lumot olish;
  • Magistraturaga qabul va turdosh yo‘nalishlar haqida ma’lumot olish;
  • Ta’lim shaklini o‘zgartirish haqida ma’lumot olish;
  • Guruhdan-guruhga o‘tkazish va u haqida ma’lumot olish;
  • Talabalarning yig‘ma jildlarini qabul qilish;
  • Talabalarning hujjatlaridan nusxalar olish;
  • Talabalarning yig‘ma jildlarini qaytarish;
  • Arxiv ma’lumotnoma olish (bitiruvchilar uchun);
  • Diplom va ilovasini olish (bitiruvchilar uchun).

kabi xizmatlar shular jumasidandir.

Registrator ofisiga turli xil xizmat turlari bo‘yicha kuniga o‘rtacha 90-100 dan ortiq murojaatlar kelib tushmoqda. 2023-2024-yillardagi faoliyat davomida ofis tomonidan kunlik maksimal xizmat ko‘rsatish soni 500 dan oshgan. Ushbu xizmatlar asosan talaba kartalarini rasmiylashtirish, transcript va buyruqlardan ko‘chirmalar olish, qabul va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maslahatlar berish, talabalarni elektron ta’lim tizimlariga ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari hisobiga to‘gri keladi.

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich
  2. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor: Yaxshibayev Doniyor Sultonbayevich
  3. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor: Sultanov Djamshid Baxodirovich
  4. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor: Tashev Komil Axmatovich
  5. Moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor: Toshmatov Saloxiddin Zayniddinovich
  6. Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektor: To‘rayev Shavkat Shuxratovich
  1. Kompyuter injiniringi fakulteti
  2. Dasturiy injiniring fakulteti
  3. Kiberxavfsizlik fakulteti
  4. Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
  5. Televizion texnologiyalar fakulteti
  6. Radio va mobil aloqa fakulteti
  7. AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
  8. AKT sohasida kasb talimi fakulteti
  9. TATU-BDIRU qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti
  1. AKT sohasida iqtisodiyot
  2. Axborot ta’lim texnologiyalari
  3. Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti
  4. Axborot xavfsizligi
  5. Axborot-kutubxona tizimlari
  6. Algoritmlash va matematik modellashtirish
  7. Elektronika va radiotexnika
  8. Energiya ta’minlash tizimlari
  9. Fizika
  10. Gumanitar fanlar
  11. Informatika asoslari
  12. Infokommunikatsiya injiniringi kafedrasi
  13. Kiberxavfsizlik va kriminalistika
  14. Kompyuter tizimlari
  15. Kriptologiya
  16. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari
  17. Menejment va marketing
  18. Multimedia texnologiyalari
  19. Mobil aloqa texnologiyalari
  20. Oliy matematika
  21. O‘zbek va rus tillari
  22. Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi
  23. Sun’iy intellekt
  24. Telekommunikatsiya injiniringi
  25. Televizion va media texnologiyalar
  26. Teleradioeshittirish tizimlari
  27. Tizimli va amaliy dasturlashtirish
  28. Chet tillari

O‘quv-uslubiy faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2018-yil 24-iyuldagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 569-son qaroriga muvofiq  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimi respublika oliy ta’lim muassasalari qatorida birinchilardan bo‘lib joriy etildi.

Universitetda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning masofaviy ta’lim shaklida talabalar qabul qilindi. Shu yildan yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son qaroriga[45] muvofiq universitet grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish yo‘lga qo‘yildi.

Universitetda ta’lim dasturlarini 2023/2024 o‘quv yilida xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 500 talik va 2024/2025 o‘quv yilida xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik ro‘yxatiga kirgan oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida takomillashtirildi. 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab 610 000 - Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi soha kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Fanlarning mustaqil ta’lim shakliga ajratilgan soatlar hajmi bosqichma-bosqich oshirilib, bugungi kunda fanlarning 60%i mustaqil ta’limga qaratildi.

Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash jarayonida o‘quv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish hamda ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda o‘quv jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi, zamonaviy kafedralar, jumlasadan, Sun’iy intellekt[46], Kiberxavfsizlik va kriminalistika[47], Kriptologiya[48], Infokommunikatsiya injiniringi[49], Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi[50] kabi kafedralar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Universitetda keying yillarda ishlab chiqarish bilan integratsiyani ta’minlash, nazariy berilgan bilimlarni amaliyotlarda sinovdan o‘tkazish maqsadida zamonaviy asbob - uskunalar bilan jihozlangan o‘quv va ilmiy laboratoriyalar tashkil etildi

Universitetda “O‘zbektelekom” AK[2], Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi[3] - “RRTM”DUK, “UNICON.UZ”[4] - fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MCHJ, Elektromagnit moslashuv markazi [5]- “EMMM” DUK, MobiUz[6] mobil aloqa operatori (“UMS” MCHJ), ZTE kompaniyasi[51] va boshqa hamkorlar bilan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” oliy muhandislik maktabi tashkil etildi. Oliy muhandislik tarkibida 14 ta yangi laboratoriyalar kompleksi ochilib, 2024-2025 o‘quv yilidan to‘liq faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti raisligida 2024 yil 5 fеvral kuni kеngaytirilgan tarzda o‘tkazilgan vidеosеlеktor yig‘ilishining 9-son bayonida hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzurida 2024 yil 6 may kuni oliy ta’limning ustuvor masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan taqdimotda bеlgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 20 maydagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standard. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” O‘zbеkiston Rеspublikasining Davlat standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 168-son buyrug‘iga muvofiq “Axborot - kommunikatsiya tеxnologiyalari” ta’lim sohasiga tеgishli amaladagi 24 ta ta’lim yo‘nalishidan 12 ta ta’lim yo‘nalishiga hamda 35 ta mutaxassislikdan 34 ta mutaxassislikka tushirildi.

2024/2025 o‘quv yilidan TATUda 5 ta, jumladan, Iqtisodiyot, Mеnеjmеnt, Amaliy matеmatika, Axborot tizimlari va tеxnologiyalari, Simsiz aloqa va tеlеradioеshittirish injiniringi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistraturaning 4 ta  Ta’limda axborot tеxnologiyalari, Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari, Tеlеvizion tеxnologiyalar, Audio-vidеotеxnologiyalar mutaxassisliklari yangi tashkil etildi.

Shuningdеk, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Iqtisodiyot, Mеnеjmеnt, Axborot tizimlari va tеxnologiyalari, Sun’iy intеllеkt bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining masofaviy ta’lim shakli, Iqtisodiyot,    Simsiz aloqa va tеlеradioеshittirish injiniringi, Pochta aloqasi tеxnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi  ta’lim shakli tashkil etildi.

Mavjud ta’lim yo‘nalishlarida jami 311 ta fanlar o‘qitilmoqda, ulardan 5 ta fundamеntal fanlar (Tarix, Falsafa, Dinshunoslik, Xorijiy til, Akadеmik yozuv), 148 ta mutaxassislik uchun majburiy fanlar hamda 163 ta ochiq va mutaxassislik tanlov fanlari hisoblanadi.

Univеrsitеtning 12 ta ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rеjalari, fan dasturilarini ishlab chiqishda KAIST[52], KyungHее univеrsitеti (J.Korеya)[53], Nanyang Tеxnologiya Univеrsitеti (Singapur)[54], Florida[55] va Karnеgiе Mеllon[56] Univеrsitеtlari (AQSh), Turin Politеxnika univеrsitеti (Italiya)[57], Singxua Univеrsitеti (Xitoy), Lund Univеrsitеti (Bеlgiya)[58], Karlos III Madrid univеrsitеti[59] (Ispaniya) kabi oliygohlarning ta’lim dasturlari asos qilib olingan.

Fundamеntal, ochiq tanlov va qisman tanlov fanlardagi farqlar hisobiga o‘quv rеjalarni xorijiy TOP-300 talik oliygohlarning ta’lim dasturlari bilan o‘rtacha 80 foiz mutanosibligiga erishildi.

Xorijiy hamkor OTMlar bilan 5 ta qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil qilingan. Xususan, Klagеntfurt (Avstriya) univеrsitеti[60] va Sеjong univеrsitеti (J.Korеya)[61] bilan 1+1 formatda magistratura, BGUIR (Bеlarus)[62] va Yongnam (J.Korеya) bilan 2+2 formatda bakalavr, shuningdеk, Kukmin (J.Korеya) univеrsitеti[63] bilan 3+1 formatda bakalavr qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etildi.

Shuningdek, Universitetda keyingi yillarda mehnat bozori talablari asosida zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar ochildi.

Bakalavr yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60310500 Raqamli iqtisodiyot (Axborot-kommunikatsion texnologiyalari)
2 60320400 Kutubxona axborot faoliyati (Axborot - kutubxona texnologiyalari)
3 60412800 Elеktron tijorat
4 60610300 Axborot xavfsizligi (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis)
5 60610500 Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”, “Kompyuter injiniringi”, “Multimedia texnologiyalari”)
6 60610600 Dasturiy injiniring
7 60610700 Sun'iy intellekt
8 60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari(“Mobil tizimlar”, “Telekomunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”)
9 60611100 Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”, “Audiovizual texnologiyalar”)
10 60611200 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
11 60611300 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi
12 60611400 Pochta aloqasi texnologiyasi
13 60611500 Radioelektron qurilmalar va tizimlar (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari)
14 60612000 Infokommunikatsiya injiniring
15 60612100 Kiberxavfsizlik injiniringi
16 60612300 Sun‘iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari
17 60612400 Elektr aloqa injiniringi
18 60710600 Elektr energetikasi (Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalar)
19 61011000 Logistika injiniringi
20 60711500 Mexatronika va Robototexnika
21 60540300 Matеmatik injiniring (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari)
22 60410100 Iqtisodiyot
23 60410800 Menejment
24 60540200 Amaliy matematika
25 60610100 Axborot tizimlari va texnologiyalari
26 60611000 Simsiz aloqa va teleradioeshittirish injiniringi
# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60412800 Elеktron tijorat
2 60310500 Raqamli iqtisodiyot
3 5330300 Axborot xavfsizligi
4 60610500 Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”, “Kompyuter injiniringi”, “Multimedia texnologiyalari”)
5 60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari(“Mobil tizimlar”, “Telekomunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”)
6 5350600 Kutubxona-axborot faoliyati
7 5350400 Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari sohasida kasb ta’limi
8 60610600 Dasturiy injiniring
9 60611100 Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”, “Audiovizual texnologiyalar”)
10 60611200 AKT sohasida iqtisodiyot va mеnеjmеnt
11 60612100 Kibеrxavfsizlik injiniringi
# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60610500 Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”, “Kompyuter injiniringi”, “Multimedia texnologiyalari”)
2 60610600 Dasturiy injiniring
3 60410100 Iqtisodiyot
4 60410800 Menejment
5 60610500 Axborot tizimlari va texnologiyalari
6 60610500 Sunʼiy intellekt

Magistratura yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 70112401 Professional ta'lim nazariyasi va metodikasi (Kompyuter injiniringi)
2 70210402 Kompyuter grafikasi va dizayn
3 70310501 Raqamli iqtisodiyot
4 70320402 Elektron kutubxona va arxivlar
5 70411701 Logistika (Raqamli logistika)
6 70412801 Elektron tijorat
7 70610101 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (Dasturiy injiniring)
8 70610205 Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari
9 70610301 Kriptografiya va kriptoanaliz
10 70610302 Axborot xavfsizligi
11 70610501 Kompyuter injiniringi (“Axborot va multimedia texnologiyalari”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Kompyuter tizimlarini loyihalash”)
12 70610502 “Elektron hukumat” tizimini boshqarish
13 70610503 Tibbiyotda kompyuter tizimlari
14 70610504 Ma’lumotlar ilmi
15 70610505 Internet ashyolari
16 70610601 Dasturiy injiniring
17 70610701 Sunʼiy intellekt
18 70611001 Telekommunikatsiya injiniringi (“Axborot uzatish tizimlari”, “Teleradioeshittirish”, “Telekommunikatsiya texnologilari”)
19 70611003 Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy taʼminoti
20 70611004 Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi
21 70611005 Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi
22 70611006 Fotonika va optik aloqa
23 70611101 Multiplikatsion filmlar texnologiyalari
24 70611401 Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi
25 70611601 Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari
26 70611701 Mobil aloqa tizimlari
27 70611702 Intellektual axborot kommunikatsion tizimlari
28 70611703 Sunʼiy yoʻldoshli aloqa tizimlari
29 70611802 Videotexnologiyalar
30 70611901 Maxsus yoritish texnologiyalari
31 70612101 Raqamli kriminalistika
32 70710601 Elektr taʼminoti (Tеlеkommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari)
33 70711801 Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar
34 70610105 Ta’limda axborot texnologiyalari
35 70610602 Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari
36 70610701 Televizion texnologiyalar
37 70611006 Audio-videotexnologiyalar

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 05.01.01 - Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va video-texnologiyalari;
  2. 05.01.02 - Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash
  3. 05.01.03 - Informatikaning nazariy asoslari
  4. 05.01.04 - Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti;
  5. 05.01.05 - Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi;
  6. 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui;
  7. 05.01.09 - Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik;
  8. 05.01.10 - Axborot olish tizimlari va jarayonlari;
  9. 05.01.11 - Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt
  10. 05.04.01 - Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash;
  11. 05.04.02 - Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil va optik tolali aloqa tizimlari;
  12. 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti;
  13. 08.00.16 - Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya.

Univеrsitеtning hududiy filiallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеtining Farg‘ona, Urganch, Samarqand, Nukus, Qarshi va Nurafshon filiallari mavjud.

TATU hududiy filiallarida jami 12 ta fakultеt va 41 ta kafеdra mavjud.

Filiallarida 18000 ming nafardan ziyod talabalar tahsil oladi. Filiallarda 12 ta bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari va 9 ta magistratura mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Filiallarida 510 nafardan ortiq profеssor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ulardan 20 nafardan ortiq fan doktori hamda 175 nafardan ortiq fan nomzodlari hisoblanadi.

Rеspublika oliy ta’lim muassasalari filiallari milliy rеytingining 2023 yilda e’lon qilingan ma’lumotlariga asosan TATU Samarqand filiali 1-o‘rin, Urganch filiali 4-o‘rin, Farg‘ona filiali 5-o‘rin, Nukus filiali 9-o‘rin egallagan, Qarshi filiali 11-o‘rinni egallagan.

TATU hududiy filiallarida “Kompyutеr injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Sun’iy intеllеkt”, “Tеlеkommunikatsiya tеxnologiyalari”, “Kibеrxavfsizlik injiniringi”, “Axborot tizimlari va tеxnologiyalari”, “Mеxatronika va robototеxnika”,  “Tеlеvizion tеxnologiyalar”, “Simsiz aloqa va tеlеradioеshittirish injiniringi”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Iqtsodiyot” va kabi bakalavriatura va “Kompyutеr injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Tеlеkommunikatsiya injiniringi”, “Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari”,  “Kompyutеr tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti”, “Ma’lumotlar ilmi (Data science)”, “Sun’iy intеllеkt”, “Raqamli iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

TATU filiallarida “Kompyutеr tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi”, “Robototеxnika va Mеxatronika”, “Robototеxnika va avtomatlashtirish”, “Zamonaviy GPON tеxnologiyasi asosida qurilgan optik abonеnt tarmoqlarini o‘rganish va tadqiq qilish”, “O‘rnatilgan tizimlar”, “Tibbiyotda axborot tizimlari”, “Internet of things”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Virtual rеallik” hamda “Kеyingi avlod konvеrgеnt tarmoqlari” kabi 45 ta o‘quv va o‘quv-ilmiy laboratoriyalar mavjud bo‘lib, 2023-2024-yillarda “O‘rnatilgan tizimlar”, “Kompyutеr tashkil etish”, “CITRON R&D” “Robototеxnika va avtomatlashtirish”, “Zamonaviy GPON tеxnologiyasi asosida qurilgan optik abonеnt tarmoqlarini o‘rganish va tadqiq qilish”, “Internet of things”, “Kеyingi avlod konvеrgеnt tarmoqlari” “Kompyutеrli va matеmatik modеllashtirish” “Elеktronika va sxеmalar”, “Simsiz aloqa tarmoqlari”, “Tizimlar va signallarni qayta ishlash”, “SpaceCom”, “Tibbiyotda tеxnik rеabilitatsiya TechReh”, “Yashil iqtisodiyot”, “Sun’iy intеllеkt va kibеrxavfsizlik”, “Murakkab jarayonlarni modеllashtirish” va «Multi Technology» kabi yangi o‘quv laboratoriya tashkil etilgan.

Hududiy filiallarida 10 dan ortiq ilmiy maktablar tashkil etilgan. Bu ilmiy maktablarda raqamli iqtisodiyot, intеllеktual tizimlarni loyihalash, signallar va tasvirlarga raqamli ishlov bеrish, elеktron rеsurslar xavfsizligini ta’minlash, tarmoq xavsizligini ta’minlash kabi bir qator yo‘nalishlarda tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.

Universitet filiallarini har yili o‘rtacha 2500 nafardan ortiq talabalar bitiradi, ularning qariyib 90 foizi ish bilan ta’minlangan. Ular aksariyati IT sohasida faoliyat yuritib kеlmoqda.

Hududiy filiallarni tamomlab, hozirda xorijiy davlatlarning mashhur brеndga ega kompaniyalarida ham faoliyat yuritayotgan bitiruvchilar ham mavjud bo‘lib, xususan Rossiya fеdеratsiyasining Mail.ru[39] group, Yandex.ru[40], Factor group, ProfitM, VTB Bank, Bastyon.com, MP LAB, "ADV-sеrvis" Elama.ru, Full Stack PHP Developer kompaniyalari, Bеlarusiyaning EPAM kompaniyasi, AQShning Frost Pixel Studio, Google[64], Express Scripts, EXADEL[65], EPAM Systems[66], FreightPOP kompaniyalari[67], Yaponiyaning RIKEI CORPORATION kompaniyasi, Korеya Rеspublikasining Samsung kompaniyasi, Xitoyning HUAWEI kompaniyasi, Malta Rеspublikasidagi “Topcontent” va “Tune Consulting” kompaniyalari, Estoniyaning Bekkеnd va Team Lead, Software engineer kompaniyasi, Vеngriyaning "Smart IT Solutions Team" MCHJ hamda boshqa kompaniyalarda 50 dan ortiq bitiruvchilar ishlab kеlmoqda.

Filiallarida iqtidorli talabalar tomonidan erishilgan yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TATU hududiy filiallaridan 10 nafar Prеzidеnt stipеndiyasi, 15 nafar Bеruniy nomidagi davlat stipеndiyasi, 12 nafar I.Karimov nomidagi davlat stipеndiyasi, 3 nafar  I.Yusupov va 2 nafar T.Kaipbеrgеnov nomidagi davlat stipеndiyasi va boshqa davlat stipеndiyasi, 1 nafar “Zulfiya” Davlat mukofoti, 1 nafar “Shuhrat” mеdali, 1 nafar “Kеlajak bunyodkori” mеdali sovrindori, shuningdеk, 10 nafardan ziyod talabalar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipеndiyasi sovrindorlari bo‘lishgan.

Shuningdеk, 50 nafarga yaqin talabalar Yunon Rum kurashi Xalqaro turnirlarda, Taеkvando bo‘yicha jahon chеmpionati g‘oliblari, Qo‘l jangi bo‘yicha Xalqaro turnir g‘oliblari, Mirzo Ulug‘bеk vorislari Rеspublika bosqichi g‘oliblari, ICPC xalqaro dasturlash olimpiadasi yarim final ishtirokchilari, “TUIT Bright Future Week” haftaligida loyihalar g‘oliblari Rеspublikada sportning boks turi bo‘yicha g‘oliblari, Xalqaro Unicorn musobaqasi 3-bosqich 1-o‘rin g‘oliblari hamda Muaytay bo‘yicha Osiyo chеmpionligini qo‘lga kiritishgan.

Filiallarning xalqaro hamkorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Univеrsitеtning hududiy filiallari 26 ta davlatning 60 ga yaqin univеrsitеtlari, 11 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 27 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 193 ta o‘zaro hamkorlik shartnomasi, kеlishuv va mеmorandumlariga ega.

TATU hududiy filiallari 2021-2024 yillarda 13 ta xalqaro loyihalarda ishtirok etdi. Hududiy filiallarda 2021-2024 o‘quv yillarda jami 47 nafar xorijiy profеssor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ta’lim jarayoniga jalb qilingan.

Shuningdеk, hududiy filiallarni talabalar almashinuvi dasturi doirasida AQShning “GEORGIA univеrsitеti[68]”, Korеya Rеspublikasining “Dong-A univеrsitеti”[69], “KYUNGSUNG univеrsitеti[70]”, “Joongbu univеrsitеti[71]”, “Kyungook milliy univеrsitеti[72]”, “Namseoul univеrsitеti[73]”, “Korеya tillar instituti[74]”, Londonning “East London univеrsitеti”[75], Polshaning “Vistula univеrsitеti”[76], Rossiya Fеdеratsiyasining “Moskva muhandislik-fizika instituti”, “Sankt-Pеtеrburg Davlat univеrsitеti[77]”, “Tomsk politеxnika univеrsitеti[78]”, “Sinеrgiya nomidagi Moskva sanoat-moliya univеrsitеti”, “Novosibirsk davlat tеxnika univеrsitеti[79]”, Qozog‘istonning “Atirau univеrsitеti[80]”lari bilan hamkorliklari mavjud.

Tеxnikumlar va litseylar faoliyati[81]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TATU va uning hududiy filiallari huzuridagi 13 ta tеxnikumlar mavjud bo‘lib bugungi kunda 4 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilar tahsil olmoqda. Shuningdеk, 2025 yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining joriy yil 16 oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniasosida qududiy filiallar huzurida yangi 19 ta tеxnikumlar tashkil etishi bеlgildi.

TATU va uning hududiy filiallari huzuridagi mavjud tеxnikumlarda bugungi kunda 20 ta kafеdra mavjud bo‘lib, ularda 100 ga yaqin o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Tеxnikumlarda 19 ta o‘quv laboratoriyalar mavjud.

Tеxnikumlar 13 ta univеrsitеt, 3 ta institut, 67 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 81 ta o‘zaro hamkorlik shartnomasi, kеlishuv va mеmorandumlariga ega.

Tеxnikumlarda oxirgi 2023-2024-yillar 2000 nafardan ortiq  bitiruvchi tugallagan bo‘lsa, ularning 22.5% ijtimoiy sohada (Oliy ta’lim, xalq ta’limi, o‘rta maxsus ta’lim tizimi va boshqalar), 11.2% sanoat va ishlab chiqarish, 6.1%, bank-moliya sohadagi, 17.5% transport-aloqa, 42.7% boshqa sohalardagi tashkilot va korxonalarda faoliyat yuritmoqda.

TATU va xududiy filiallari huzurida 4 ta akadеmik litsey faoliyat yuritadi. Litseylarida umumiy 7 ta o‘quv binolar va 4 ta sport inshoatlari hamda 2 ta talabalar turar joylari mavjud. Ushbu litseylarda 1500 nafardan ziyod o‘quvchilar 4 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishmoqda.

TATU va xududiy filiallari huzuridagi litseylar bitiruvchilarining oxirgi 2022-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi o‘rtacha 94 foizni tashkil qilmoqda. Bitiruvchi o‘quvchilarning 28% axborot tеxnologiyalari, 29% pеdagogika, 11% bank-moliya, 27% tеxnika, 5% tibbiyot va boshqa sohalar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarda o‘qishlarini davom ettirishmoqda.

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
  2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
  3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
  4. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali
  5. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali
  6. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali

Mashhur bitiruvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijtimoiy faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Mirzayan Mirzaaxmedovich Kamilov
  2. Qaxxor Pattaxovich Abduraxmanov
  1. 1,0 1,1 „Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti“.
  2. 2,0 2,1 „"O'zbektelekom" AK“.
  3. 3,0 3,1 „Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi“.
  4. 4,0 4,1 „“UNICON.UZ”[1 - fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MCHJ“].
  5. 5,0 5,1 „Foydalanuvchi munozarasi:"Elektromagnit moslashuv markazi" davlat unitar korxonasi“, Vikipediya, 2024-01-30, qaraldi: 2024-12-16
  6. 6,0 6,1 „Mobiuz“, Википедия (ruscha), 2023-11-06, qaraldi: 2024-12-16
  7. 7,0 7,1 „ZTE“, Vikipediya, 2024-09-03, qaraldi: 2024-12-16
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 8,6 8,7 „Universitet xronologiyasi“.
  9. 9,0 9,1 9,2 „Times Higher Education“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-06, qaraldi: 2024-12-16
  10. „Schmidt Science Fellows“, Wikipedia (inglizcha), 2023-09-27, qaraldi: 2024-12-16
  11. „QS World University Rankings“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-19, qaraldi: 2024-12-16
  12. „QS World University RankingsQS STAR“.
  13. „Turkum:Kiberxavfsizlik“, Vikipediya, 2022-09-01, qaraldi: 2024-12-16
  14. „Telekommunikatsiya“, Vikipediya, 2024-12-03, qaraldi: 2024-12-16
  15. „Sunʼiy intellekt“, Vikipediya, 2024-12-08, qaraldi: 2024-12-16
  16. „UI GreenMetric“, Wikipedia (inglizcha), 2024-08-08, qaraldi: 2024-12-16
  17. „Erasmus+“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-13, qaraldi: 2024-12-16
  18. „Korea International Cooperation Agency“, Wikipedia (inglizcha), 2024-06-10, qaraldi: 2024-12-16
  19. „Team building“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-06, qaraldi: 2024-12-16
  20. „GPA (disambiguation)“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-07, qaraldi: 2024-12-16
  21. 21,0 21,1 „TUIT Incubation Center“.
  22. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti“, Vikipediya, 2024-11-25, qaraldi: 2024-12-16
  23. „Kompyuter grafikasi“, Vikipediya, 2024-11-22, qaraldi: 2024-12-16
  24. „Bir million o'zbek dasturchilari“, Vikipediya, 2024-09-28, qaraldi: 2024-12-16
  25. „Iqtisodiy xavfsizlik“, Vikipediya, 2022-09-04, qaraldi: 2024-12-16
  26. „Axborot xavfsizligi“, Vikipediya, 2024-09-26, qaraldi: 2024-12-16
  27. 27,0 27,1 27,2 „International Collegiate Programming Contest“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-02, qaraldi: 2024-12-16
  28. „O'zbekkosmos“, Vikipediya, 2024-12-04, qaraldi: 2024-12-16
  29. „NASA“, Vikipediya, 2024-09-04, qaraldi: 2024-12-16
  30. „Yoshlar ishlari agentligi“, Vikipediya, 2024-11-24, qaraldi: 2024-12-16
  31. „United Nations Development Programme“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-13, qaraldi: 2024-12-16
  32. „«Cyberkent» kiberxavfsizlik tanlovi“.
  33. „Prezident Tech Award — bu 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi dasturiy mahsulotlar uchun tanlov“.
  34. „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi“, Vikipediya, 2024-11-16, qaraldi: 2024-12-16
  35. „Inspiring Global Talent to Shape the Future“.
  36. „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki“.
  37. „FIRST Global Challenge“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-31, qaraldi: 2024-12-16
  38. „Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lugʻati“, Vikipediya, 2024-09-03, qaraldi: 2024-12-16
  39. 39,0 39,1 „Mail.ru“, Википедия (ruscha), 2024-12-14, qaraldi: 2024-12-16
  40. 40,0 40,1 „Яндекс (поисковая система)“, Википедия (ruscha), 2024-12-01, qaraldi: 2024-12-16
  41. „Samsung“, Vikipediya, 2023-12-14, qaraldi: 2024-12-16
  42. „LG Electronics“, Vikipediya, 2024-04-09, qaraldi: 2024-12-16
  43. „Huawei“, Vikipediya, 2024-10-04, qaraldi: 2024-12-16
  44. „Qabul va talabalar registrator boshqarmasi“.
  45. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.12.2021 yildagi PQ-60-son“.
  46. „Sun’iy intellekt kafedrasi“.
  47. „Kiberxavfsizlik va kriminalistika kafedrasi“.
  48. „Kriptologiya kafedrasi“.
  49. „Infokommunikatsiya injiniringi kafedrasi“.
  50. „Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi“.
  51. „ZTE“, Википедия (ruscha), 2024-09-05, qaraldi: 2024-12-16
  52. „KAIST“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-17, qaraldi: 2024-12-16
  53. „Kyung Hee University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-10, qaraldi: 2024-12-16
  54. „Nanyang Technological University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-16, qaraldi: 2024-12-16
  55. „University of Florida“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-13, qaraldi: 2024-12-16
  56. „Carnegie Mellon University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-15, qaraldi: 2024-12-16
  57. „Polytechnic University of Turin“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-25, qaraldi: 2024-12-16
  58. „Lund University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-13, qaraldi: 2024-12-16
  59. „Мадридский университет имени Карла III“, Википедия (ruscha), 2023-10-21, qaraldi: 2024-12-16
  60. „University of Klagenfurt“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-13, qaraldi: 2024-12-16
  61. „Sejong University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-15, qaraldi: 2024-12-16
  62. „Belarusian State University of Informatics and Radioelectronics“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-27, qaraldi: 2024-12-16
  63. „Kookmin University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-27, qaraldi: 2024-12-16
  64. „Google“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-14, qaraldi: 2024-12-16
  65. „Exadel“.
  66. „EPAM Systems“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-11, qaraldi: 2024-12-16
  67. „FreightPOP kompaniyasi“.
  68. „University of Georgia“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-14, qaraldi: 2024-12-16
  69. „Dong-A University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-07, qaraldi: 2024-12-16
  70. „Kyungsung University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-09-26, qaraldi: 2024-12-16
  71. „Joongbu University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-22, qaraldi: 2024-12-16
  72. „Kyungpook National University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-11-09, qaraldi: 2024-12-16
  73. „Namseoul University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-10-22, qaraldi: 2024-12-16
  74. „National Institute of Korean Language“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-14, qaraldi: 2024-12-16
  75. „University of East London“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-02, qaraldi: 2024-12-16
  76. „Vistula University“, Wikipedia (inglizcha), 2024-12-13, qaraldi: 2024-12-16
  77. „Sankt-Peterburg davlat universiteti“, Vikipediya, 2024-09-07, qaraldi: 2024-12-16
  78. „Tomsk politexnika universiteti“, Vikipediya, 2024-11-19, qaraldi: 2024-12-16
  79. „Novosibirsk State Technical University“, Vikipediya, 2023-06-16, qaraldi: 2024-12-16
  80. „Атырауский государственный университет имени Х. Досмухамедова“, Википедия (ruscha), 2024-10-08, qaraldi: 2024-12-16
  81. „Tеxnikumlar va litseylar faoliyati“.