Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali
Universitet asosiy binosi | |
Xalqaro nomi |
Nukus branch of Tashkent University of Information Technologies |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 2005-yil |
Rektori | v.v.b Oteniyazov Rashid Idrisovich |
Fakultetlar | 2 ta |
Talabalari | 1727+ |
Bakalavriat | 6 ta yoʻnalish |
Magistratura | 2 ta mutaxassislik |
Aspirantura | 1 |
Akademiklari | 14 |
Fan doktorlari | 4 |
Professorlari | 4 |
Oʻqituvchilari | 69 ta |
Manzili | |
Veb-sayti | www.tatunf.uz |
Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali(qisqartmasi — TATU Nukus filiali) — Nukus shahridagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasia, televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi „Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologilarini joriy etish to‘g‘risida“ gi Farmoni va 2005 yil 2-iyuldagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligigi Qaroriga muvofiq ning[1] 2005 yil 17-iyundagi 130-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.
Filialda hozirgi kunda 2 ta oʻquv binosi mavjud, eski oʻquv binosida 2005 yildan va yangi oʻquv binosida 2009 yil sentyabr oyidan dars mashgʻulotlari olib borilmoqda. Filialda 2 ta fakultet, 8 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 69 nafar professor-o‘qituvchilar, shulardan 4 ta fan doktori va professor, 14 nafar dotsent va fan nomzodlari faoliyat olib bormoqdalar. Filialning 2 ta magistr hamda 6 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 1727 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, O‘zbek-Belorus qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetida 2 ta taʼlim yo‘nalishida 66 nafar talaba tahsil oladi.
Filialda 256 ta xozirgi zamonaviy kompyuterlar mavjud bo‘lib, ulardan o‘quv jarayonida bevosita 213 tasi foydalaniladi va 5 talabaga 1 ta kompyuterdan to‘g‘ri keladi. Filialda barcha kompyuterlar bir-biri bilan lokal tarmoqqa 2 ta server kompyuteri orqali ulangan. Filialda 2 ta EPSON EB-595Wi interaktiv videoproektor[2], 18 ta proyektor va 5 ta elektron, 2 ta keng formatli avtomatik boshqariladigan doskalar mavjud bo‘lib, professor o‘qituvchilar maruza va laboratoriya ishlarini ushbu texnik vositalari orqali amalga oshirish imkoniga ega.
Fakultetlar[3]
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kompyuter injiniringi fakulteti
- Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlim fakulteti
Kafedralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dasturiy injiniring
- Axborot texnologiyalari
- Axborot xavfsizligi
- Kompyuter tizimlari
- Axborot taʼlim texnologiyalari
- Tabiiy va aniq fanlar
- Telekommunikatsiya injiniringi
- Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot
- Oʻzbek va chet tillari
Bakalavr yoʻnalishlari[4]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunduzgi
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60610300 | Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) |
2 | 60610501 | Kompyuter injiniringi: „Kompyuter injiniringi“ |
3 | 60610504 | Kompyuter injiniringi: AT-Servis |
4 | 60610502 | Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari |
5 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
6 | 60611001 | Telekommunikatsiya texnologiyalari („Telekommunikatsiyalar“) |
11 | 60611300 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi |
13 | 60310502 | Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
Sirtqi
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifri | Nomi |
---|---|---|
1 | 60610503 | Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“, „AT-servis“, „Axborot xavfsizligi“, „Multimedia texnologiyalari“) |
3 | 60611002 | Telekommunikatsiya texnologiyalari („Telekommunikatsiyalar“, „Teleradioeshittirish“, „Mobil tizimlar“) |
Magistratura yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Taʼlim yoʻnalishi nomi | Shifr |
---|---|---|
1 | Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyixalash) | 5A330501 |
2 | Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari) | 5A350101 |
Boshqa Filiallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
- Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
- Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
- Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali
Direktorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qurishbaev Qazbek Oqigʻiuli (2005-2007)
- Turusbekov Rafael Muxamedovich (2007-2009)
- Mendibaev Aydos Satibaldi (2009-2012)
- Abdikadirov Taufik Nurliuli (2012-2014)
- Gʻaniev Ravshan Sabirovich (2014-2017)
- Kasimov Nuriddin Abduaziz oʻgʻli (2017-2018)
- Abduraxmanov Shapratbek Kadirovich (2018-2019)
- Asuyev Anvarjon Qudratovich (2019-2020)
- Ziyaullayeva Zuxra Mahmud qizi (2020-2023)
- Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich (2023—2024)
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida“ gi Qarori“ (o'zbek) (2005-yil 2-iyul). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ „EPSON EB-595Wi interaktiv videoproektor“ (2006-yil). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ „Fakultetlar“ (2023-yil). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil.
- ↑ „Bakalavr yoʻnalishlari“ (2022-yil). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Universitet sahifasi
- TATU NF — Jańalıqlari kanali Telegramda
- TATU Nukus filiali rasmiy sahifasi Facebookda
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |