Kontent qismiga oʻtish

Iqtisodiy siklllar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iqtisodiy sikllar Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib oʻtib, oʻzining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadat oʻtgan davr tushuniladi.¹

Ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasibilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikltabiatining o‘ziesa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligini taʼkidlaydi.² Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotningbir inqiroz boshlangandan keyingi inqiroz boshlangunchadavrdagi harakat shaklidir.

Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy vatadrijiy bosqichlarni iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o‘zgarishlarni aks ettiradi.

Iqtisodiy sikl fazalari. Iqtisodiy sikl toʻrtta fazadan iborat.

  1. Inqiroz.
  2. Turgʻunlik.
  3. Jonlanish.
  4. Yuksalish.
  • Inqiroz-Iqtisodiy faollikning keskin pasayib ketishini anglatadi.
  • Turgʻunlik-Iqtisodiy faollik oʻzining eng pastki darajasida turgʻun boʻlib qoladi.
  • Jonlanish-Iqtisodiy faollik turgʻunlik holatidan chiqib, asta sekin oʻsish tamoyiliga ega boʻladi.
  • Yuksalish-Iqtisodiy faollik inqirozdan oldingi darajadan ham yuqoriga koʻtariladi.

Siklni keltirib chiqaruvchi sabablar.

  • Takror ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklar;
  • Talab va taklif oʻrtasidagi nomutanosibliklar;
  • Yalpi sarflar darajasining oʻzgarishi (oʻz navbatida bu sarflar xajmini ishlab chiqarish va bandlik darajasi belgilab beradi);
  • Investitsiyalar hajmining davriy kamayishi;
  • Pul massasi hajmining tebranishi;
  • Asosiy kapitalning yangilanishi;
  • Multiplikator samarsining kuchsizlanishi va boshqalar.

Iqtisodiy siklning kelib chiqishini faqat tashqi yoki ichki omillarga bogʻlovchi qarashlar mavjud boʻlib, ular fanda eksternal va internal nazariyalar deb nomlanadi.

Eksternal nazariyada tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Ularning asosiylari quyidagilar;

  • Urushlar, inqilobiy oʻzgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
  • Oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar hamda yirik konlarning ochilishi;
  • Yangi hududlarning ochilishi va u bilan bogʻliq ravishda aholi migratsiya hamda yer shari aholisi soning oʻzgarib turishi;
  • Ishlab chiqarish tarkibini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi oʻzgarishlar/

Internal nazariya siklni iqtisodiy tizimning oʻziga xos ichki omillari tugʻdiradideb hisoblaydi. Bu omillar quyidagilar;

  • asosiy kapitalning jismoniy xizmzt muddati;
  • shaxsiy isteʼmolning oʻzgarishi;
  • ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish oʻrinlarini vujudga keltirishga yoʻnaltiriladigan investitsion mablagʻlar hajmi;
  • ishlab chiqarish hamda talab hajmiga taʼsir koʻrsatishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosati.

Siklarning asosiy turlari.

  1. Kitchen sikli.
  2. Jyuglar sikli.
  3. Kuznes sikli.
  4. Kondratev sikli.
  5. Forrester sikli.
  6. Toffler sikli.

Kitchen sikli-zaxiralar sikli deb nomlanadi. Moliyaviy va tovar zaxiralari harakatida sotish narxlarini tahlil qilib qisqa toʻlqinlar (2-4 yil) tadqiq qilinadi.

Jyuglar sikli- investitsion sikl, biznes sikli, sanoat sikli, oʻrtacha sikl va katta sikl deb ham nomlanadi. Bu sikl 7-12 yil davom etadi.

Kuznes sikli-(„qurilish sikli“ deb ham nomlanadi). S.Kuznes milliy daromad, isteʼmol sarflari va ishlab chiqarish maqsadidagi yalpi investitsiyalarda 20 yillik davrda oʻzaro bogʻliq tebranishlar mavjud boʻlishini aniqlaydi.

Kondratev sikli-(„Uzoq toʻlqinlar“ sikli deb nomlanadi). Siklning asosiy hususiyati- texnika taraqqiyoti va tarkibiy oʻzgarishlardir. Sikl davomiyligi 40-60 yil.

Forrester sikli asosiy hususiyati; energiya va materiallar. Sikl davomiyligi: 200 yil.

Toffler sikliasosiy hususiyatlari: sivilizatsiyalarning rivojlanishi. Sikl davomiyligi; 1000-2000 yil.

https://www.coursehero.com/file/p3av5uq/Kopchilik-iqtisodchilar-iqtisodiy-sikllar-nazariyasi-iqtisodiy-osish-nazariyasi/

https://fayllar.org/reja-iqtisodiyotning-sikli-rivojlanishi.html http://www.genderi.org/ozbekiston-respublikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-to-v2.html?page=286

T.T Joʻrayev Iqtisodiyot nazariyasi Sh. Sh. Shodmonov Iqtisodiyot nazariyasi. ¹McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 157. ²Qaralsin: Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnik.- Izd., ispr. i dop./ Pod obщ.red. akad. V. I. Vidyapina, A. I. Dobrinina, G. P. Juravlevoy, L. S. Tarasevicha. -M.: INFRA-M,2005,465-486-b.