Kontent qismiga oʻtish

Irina Lobachyova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Irina Lobachyova
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Irina Lobachyova
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Moskva, SSSR
Boʻyi 165
Oldingi sheriklari Ilya Averbux
Aleksey Pospelov
Oldingi murabbiylari Natalya Linichuk,
Gennadiy Karponosov

rina Viktorovna Lobacheva (ruscha: Ири́на Ви́кторовна Лобачёва; 1973-yil 18-fevral, Ivanteevka, Moskva viloyati) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rus figurali uchuvchisi. Ilya Averbux bilan juftlikda 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medal sovrindori. 2002-yilda Jahon chempioni, 2003-yilda Yevropa chempioni, Rossiya chempioni (1997, 2000 — 2002) boʻlgan. Irina Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Irina 1979-yilda figurali uchish bilan shugʻullanishni boshlagan. Birinchi sherigi Aleksey Pospelov boʻlgan. Unga Natalya Dubinskaya murabbiylik qilgan.

1992-yilda Irina oʻsha paytda Marina Anisina bilan juftlikda konkida uchuvchi Ilya Averbuxga qiziqib qolgan. Shundan soʻng murabbiylar Averbuxni Lobacheva bilan juftlikka qoʻydilar[1]. Juftlik 1994-yilda murabbiylari Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov bilan birgalikda AQShning Delaver shtatiga koʻchib oʻtishdi.

1995-yil 10-martda Irina sherigi Ilya Averbuxga turmushga chiqdi.

2003-yilda Lobacheva va Averbux juftligi havaskor sportdagi faoliyatini yakunladi.

Irina 2004-yil 3-martda oʻgʻli Martinni dunyoga keltirdi.

Irina qoʻshiqchi Valeriy Syutkin („Zvyozdi na ldu“), aktyor Dmitriy Maryanov („Lednikoviy period“) va aktyor Vladimir Shevelkov („Lednikoviy period“) bilan juftlikda va yana Dmitriy Maryanov bilan („Lednikoviy period“ koʻrsatuvining uchinchi mavsumida, 2009-yilda) Birinchi kanalda efirga uzatilgan „Zvyozdi na ldu“ va „Lednikoviy period“ loyihalarida ishtirok etgan. 2010-yilda Birinchi kanalda efirga uzatiluvchi „Lyod i plamen“ loyihasida aktyor Denis Matrosov bilan juftlikda ishtirok etdi.

2007-yil noyabr oyida Irina va Ilya Ilyaning shaxsiy hayotidagi voqealar tufayli ajralishlarini eʼlon qilishdi[2]. Buning sababi, Averbuxning „Lednikoviy period“da ishtirok etgan aktrisa bilan ishqiy munosabati edi, shundan soʻng bu aktrisa Ilyadan oʻgʻil koʻrdi[3].

2009—2011-yillarda Irina aktyor Dmitriy Maryanov bilan norasmiy nikohda yashagan. Keyinchalik u figurali uchish boʻyicha murabbiy (oʻzidan 17 yosh kichik) Ivan Tretyakovga turmushga chiqdi.

2020-yil 23-iyulda er-xotin rasman ajrashishdi.

Hozirda Irina Lobacheva murabbiy. U Belorussiya vakili Kseniya Shmirina / Yegor Maistrov juftligi bilan ishlagan.

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Doʻstlik ordeni (2003) — jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, 2002-yilda Salt Lake City shahrida boʻlib oʻtgan XIX Olimpiada oʻyinlaridagi yuksak sport yutuqlari uchun[4].

(Averbux bilan)

Musobaqalar/mavsum 1993/94 1994/95 1995/96 1996/97 1997/98 1998/99 1999/00 2000/01 2001/02 2002/03
Qishki Olimpiya oʻyinlari 5 2
Jahon chempionatlari 13 15 6 7 4 4 4 3 1 2
Yevropa chempionati 9 5 5 4 3 4 3 3 1
Rossiya chempionati 2 3 3 1 2 2 1 1 1
Gran-pri finali 5 4 3 4 2 1
Gran-pri bosqichlari: Skate America 2 2 2 2 2
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 4 3
Millatlar kubogi 3 4
Trophee Lalique 1 2
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 2 2 2 2 1
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 8 2 2 1
Yaxshi niyat oʻyinlari 2 2
  1. „Скандал и эпатаж - вот, пожалуй, те слова, которые первыми приходят в голову, когда мы слышим о паре Анисина-Джигурда. MAGMETALL.RU“. magmetall.ru. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2019-yil.
  2. Rusdialog.ru. „Ирина Лобачева развелась с Ильей Авербухом из-за его постоянных измен“ (ruscha). Российский Диалог. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2019-yil.
  3. ntv.ru. „Об изменах Авербуха Лобачёва узнала от двухлетнего сына“ (ruscha). НТВ. 15-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2019-yil.
  4. Ukaz Prezidenta RF ot 5-maya 2003 g. N 502 „O nagrajdenii gosudarstvennimi nagradami Rossiyskoy Federatsii sportsmenov, trenerov, rabotnikov fizicheskoy kulturi i sporta“