Iroda Sirojiddinova
Iroda Sirojiddinova | |
---|---|
Tavalludi |
1975-yil 26-avgust kuni Asaka shahri |
Kasbi | Pedagogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi mutaxassisi |
Ish joylari | Andijon mashinasozlik instituti |
Ilmiy darajasi | Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Mukofotlari | Oliy ta`lim a`lochisi |
Veb-sayt | andmiedu.uz |
Iroda Maxammadovna Sirojiddinova (1975-yil, Asaka shahri, Andijon viloyati) – oʻzbekistonlik olima, Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD) (2020[1]), dotsent. Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri[2].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iroda Maxammadovna Sirojiddinova —1975-yil 26-avgust kuni Andijon viloyati Asaka shahrida tugʻilgan. 1995-yilda Andijon davlat universiteti Pedagogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi yoʻnalishini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini 1995-yilda Andijon viloyati Asaka tumanidagi 37-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchilidan boshlagan. Iroda Sirojiddinova 2004-2008-yillarda Asaka tumanidagi 37-umumiy oʻrta taʼlim maktabi amaliyotchi-psixologi, 2008-2015-yillarda Asaka avtomobilsozlik kasb-hunar kolleji Ona tili fani oʻqituvchisi hamda boʻlim boshligʻi, 2015-2017-yillarda Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik fakulteti dekan oʻrinbosari, 2017-2020-yillarda ushbu institutning 1- va 2-talabalar turar joylari tarbiyachi-pedagogi, 2020-2021-yillarda Transport va logistika fakulteti dekan oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2021-yildan buyon Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, 2023-yildan hozirga qadar ushbu kafedra mudiri vazifasida ishlab kelmoqda. 2023-yilda 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Oliy taʼlim aʼlochisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iroda Sirojiddinova 2020-yil 24-dekabr kuni Toshkent davlat pedagogika univirsiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda Pedagogika fanlari doktori, professor B. S. Abdullayeva ilmiy rahbarligida „Oliy taʼlim muassasalari talabalarining kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan hamda Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlgan.
„Kasbiy pedagogika“, „Ilmiy tadqiqot metodologiyasi“, „Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi“ fanlaridan maʼruzalar oʻqiydi. Toʻrtta darslik, Beshta ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqola[3] va tezislar [4] muallifi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sirojiddinova Iroda Maxammadovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Qaralgan sana=19.07.2024“ (uza.uz).
- ↑ „Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi sana=19.07.2024“ (andmiedu.uz).
- ↑ „Sirojiddinova Iroda Maxammadovnaning Google akademiyada chop etilgan maqolalari Qaralgan sana=19.07.2024“ (scholar.google.ru).
- ↑ „Pedagogik ob’yektlarni kompleks loyihalashtirish texnologiyasi Qaralgan sana=19.07.2024“ (cyberleninka.ru).