Kontent qismiga oʻtish

Irq bitigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Irq bitigi“ (qadimgi turkiy tilda irq „fol“, irq bitigi – „fol kitobi“ degan maʼnoni bildiradi) – qadimni turkiy moniy muhitda yaratilgan sheʼriy asar. Asar Oʻrxun-Yenasoy yozuvlari tipida bitilgan va kitob holida saqlangan yagona asar hisoblanadi. U IX asrda yaratilgan, lekin ilm-fanga XIX asrga kelibgina maʼlum boʻlgan[1]. Qo‘lyozma XIX asrning oxirda Sharqiy Turkistonning Dunxuan degan joyidan topilgan. Asar tush va uning taʼbiriga bagʻishlangan. U Isig Sangun va Ite chuq ismli oʻgʻlonlarga atab yozilgan. Muallifi nomaʼlum[2]. Asarni oʻzbek tilida ilk marotaba 1991-yilda Boqijon Toʻxliyev eʼlon qilgan[1].

  • Sodiqov Q. „Ilk va oʻrta asrlar turkiy matnlari nomlarining izohli lugʻati“
  1. 1,0 1,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. Irq bitigi (Taʼbirnoma).