Kontent qismiga oʻtish

Irtish (tuman)

Koordinatalari: 53°15′36″N 74°39′36″E / 53.26000°N 74.66000°E / 53.26000; 74.66000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Irtish tumanidan yoʻnaltirildi)
Irtish tumani
Ертіс ауданы
tuman
Tarkibida Pavlodar viloyati
Maʼmuriy markazi Irtish
Asos solingan sanasi 1938-yil
Akim Shugayev Janat Rashitovich
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2012) 19 459[1]
Zichligi 1,9 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 58,2%
Ruslar - 24,37%
Ukrainlar - 7,85%
Olmonlar - 4,36%
Beloruslar - 1,19%
Tatarlar - 1,01% [1]
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 10,2 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71832[2]
Pochta indeksi 140500-140517[3]
Avtomobil raqami kodi S, 14
Xaritada
Irtish tumani xaritada
53°15′36″N 74°39′36″E / 53.26000°N 74.66000°E / 53.26000; 74.66000

Irtish tumani — Pavlodar viloyatining shimoli-gʻarbiy tarafida, Irtish daryosining soʻng yoqasida joylashgan. Irtish Tumani 1928-yili tashkil etilgan. Tuman hududi 10,2 ming km², aholisi 19,459 kishi (2012). Tuman markazi — Irtish qishlogʻi

Tuman shimoliy tarafida Rossiyaning Omsk viloyati bilan, sharqida viloyatning Jelezin, Qashir tumanlari bilan, janubida Aqtoʻgʻay tumani bilan, gʻarbida Akmola viloyati bilan chegaradosh.

Tuman iqlimi keskin kontinental. Bahor va kuz oylari oʻzgaruvchan, issiqdan sovuqqa almashib turuvchi harorati qisqadir. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18 °C-ga, iyulning — +20 °C-ga teng. Yogʻingarchilikning aksar qismi yoz oyiga toʻgʻri keladi. Yogʻingarchilikning yillik miqdori — 250—300 mm. Yil davomida boʻronlar ham boʻlib turadi.

Tuman aholisi 2012-yili 19,459 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 2012-yili 1 km² 1,9 kishidan toʻgʻri keldi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)

  • qozoqlar — 11 326 kishi (58,2 %)
  • ruslar — 4 742 kishi (24,37 %)
  • ukrainlar — 1 528 kishi (7,85 %)
  • olmonlar — 849 kishi (4,36 %)
  • tatarlar — 197 kishi (1,01 %)
  • beloruslar — 232 kishi (1,19 %)
  • boshqalar — 585 kishi (3 %)
  • Umumiy — 19 459 kishi (100,00 %)

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman tarkibida 18 ta qishloq mavjud:

  • Irtish
  • Abay
  • Agʻashoʻrin
  • Amangeldi
  • Qoʻsagʻash
  • Qoʻskoʻl
  • Qiziljar
  • Lenin
  • Shimoliy
  • Seleti
  • Toʻqti
  • Uzunsuv

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilgi oʻquv yilining boshida 4140 oʻquvchisi bor 31 ta davlat kundizgi umumiy bilim beruvchi maktablari, 269 nafar oʻquvchisi bor 1 kasbiy-texnik maktab faoliyat yuritmoqda.

Davolash mahkamalar soni — 35, shulardan kasalxona, poliklinika, silga qarshi kasalxonalar faoliyat yuritmoqda.

Klublar soni-22, kutubxonalar soni-19, muzey-1. Ikkita tuman nashrlari mavhud, shularning bittasi davlat tilidagi „Ertis nuri“, ikkinchisi — rus tilidagi „Irtish“.[4]

  1. 1,0 1,1 Департамент статистики Павлодарской области, 2013-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-19
  2. „Pavlodar viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-noyabr.
  4. arxiv nusxasi, 2012-11-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-19