Kontent qismiga oʻtish

May (tuman, Pavlodar viloyati)

Koordinatalari: 50°56′24″N 77°31′12″E / 50.94000°N 77.52000°E / 50.94000; 77.52000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
May tumani
Май ауданы
tuman
Tarkibida Pavlodar viloyati
Maʼmuriy markazi Koʻktepa
Asos solingan sanasi 1939-yil
Akim Pishenbayev Nigʻman Qadaybergenovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2012) 11 974[1]
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 85,71%
Ruslar - 9,97%
Olmonlar - 1,41%
Ukrainlar - 1,38%
Tatarlar - 1,37%
Chechenlar - 0,63% <[1]
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 18,1 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71838 [2]
Pochta indeksi 140800-140807[3]
Avtomobil raqami kodi S, 14
Xaritada
May tumani xaritada
50°56′24″N 77°31′12″E / 50.94000°N 77.52000°E / 50.94000; 77.52000

May tumani — Pavlodar viloyatining janubiy-sharqida joylashgan. 1939-yili tashkil topgan. Tuman maydoni 18,1 ming km2. Tumanning maʼmuriy markazi — Koʻktepa qishlogʻi

Janubiy-sharqida Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan, janubiy-gʻarbida — Qaragʻandi viloyati bilan, gʻarbida — Bayanavul tumani va Aqsu shahrining qishloq hududlari bilan chegaradosh, shimolida Lebyaji tumani bilan Irtish daryosi ajratib turadi.

Tuman iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 15º-17 °C., iyulniki — +20º+22 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 200–250 mm-ni tashkil qiladi.

Tuman aholisi 1999-yili 16,9 ming kishini, 2012-yili esa — 11,974 ming kishini tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)

  • qozoqlar — 10 263 kishi (85,71 %)
  • ruslar — 955 kishi (7,97 %)
  • ukrainlar — 166 kishi (1,38 %)
  • olmonlar — 169 kishi (1,41 %)
  • tatarlar — 164 kishi (1,37 %)
  • beloruslar — 53 kishi (0,44 %)
  • boshqalari — 145 kishi (1,21 %)
  • Umumiy — 11 974 kishi (100,00 %)

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman tarkibida 11 ta qishloq bor: Koʻktoʻbe, Aqjar, Aqshima, Baskoʻl, Kentubek, Qazan, Qaraterek, May, Maytubek, Malaysari, Sati.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 7 ta maktabgacha boʻlgan maskanlari, 14 ta oʻrta umumiy bilim beruvchi mahkamalar va 1 ta kasb-hunar maktab faoliyat yuritmoqda.

Tumanda May markaziy tuman kasalxonasi bor.

Taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Sotsialist Mahnat Qahramonlari: Q. Jengilbaev va V.I. Ladigin.
  2. Bastemiy Qaziret Aytqojaevich — diniy arbob, hazrat.