Ishratxona hujralari (madrasa)
Madrasa | |
Ishratxona hujralari (madrasa)
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Habiba sulton begim |
Homiylar | Habiba sulton begim |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Ishratxona hujralari (madrasa) — Samarqand madrasasi (XIV asr). Ishratxona hujralari Samarqanddagi eng mashhur inshootlardan biri hisoblanadi. Abu Tohirxoja ushbu inshoot toʻgʻrisida shunday yozgan: „Xoja Abdi darun mozorining shimolida joylashgan. Xalq „Ishratxona“ deb ataydigan yuksak daxma ulugʻ haram masturasi Davlatbeka daxmasidir. Uning onasi amir Jaloliddin qizi Habiba sulton begim ushbu gumbazni bino ettirib, yonida bir nechta hujra qurdiradi“. Amerikalik sayyoh Yujin Skayler oʻz estaliklarida ushbu inshoot haqida: „Shahar atrofida Samarqandning gullab-yashagan davrini eslatuvchi boshqa yodgorliklar ham mavjud. Ulardan biri ishratxonadir. Aytishlaricha, Temurning xotini tomonidan oʻziga daxma qilib qurilgan. Ammo uni koʻrgan Temur goʻzalligidan lol qolib, qoʻqqisdan saroyga aylantiradi“[1]. Olimlar ushbu binoni turlicha talqin qilishgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlar va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Abdusattor Jumanazarov ushbu inshootni hujrali boʻlganligi sababli madrasa sifatida kiritgan. Maqbara va hujralar mudarris tomonidan nazorat qilingan. Ushbu madrasa ilmiy salohiyatiga koʻra, 2-oliy toifaga mansub boʻlgan. Mazkur madrasaga oid vaqf hujjati XIX asr oxirida Samarqad viloyati vaqf boʻlimi boshqaruvchisi V. L. Vyatkinning tadqiqotlarida uchraydi. Hujjatda hijriy 868-yili ramazon oyi boshida (1464-yil, 8-12-may) amir Jaloliddinning qizi Habiba sultonbegim ushbu inshootni marhum qizi sulton Abu Said muhri bilan tasdiqlangan. 1903-yilda Ishratxonaning baland gumbazi zilzila natijasida qulagan. Imorat kuchli talofat koʻrganligiga qaramay, hozirgi kunda ulugʻvorligini saqlab qolgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov fikriga koʻra binoda Shuhrat Qulmatov va Amriddin Berdimurodov taʼmirlash ishlarini olib borilgan[2].
Ishratxona hujralari (madrasa) Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolgan.