Islom Sulton Shoahmedov
Islom Sulton Shoahmedov | |
---|---|
Shohislom Shagisultonovich Shagiahmedov | |
Turkiston muxtoriyati Bosh vazir oʻrinbosari | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1882-yil 21-noyabr Orenburg, Rossiya imperiyasi |
Vafoti | 1922-yil |
Otasi | Shagisulton (Sulton) Shagiaxmetovich Shagiaxmetov |
Islom Sulton Shoahmedov (Shohislom Shagisultonovich Shagiahmedov) (1882—1922) — Turkiston muxtoriyati Bosh vazir oʻrinbosari, Butunrossiya musulmonlari Shoʻrosi Ijroiya Komiteti aʼzosi, huquqshunos[1].Taniqli jamoat va siyosat arbobi.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom Sulton Shoahmedov Orenburgda tatar-boshqird oilasida 1882-yil 21-noyabrda tavallud topgan. Uning otasi Shagisulton (Sulton) Shagiaxmetovich Shagiaxmetov (1855—1896) Ufa guberniyasi Menzalinsk uyezdidagi boshqirdlar urugʻidan boʻlib, u 1876-yil Qozon universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. U 1876—1890-yillarda Orenburg tatar muallimlari maktabida oʻqituvchilik qilgan, soʻngra Orenburg oʻlkasidagi sud idoralarida tergovchi boʻlib faoliyat olib borgan. Onasi Gaynizigan Muhammad-Sodiqova Nigmatullina tatar ayoli boʻlib, u kelib chiqishi jihatidan oqsuyaklar tabaqasiga mansub boʻlgan. 1905-yil Islom Shoahmedov Orenburg erkaklar gimnaziyasini tugatgach, 1905—1910-yillar davomida Sankt-Peterburg universitetining avval sharqshunoslik, soʻngra yuridik fakultetida tahsil oladi. U turkiy va rus tildan tashqari fransuz, ingliz, nemis tillarini bilgan. Islom Shoahmedov talabalik davrida Rossiyadagi sotsial-demokratik harakatga qiziqib, 1907-yil Toshkent garnizoni soldatlari oʻrtasida tashviqot olib borgan. U 1910-yil soʻngida universitetni tamomlab, 1911-yil yanvar oyida diplomini olgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom Sulton Shoahmedov 1912-yilda mehnat faoliyatini Sankt-Peterburg sud palatasida boshlaydi. U 1912-yil Peterburgda nashr etilgan „Musulmanskaya gazeta“ning muharriri sifatida faoliyat olib boradi. U bir qator sud ishlarida mensheviklar partiyasi vakillarini himoya qilgan. U Rossiya imperiyasidagi musulmonlar huquqlari uchun kurash olib borgan. U 1915-yil Qoʻqonga boradi va mehnat faoliyatini Skobelov okrug sudida tergovchi advokat oʻrinbosari lavozimida boshlaydi. U bu yerda „Sadoyi Fargʻona“ gazetasini nashr qilishda muhim rol oʻynagan. 1916-yil Islom Shoahmedov "Gʻayrat jamiyatini tashkil qilib, „Turkistanskiy kray“ gazetasi nashrini yoʻlga qoʻyadi va unga muharrirlik qilgan. 1917-yil fevral inqilobi paytida u Petrogradda boʻlgan. U 1917-yil mart oyida Turkistonga qaytib, Toshkentda Turkistondagi muxtoriyatchilik harakatiga faol jonbozlik koʻrsatgan. Islom Shoahmedov 1917-yil iyundan boshlab Milliy Shoʻro Ijroiya komiteti raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan. 1917-yil Pedrogradda tashkil etilgan Butunrossiya musulmonlari aʼzosi va sekritari. U faoliyati davomida Turkiston musulmonlari Markaziy Shoʻrosi aʼzosi, Turkiston muxtoriyati Bosh vazir oʻrinbosari, moliya vaziri kabi lavozimlarda ishlagan. Islom Shoahmedov Turkiston muxtoriyati konstitutsiyasi loyihasining muallifi hisoblanadi. 1918-yil fevral oyida Turkiston muxtoriyati tugatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan qamoqqa olingan. 1918-yil may oyida ozod qilingan. 1919-1920-yillar davomida u bolsheviklar bilan hamkorlik qilib, Turkiston Xalq Xoʻjaligi Markaziy Kengashi hamda Qoʻqon uyezd-shahar revkomida faoliyat olib borgan[2].