Islom atlasi
Islom atlasi — 10-asrda tuzilgan geografik xaritalar majmui. Yevropa ilmiy adabiyotlarida "Islom atlasi" nomini olgan. Uning asosini "Al-masolik va-l-mamolik" ("Yoʻllar va mamlakatlar") mavzusi boʻyicha arab tilida yozilgan tavsifiy-geografik asarlar tarkibidagi xaritalar tashkil qiladi. I. a.da 21 xarita boʻlib, ular quyidagi tartibda joylashtirilgan: dunyoning doiraviy xaritasi, Arabiston, Fors dengizi, Magʻrib, Misr, Shom, Rum dengizi, al-Jazira, Iroq, Xuziston, Fors, Kirmon, Sind, Armaniston (Arron va Ozarbayjon bilan birga), Jibol, Gilon (Tabariston bilan birga), Xazar dengizi, Fors chuli, Sijiston, Huroson, Movarounnahr).
I. a.dagi xaritalar dastlab oʻrtaosiyolik mashhur olim Abu Zayd ibn Saxl Balxiy (850—934)ning "Suvar al-akolim" ("Iqlimlar surati") geografik asarida berilgan. Uni Istaxriy Abu Ishoq al-Forisiy (850—934) qayta ishlab, xaritalarga ham ancha yangi maʼlumotlar kiritdi. Istaxriyning mazkur asari fanda "Kitob masolik almamolik", ("Yoʻllar va mamlakatlar kitobi") nomi bilan maʼlum; nusxalari juda koʻp, jahonning turli kutubxonalariga tarqalgan. Forscha tarjimalari ham anchagina. Shu sababdan Abu Zayd Balxiy va al-Istaxriy asarlari dastlab fors tilida yozilgan, degan xulosalarham mavjud. I. a.sining Abul Krs.im Ibn Havqal anNisibi (10-asr) tomonidan qayta ishlangani fanda ancha mukammal deb topilgan va u "Kitob al-masolik va-l-mamolik" boshqa nomi "Kitob surat al-arz" ("Yer surati kitobi") deb ataladi. Ibn Havqal asarida xaritalarga yozilgan izohlar ancha mukammal, muallif turli geografik manba maʼlumotlaridan ham keng foydalangan. Bu asar nafakat Sharqda, balki Yevropada ham shuhrat topdi.
I. a.dan, asosan, islom mamlakatlarining xaritalari oʻrin olgan va ularni "Iqlimlar" ham deyishgan. Bu yer yuzining siyosiy-maʼmuriy qismlarga boʻlinish (forslardagi "haft kishvar") ini eslatadi (qarang Yetti iqlim).
I. a. keyingi yillarda arab va fors tillarida geografik asarlar yozilishiga, xaritalar tuzilishiga katta taʼsir koʻrsatdi, aksari mualliflar undagi xaritalarni oʻz kitoblariga kiritdilar. I.a. Yevropada nemis olimi K. Miller tomonidan nashr etilgan (1926), "Arab xaritalari" toʻplamidan ham oʻrin olgan.
Omonulla Boʻriyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |