Islom birligi haftasi
Turkum maqolalarning bir qismi |
Islom |
---|
Islom birligi haftasi - har yili sunniylar va shialar tomonidan oʻtkaziladigan marosimga nisbatan aytiladi. Tadbir Muhammad paygʻambar tavallud kunining ikki sanasi oraligʻida oʻtkaziladi.Bu haqidagi maʼlumotlarning biri sunniylar, ikkinchisi shialar tomonidan rivoyat qilingan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom birligi haftaligining tashkil topishi Seyyid Ali Xomanaiyning Siston va Balujistonda boʻlgan vaqti bilan bogʻliq va bu shia olimi (ayrim sunniy ulamolar hamkorligi bilan) bu doʻstlik haftaligini oʻtkazishga qaror qildi va shia-sunniylik oʻrtasidagi birlikni koʻrsatish uchun shu kunlarni (Islom birligi haftasi) nishonladi.[1][2]
Eron inqilobidan keyin Oyatulloh Ruhulloh Xumayniy ikki sana orasidagi kunlarni Islom birligi haftasi deb nomlashni taklif qildi. Oyatulloh Montazeri esa Saudiya Arabistoni muftiysining sunniylar va shialarga qarshi hujumlariga javoban Oyatulloh Humayniyga haftani Islom birligi haftasi deb nomlashni qoʻllashini aytdi.[3]
Bu sana sunniylarga koʻra robbiul-avval oyining oʻn ikkinchisi, yaʼni islomiy taqvimda uchinchi qamariy oyning birinchi haftasi va shialarga koʻra robbiul-avval oyining oʻn yettinchi kunidir.[4]
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vahobiy ulamolari Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning tavallud kunlarini nishonlashni islomga toʻgʻri kelmaydigan deb hisoblashsa-da, bu daʼvo aksariyat sunniylar va shialar tomonidan rad etilgan.[5] Marosimning asosiy gʻoyasi Eron Islom Respublikasi hukumati tomonidan ilgari surilgan.[6] Har yili Eron Islom Respublikasida butun dunyodan kelgan shia va sunniy taniqli olimlar va boshqa musulmon ishtirokchilarning xalqaro anjumani oʻtkaziladi.
Bogʻliq tashkilotlar va faoliyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musulmon jamiyatining islomiy birligi yoʻlida faoliyat olib boruvchi ikki taniqli tashkilot bor: Islom mazhablari yaqinligi Jahon forumi va Islom tashviqoti. Shu bilan birga, har yili aniq maqsadlarni koʻzlagan Islom birligi anjumani oʻtkaziladi.[7]
- Shia-sunniy munosabatlari
- Shia oʻrtoqligi
- Arab dunyosidagi shia musulmonlari
- Shialar haqida sunniy olimlar fatvolari
- Islom mazhablari yaqinligi Jahon forumi
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ How did the unity week name so? tasnimnews.com Retrieved 24 Nov
- ↑ The Islamic unity week alalam.ir Retrieved 24 Nov 2018
- ↑ Rainer Brunner in Brigitte Maréchal, Sami Zemni. The Dynamics of Sunni-Shia Relationships: Doctrine, Transnationalism, Intellectuals and the Media. Hurst Publishers, 2013 — 34-bet. ISBN 978-1849042178.
- ↑ M. Mahmood. The Political System of the Islamic Republic of Iran. Gyan Publishing House, 2006 — 112-bet. ISBN 8178355205.
- ↑ Ami Ayalon. Middle East Contemporary Survey, Merkaz Dayan le-ḥeḳer ha-Mizraḥ ha-Tikhon ṿe-Afriḳah (Universiṭat Tel-Aviv). The Moshe Dayan Center, 1990 — 188-bet. ISBN 081331044X.
- ↑ Arshin Adib-Moghaddam. The International Politics of the Persian Gulf: A Cultural Genealogy Routledge Studies in Middle Eastern Politics. Routledge, 2006 — 32-bet. ISBN 1134171897.
- ↑ Nikki R Keddie, Rudolph P Matthee. Iran and the Surrounding World: Interactions in Culture and Cultural Politics. University of Washington Press, 2002 — 283-bet. ISBN 0295982063.