Kontent qismiga oʻtish

Ismael Blanco

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ismael Blanco
Blanco AEK bilan, 2009-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ismael Alfonso Blanco
Tavallud sanasi 19-yanvar 1983-yil (1983-01-19) (41 yosh)
Tavallud joyi Santa Elena, Argentina
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Club Ciudad de Bolívar
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2007 Colón 52 (13)
2005Libertad (ijara) 21 (7)
2005—2007Olimpo (ijara) 62 (33)
2007—2008AEK Athens (ijara) 34 (20)
2008—2011 AEK Athens 95 (35)
2011—2012 San Luis 13 (2)
2012Legia Warsaw (ijara) 10 (2)
2012—2013 1860 Munich 15 (2)
2013Lanús (ijara) 16 (5)
2013—2014 Lanús 40 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-aprel 2022-yil uchun)

Ismael Blanco (talaffuzi: Ismoil Blanko; 1983-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Argentinaning „Ciudad de Bolívar“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[1].

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blanco faoliyatini 2002-yilda Colón bilan boshlagan. 2004-yilda tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Asosiy jamoadagi oʻrnini yoʻqotib, reabilitatsiyadan soʻng 2005-yil yanvar oyida Paragvayning „Libertad“ klubiga ijaraga berildi va 2005-yilgi Libertadores kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. Jamoasining 1-guruhdagi muvaffaqiyatsiz harakatlari davomida ikki marta gol urdi. 

Blanco Colónda uzoq qolmadi. 2007-yil 10-avgustda Blanco ijara asosida AEK Athensga[2] qoʻshildi. 2007-yil 20-sentyabrda „Red Bull Salzburg“ga qarshi UEFA kubogi oʻyinida ilk bor maydonga tushdi. Keyin „Atromitos“ga qarshi Gretsiya Superligasida debyut qildi va oʻyinda dubl qayd etdi, AEK Athens 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Yevrokuboklardagi birinchi golini 2007-yil 13-fevralda „Getafe“ga qarshi oʻyinning 94-daqiqasida kiritdi, oʻyin 1-1 hisobida yakunlandi. Blanco 2007—2008-yilgi Gretsiya Superligasida 28 oʻyinda 19 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurar boʻldi (oltita pley-off oʻyinida yana bir bor gol urdi)[3].

2011-yil 18-avgustda Blanco Meksikaning San Luis klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. Meksika ligasida 15 oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi.

Blanco 2012-yilda TSV 1860 Munich bilan shartnoma imzoladi. 2.Bundesligada 13 ta oʻyinda raqib darvozasini ishgʻol qila olmadi, shu tariqa klubning umidlarini puchga chiqardi[5].

Janubiy Amerikaga qaytish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil fevral oyida Blanco oʻz vatani Argentinaga qaytib, Club Atlético Lanúsga qoʻshildi[6]. 16-iyun kuni Blanco ikki marta „River Plate“ darvozasini ishgʻol qildi, natijada 5:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. 2013-yilgi Torneo finalida 16 oʻyinda 5 ta gol urdi va Lanus uchinchi oʻrinni egalladi[7].

2014-yil 17-avgustda Blanco Guayaquil shahrida joylashgan Ekvador sport klubi Barcelona SC bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Transferning umumiy summasi 2,9 mln yevroga baholangam[8].

2016-yil 22-avgustda yana Colónga qoʻshildi[9]. 2017-yil 11-avgustda „Atlético Tucumán“ga oʻtdi[10].

2020-yil yanvar oyida Gretsiyaning Egaleo klubiga qoʻshildi. Blanco avvalroq Argentina ikkinchi divizionida „Atletiko Mitre“ klubida oʻynagan va oʻtgan mavsumda 11 oʻyinda 3 ta gol urgan. Argentina klubi bilan shartnomasini uzaytirmadi va 37 yoshida Gretsiyaga qaytishga qaror qildi[11].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blanco asli misrlik[12]. Sebastián Blanconing eng katta akasi.

Faoliyati statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Pley-oflar Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Club Atlético Colón 2002—2003 Argentina birinchi divizioni 19 5 1 1 0 0 0 0 20 6
2003—2004 14 3 0 0 0 0 0 0 14 3
2004—2005 16 3 2 1 0 0 0 0 18 4
Jami 49 11 3 2 0 0 0 0 52 13
Libertad 2005 Paragvay ligasi 15 5 0 0 6 2 0 0 21 7
Olimpo 2005—2006 Argentina birinchi divizioni 24 5 0 0 0 0 0 0 24 5
2006—2007 Primera Nacional 38 28 0 0 0 0 0 0 38 28
Jami 62 33 0 0 0 0 0 0 62 33
AEK Athens 2007—2008 Super Liga 28 19 2 0 7 1 6 1 43 21
2008—2009 30 14 6 5 2 1 6 3 44 23
2009—2010 29 8 1 0 8 4 5 1 43 13
2010—2011 22 9 7 4 7 2 3 0 39 15
Jami 109 50 16 9 24 8 20 5 169 72
San Luis 2011—2012 Liga MX 15 2 0 0 0 0 0 0 15 2
Legia Warsaw 2011—2012 Ekstraklasa 6 0 4 2 0 0 0 0 10 2
1860 Munich 2012—2013 2.Bundesliga 13 0 2 2 0 0 0 0 15 2
Lanús 2012—2013 Argentina birinchi divizioni 16 5 1 0 0 0 0 0 17 5
2013—2014 26 4 0 0 14 2 0 0 40 6
Jami 42 9 1 0 14 2 0 0 57 11
Barcelona SC 2014 Ecuadorian Serie A 20 12 0 0 4 2 0 0 24 14
2015 42 14 0 0 6 0 0 0 48 14
2016 9 1 0 0 0 0 0 0 9 1
Jami 71 27 0 0 10 2 0 0 81 29
Club Atlético Colón 2016—2017 Argentina birinchi divizioni 22 6 0 0 0 0 0 0 22 6
Atlético Tucumán 2017—2018 Argentina birinchi divizioni 17 2 3 1 2 0 0 0 22 3
Club Atlético Mitre 2018—2019 Primera Nacional 30 7 1 0 0 0 0 0 31 7
Jami faoliyati 478 160 29 16 56 14 20 5 584 187

== Yutuqlari ==; Olimpo

  • Nacional B Eng yaxshi toʻpurar: 2006 Apertura, 2007 Klausura
  • Gretsiya Superligasining eng yaxshi xorijlik futbolchisi: 2007—2008
  • Gretsiya Superligasi eng yaxshi toʻpurari: 2007—2008, 2008—2009
  • Gretsiya Kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2008—2009, 2010—2011
  1. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Ismael Blanco volvió al fútbol argentino para jugar en Ciudad de Bolívar, del Federal A“ (ispancha). diarioeltiempo.com.ar. 10-aprel 2022-yilda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 10-aprel 2022-yil.
  2. „AEK Athens signs Blanco“. aekfc.gr. 2007-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Blanco makes move permanent“. aekfc.gr. 2008-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Ismael Blanco será el quinto extranjero de los potosinos“ (ispancha). mediotiempo.co (18-avgust 2011-yil). Qaraldi: 4-avgust 2012-yil.
  5. „1860 München Results, Fixtures and Statistics - SoccerPunter“.
  6. „Ismael Blanco“. soccerfame.com. 2016-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
  7. „TORNEO FINAL 2013 – Promedios, Fixture, Posiciones“. 2020-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
  8. „Soccer Manager 2022“. el-gr.soccermanager.com. 2022-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
  9. „Ismael Blanco fue oficializado en Colón de Santa Fe“ (22-avgust 2016-yil).
  10. „Ismael Blanco, nuevo delantero de Atlético Tucumán“. El Gráfico.
  11. „Οριστική συμφωνία Αιγάλεω-Blanco!“ (5-yanvar 2020-yil).
  12. „Palermo & Genoa Monitoring AEK Athens Star Ismael Blanco – Report“. goal.com (10-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 14-aprel 2013-yil.