Kontent qismiga oʻtish

Ismoil ibn Abdurrahmon Sanjafiniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ismoil ibn Abdurrahmon Sanjafiniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1142-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis, Roviy

Ismoil ibn Abdurrahmon Sanjafiniy (arabcha: إسماعيل بن عبد الرحمن سنجفيني — Ismoil ibn Abdurrahmon Sanjafiniy — Toʻliq ismi: Abu Ali Ismoil ibn Abdurrahmon Sanjafiniy) — Muhaddis va roviy.

Ismoil ibn Abdurrahmon Sanjafiniy Ustrushananing Samarqand yaqinidagi „Sanjafin“ qishlog‘ida tavallud topgan. Manbalarda Ismoil ibn Abdurrahmon Sanjafiniyning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Baʼzi bir manbalarda unga Ismoil ibn Abi Abdurrahmon deb murojaat qilingan. Keyinchalik ilm istab Samarqand shahriga keladi va shu yerda fiqh ilmini chuqur o‘rganadi. Manbalarda unga Samarqand faqihlaridan biri deb taʼrif beriladi. U ko‘plab hadislar ham rivoyat qilgan. Ismoil ibn Abdurrahmon Sanjafiniy hadislarni Abu Ibrohim ibn Ismoil Bob Kassiy, Abu Yaʼqub Abor, Said ibn Xushnom, Abu Bakr Jurjoniy va boshqalardan rivoyat qilgan. Muhammad ibn Ahmad ibn Hoshim Dihniy, Muhammad ibn Osim Qatavoniy va Abdulloh ibn Mas’ud ibn Komil Samarqandiylar Ismoil ibn Abdurrahmon Sanjafiniydan hadis rivoyat qilishgan.[1]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 596.