Ismoil ibn Ahmad Samarqandiy
Ismoil ibn Ahmad Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1062-yil |
Vafoti | 1142-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Shayx, imom, muhaddis |
Ismoil ibn Ahmad Samarqandiy (arabcha: إسماعيل بن أحمد سمرقندي — Ismoil ibn Ahmad Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abulqosim Ismoil ibn Ahmad ibn Umar ibn Abu Ash’as Samarqandiy (1062-1142)) — Shayx, imom va muhaddis.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismoil ibn Ahmad Samarqandiy foydali ilmlar egasi va sanad sohibi, 454/1062-yilning Ramazon oyida Damashqda tavallud topgan. Bag‘dodda isti-qomat qilgan. Hofiz Abdulloh ibn Samarqandiyning ukasi boʻlib, ko‘p ilmiy majlislar ishtirokchisi bo‘lgan. Aka-uka ikkalalari Abu Bakr Xatib, Abduddoim ibn Hasan, Abu Nasr ibn Tallob, Ahmad ibn Abdulvohid ibn Abu Hadid, Abdulaziz Kattoniydan hadis eshitganlar. So‘ngra otalari ikkovlarini olib, Bag‘dodga ko‘chib ketganlar. U yerda Abu Jaʼfar ibn Muslima, Abu Muhammad ibn Hazormard, Abdulaziz ibn Ali Sukkariy, Abu Husayn ibn Naqqur, Ahmad ibn Ali ibn Muntob, Molik Bonyosiy, Tohir ibn Husayn Qavvos, Ibrohim ibn Abdulvohid Qatton, Osim ibn Hasan, Ibn Axzar Anboriy, Jaʼfar ibn Yahyo Hakkok, Muhammad ibn Hibatulloh Lolakoiy, Ibn Xayrun, Rizqulloh Tamimiy, Ahmad ibn Ali ibn Abu Usmon, Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Saqar, Yusuf ibn Hasan Tafakkuriy, Ismoil ibn Mas’ada, Tirod Zaynabiy, Ni’oliy, Abdulkarim ibn Rizma, Abu Ali ibn Banno, Ahmad ibn Husayn Attor, Abdulloh ibn Hasan Xallol, Yusuf Mihravoniy, Abdusayyid ibn Muhammad Sabbog‘, Abu Nasr Zaynabiy va u kishining otalaridan hamda Abu Ishoq Sheroziy, Abdulboqiy ibn Muhammad Attor, Ibn Busro va boshqalardan hadis eshitganlar.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismoil ibn Ahmad Samarqandiy Shomga borganlar. Quddusda Makkiy Rumayliydan hadis eshitganlar. Uzoq umr ko‘rib, ko‘p hadis rivoyat qilishga muvaffaq bo‘lganlar. Ismoil ibn Ahmad Samarqandiydan Silafiy, Ibn Asokir, Sam’oniy, Aʼaz ibn Ali Zahiriy, kotib Ismoil ibn Ahmad, Saʼid ibn Attof, Yahyo ibn Yoqut, Umar ibn Tabarzat, Zayd ibn Hasan Kindiy, Muhammad ibn Abu Tamom ibn Luzzuvo, tabib Ali ibn Habal, Sulaymon ibn Muhammad Mavsiliy, Abdulaziz ibn Axzar, Muso ibn Saʼid ibn Sayqal va boshqalar hadis rivoyat qilganlar. Sam’oniy aytgan: "U kishiga katta-kichik kitoblarni o‘qib berdim. Hamadonda Abulalo Attordan eshitdim. U kishi: „Men Iroq va Xuroson shayxlaridan hech kimni Abulqosim ibn Samarqandiyga teng deb bilmayman“, — dedilar". Umar Bistomiy aytganlar: „Abulqosim Xuroson va Iroqning sanadidir“. Ismoil ibn Ahmad Samarqandiy "Ibn Jumay’ning „Mu’-jam“larini rivoyat qiladigan men va Abduddoim Hiloliydan boshqa kishi qolgani yo‘q", - dedilar va quyidagi sheʼrni o‘qidilar:
Gar kuch-quvvat, yomonlik qoldirmadilar menga, Ulardan so‘ng yashashda davom etaman nega?!
Ibn Asokir shunday degan: "Ismoil Samarqandiy siqa, ko‘p hadis rivoyat qiladigan, usul sohibi, kitob dalloli edilar. U kishining: „Men Ibn Naqqur huzurlarida Abu Hurayraman“, — deganlarini eshitganman". Ibn Asokir aytganlar: "Ismoil Samarqandiy juda uzoq umr ko‘rganlar, hatto Bag‘dodda u kishining tengdoshlaridan qolmagan. O‘sha yerda sanad bilan ko‘p hadis aytadigan muhaddisga aylanganlar. Ishtiyoqlari bal.dan hadis eshitishga bel bog‘laganlar. „Jomi’u-l-Mansur“da uch yuzdan ortiq ilm majlisida o‘tirib hadis yozdirganlar. U kishi kitob sotishda tajribali va omadli bo‘lganlar. Bir marta chiroyli xat bilan yozilgan latif jildli „Sahihi Buxoriy“ va „Sahihi Muslim“ ni yigirma dinorga sotganlar va: „Bular menga bir tangaga tushgan edi. Chunki bu ikkisini va yana bir kitobni bir dinor va bir tangaga sotib olgan edim, uchinchi kitobni bir dinorga sotdim“, - deganlar". Silafiy aytganlar: „Ismoil Samarqandiy siqa, rijol ilmi bilimdoni, hadis ilmida ishonchli edilar. Ko‘p kitobni eshitganlar. Ukalari Abu Muhammad olim, ishonchli, fozil, arab tilida mohir bo‘lganlar“. Ibn Nosir aytganlar: „Ismoil Samarqandiy kitob olib-sotib dallol-lik qilar, muomalalari qo‘polligi tufayli u kishidan qo‘rqib turishardi. Kitobshunos bo‘lganlari uchun kattalar bilan bordi-keldilari bor edi“. 536/1142-yili zulqaʼda oyining 26 kuni vafot etgan. Bir marta tushlarida o‘zlarini Payg‘ambar (s.a.v.)ning oyoqlarini o‘pib, unga yuzlarini surtayotgan holatda ko‘rganlar. Ibn Xoziba u kishiga: „Uzoq umr ko‘rasiz, hadis ilmingiz tarqaladi, tushda Payg‘ambar (s.a.v.)ning oyoqlarini o‘pish u kishining izlaridan bormoqlikka taʼbir qilinadi“, — deganlar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 559-560.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |