Isroil Subhoniy
Isroil Subhoniy | |
---|---|
Tavalludi |
26-aprel 1959-yil |
Isroil Subhoniy— 1959-yil 26-aprel kuni Buxoroda tugʻilgan. Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir va tarjimon. [1]
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Buxoroning yetti yulduzi“, „Shashqator“ (1-, 2-, 3-, 4-, 5-kitoblar), „Zarbulgʻazal“, „Chorzarb“, „Orifona hikmatlar“, „Qovunnoma“ singari kitoblar muallifi."Buxoro haqiqati" (hozirgi „Buxoronoma“) viloyat gazetasi tahririyatida, viloyat kitobsevarlar jamiyati, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi, Buxoro davlat universiteti huzuridagi nashriyot, Buxoro davlat universiteti huzuridagi "Naqshbandiya" ilmiy markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro shahar boʻlimi, Bahouddin Naqshband nomidagi Tasavvuf va soʻfiylik madaniyati xalq akademiyasi, „Naqshbandiya“ va „Buxoro yoshlari“ gazetasi tahririyatlarida, shuningdek, „Buxoro“ nashriyotida turli lavozimlarda mehnat qilgan. Bugungi kunda mazkur nashriyotni boshqarib kelmoqda. Shoir oʻz sheʼrlarida qadim Buxoroning ulugʻvor oʻtmishi, yaqin moziydagi dard va iztiroblari, Olam va odam haqidagi mushohadalarini falsafiy-irfoniy yoʻsinda ifodalab kelmoqda. Bu jihatdan, uning Umar Xayyom, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Abdulqodir Bedil kabi sheʼriyat dargʻalari ruhiy-falsafiy olamiga uygʻun fikr-qarashlar aks etgan shashqator janriga mansub sheʼrlari eʼtiborlidir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Isroil Subhoniy. Buxoroning yetti yulduzi.