Isroil Umirov
Isroil Umirov | |
---|---|
Tavalludi |
19-avgust 1958-yil Denov, Surxondaryo viloyati |
Istiqomat joylari | Surxondaryo, Samarqand, Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | patolog anatom |
Ish joylari | Toshkent Tibbiyot Akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi |
Taʼlimi | Samarqand davlat tibbiyot universiteti |
Akademik rahbarlari | Malika Samatovna Abdullaxoʻjayeva |
Mashhur ishlari | Transplantatsion immunitetning rivojlanishida neyro-endokrin sistemaning reaksiyasi, Klinikada buyrakning allotransplantatsiyasida adenogipofizning ultrastrukturasi |
Isroil Umirov (1958-yil 18-avgust, Denov, Surxondaryo – 2020-yil 26-iyul, Toshkent)- olim, patolog-anatom, Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isroil Turayevich Umirov 1958-yil 18-avgustda Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagidagi S.Raximov kolxozida tugʻilgan. U 1974-yilda shu kolxozdagi Muqimiy nomli 14-oʻrta maktabni bitirgach, Samarqand Davlat meditsina institutining (hozirgi Samarqand davlat tibbiyot universiteti) davolash fakultetiga oʻqishga kirgan. 1980-yil institutni muvaffaqiyatli bitirib, shu yildan boshlab Toshkent Davlat meditsina institutining (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi) patologik anatomiya kafedrasida assistent sifatida ishlay boshlagan[1].
2020 -yil 26-iyulda COVID-19 infeksiyasi tufayli vafot etgan[2].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy rahbari akademik Malika Abdullaxo‘jayeva rahbarligida gipofiz bezini elektron mikroskopiya orqali tahlil qilgan[2].
1988-yili „Transplantatsion immunitetning rivojlanishida adenogipofiz somatotropotsitlarning reaksiyasi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi[3]. Bu ilmiy tadqiqotda organlarni koʻchirib oʻtkazish sharoitida adenogipofiz hujayralaridagi oʻzgarishni oʻrganish hozirgi zamon tibbiyotida muhim ahamiyatga egaligi va transplantatsiyadan keyingi immun tizim faoliyatida gormonlarning roli aniqlab berdi.
Asosiy ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. „Transplantatsion immunitetning rivojlanishida neyro-endokrin sistemaning reaksiyasi“. (VII Butunittifoq patologoanatomlar syezdining dokladlar tezisi. – Toshkent, 1983.,) Ya. Yu. Utepov, E. I. Juraveva, O. A. Muxina va X. 3. Tursunov bilan hamkorlikda).
2. „Klinikada buyrakning allotransplantatsiyasida adenogipofizning ultrastrukturasi“ („Transplantologiya va immunosupressiya masalalari“ toʻplamida. – Toshkent, 1983 y). M. S. Abdullaxoʻjayeva, Ya. Yu. Utepov, G. A. Polyakova, R. A. Polyakova, R. I. Isroilov bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Qodirov, Bekmurod. Surxondaryo olimlari. Toshkent - „Mehnat“ — 236-bet. Qaraldi: 18-iyul 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „IsroilTurayevich Umirovni eslab“ (2020-yil 29-iyul). Qaraldi: 2024-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Isroil Umirov, dissertatsiya“.