Kontent qismiga oʻtish

Itai-itai kasalligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Itai-itai kasalligi (yap yaponcha: 痛い痛い病イタイイタイ病iitai-itai byo: — „oh-oh ogʻriyapti“ kasallik, juda kuchli, chidab boʻlmas ogʻriq keltirgnligi tufayli shunday nomlangan) — tananing kadmiy tuzlari bilan doimiy ravishda zaharlanishi. Bu kasallik birinchi marta 1950-yilda Yaponiyaning Toyama prefekturasida qayd etilgan. Kadmiy tuzlari bilan surunkali zaharlanish boʻgʻimlarda va umurtqa pogʻonasida ham chidab boʻlmas ogʻriqlarga olib keladi. Bundan tashqari osteomalaziya va buyrak yetishmovchiligiga olib paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Bu kasallik koʻpincha bemorlarning oʻlimi bilan yakunlandi[1].

Kasallik Toyama prefekturasida oltin qazib olish natijasida kadmiydan zaharlanish yuzaga kelgan. Bu hududda oltin qazib olinganligi haqidagi dastlabki maʼlumotlar milodiy 710-yilga toʻgʻri keladi. Muntazam ravishda kumush qazib olish 1589-yilda boshlangan va koʻp oʻtmay qoʻrgʻoshin, mis va rux qazib olish ham yoʻlga qoʻyilgan. Rossiya-Yaponiya urushi va keyinchalik Birinchi jahon urushi davrida xom ashyoga boʻlgan talabning ortishi, shuningdek, yangi Yevropa kon texnologiyalari ish unumini oshirgan va bu Toyamadagi Kamioka konlarini dunyodagi eng yirik konlaridan biriga aylantirgan.

1910-yildan 1945-yilgacha kadmiy rudalarini qazib olish sezilarli darajada oshshgan va shuning uchun bu kasallik haqida birinchi eslatma 1912-yilda paydo boʻlgan. Mitsui togʻ-metallurgiya korxonasi tomonidan boshqariladigan togʻ-kon sanoati urushdagi ehtiyojlarini qondirish uchun Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan ishlab chiqarish hajmini yanda oshirgan. Keyinchalik, bu Jinzu daryosi va uning irmoqlarining ogʻir metal tuzlari, birinchi navbatda kadmiy bilan yanada koʻproq ifloslanishiga sabab boʻlgan. Jinzu daryosining suvlaridan asosan sholizorlarni sugʻorish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan. Daryo va uning irmoqlarida oʻsha vaqtda baliqchilik ham rivojlangan[2].

Jinzudan keladigan suv bilan sugʻoriladigan dalalarda yetishtirilgan guruch va daryoda ovlangan baliqlarni uzoq muddat isteʼmol qilish Toyama prefekturasi aholisining tanasida ogʻir metal tuzlari (kadmiy) toʻplanishiga olib kelgan.

1946-yilgacha prefektura aholisi bu kasallikining sababini tushunishmagan va uni qandaydir nomaʼlum bakterial infeksiya bilan bogʻlashgan.

Bu kasallik nima sababdan kelib chiqayotganligini aniqlash ishlari 1940—1950-yillarda shifokorlar tomonidan boshlangan. Dastlab, qoʻrgʻoshin zaharlanishi kasallikning sababi degan tahminga borilgan, chunki daryo oʻzanidan 30 km yuqorida qoʻrgʻoshin ruda koni ham faol holatda boʻlgan. Faqat 1955 yilda doktor Xagino va uning hamkasblari kadmiy tuzlari bilan surunkali zaharlanish natijasida gʻalati kasallik paydo boʻlishi mumkinligini taxmin qilishdi. 1961 yilda Toyama prefekturasi atrof-muhitning ifloslanishi va prefektura aholisining kadmiy va boshqa ogʻir metallar tuzlari bilan zaharlanishi uchun Mitsui aybdor deb topilgan tergov oʻtkazdi.

1968-yilda Yaponiya Sogʻliqni saqlash va farovonlik vazirligi kadmiy tuzi bilan zaharlanish natijasida yuzaga kelgan kasallikning alomatlari haqida bayonot bergan va aholini ogohlantirgan.

Jinzu daryosi suvlarida kadmiy tuzlari darajasining kamayishi kasallikdan nobud boʻlish sonini kamayishiga olib kelgan. 1946-yildan beri yangi holatlar qayd etilmagan. Garchi itai-itai holatlarining aksariyati Toyama prefekturasidan boʻlgan boʻlsa-da, Yaponiya hukumati besh qoʻshni prefekturada ham kasallik xavfi haqida ogohlantirgan.

Kadmiy tuzi bilan zaharlanishning asosiy belgilaridan biri osteomalaziya — suyaklar, boʻgʻimlar va umurtqa pogʻonasida juda kuchli ogʻriqlar, gipotoniya va mushaklarning kuchsizlanib tanaga boʻysunmasligi, patologik sinish va suyaklar deformatsiyasi kuzatiladi. Bemorlarda yoʻtal va anemiya ham rivojlanadi. Eng dahshatli asorat — bu bemorning oʻlimiga olib keladigan buyrak yetishmovchiligi hisoblanadi.

Birinchi marta itai-itai kasalligi 1986-yilda Moskvada shifokorlar malakasini oshirish markaziy institutida oʻtkazilgan tajribada oq kalamushlardasinab koʻrilgan. Hayvonlarda oʻtkazilgan soʻnggi tadqiqotlari shuni koʻrsatganki, kadmiy tuzi bilan zaharlanish kasallikning barcha belgilarini keltirib chiqarish uchun etarli boʻlmas ekan. Tadqiqotlar davomida shu aniqlandi buyrak hujayralarining mitoxondriyalarining shikastlanishi buyrak yetishmovchiligining rivojlanishida asosiy rol oʻynar ekan.

1968-yilda Toyama prefekturasi sudiga „Mitsui Mining and Metallurgical Company“ MChJga qarshi 29 ta daʼvo (jabrlanuvchilarning o‘zidan 9 ta daʼvo va qurbonlarning oila aʼzolaridan 20 ta daʼvo) berilgan. 1971-yil iyun oyida birinchi instantsiya sudi korxonani aybdor deb topgan. Keyinchalik u bu qaror ustidan Kanazava tuman sudiga shikoyat qilgan, ammo 1972-yil avgustda apellyatsiya rad etilgan. Mitsui korxonasi jabrlangan aholiga tibbiy yordam koʻrsatish, Toyama prefekturasida tuproq va suv monitoringini moliyalashtirish va kasallik qurbonlariga kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘lgan.

Agar odam ifloslangan hududlarda yashagan boʻlsa, bemorda buyrak patologiyasi, osteomalaziya boʻlsa, u itai-itai kasalligiga ega deb hisoblangan. 1964-yildan beri 184 kishi kasal deb topilgan, ulardan 54 nafari 1980-yildan 2000-yilgacha boʻlgan davrda kasallikka duchor boʻlgan. 388 kishi kadmiy tuzlari bilan surunkali zaharlanishning potentsial qurbonlari sifatida roʻyhatga olingan.

Iqtisodiy zarar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiyadagi kadmiy tuzlari koʻplab qishloq xoʻjaligi hududlariga tarqalgan. Yaponiyaning koʻplab hududlarini boshqa ogʻir metallarning tuzlari ham yetarlicha ifloslagan. Buning natijasi 1970-yilda Yaponiya parlamenti tomonidan qishloq xoʻjaligi tuproqlarining ifloslanishining oldini olish toʻgʻrisidagi qonun qabul qiliongan. Ushbu qonunga koʻra, tuproq ifloslanishi belgilangan miqdordan oshib ketgan hududlarda tuproqni meliorativ holatga keltirilgandan keyin undan foydalanishga ruxsat berilgan.

1977-yilga kelib, Jinzu daryosi qirgʻoqlari boʻylab 1500 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari meliorativ holatga keltirilgan. 1992-yilga kelib faqat 400 gektar tuproq ifloslangan holda qolgan holos.