Italyancha Vikipediya
Web-manzil | it.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | it |
Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
Asos solingan sana | may, 2001 |
Maqolalar soni | 1 896 586 |
Egasi | Wikimedia |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Italyancha Vikipediya (italyancha: Wikipedia in italiano) - Vikipediyaning italyan tilidagi boʻlimi. 2001-yil 11-mayda tashkil etilgan.[1] Hozirda 1 896 586 dan ortiq maqolaga ega. Maqolalari soni boʻyicha 5-oʻrinda turadi (inglizcha, olmoncha, fransuzcha va niderlandcha Vikipediyalardan keyin).[2]
2011-yil 4—6-oktyabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi. Bu vaqt davomida maqolalar yashirilib, faqat italyancha Vikipediya foydalanuvchilari yozgan manifest koʻrsatildi.[3][4] Bunday eʼtiroz amallari keyinchalik inglizcha va ruscha Vikipediyalarda ham amalga oshirildi.
2013-yil 22-yanvarida italyancha Vikipediyada millioninchi maqola yozildi.[5]
Hozirgi holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil 23-dekabr boʻyicha italyancha Vikipediyada 1 896 586 maqola mavjud. 2 584 139 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 7 189 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 120 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 142 385 957. Teranligi (bugun): 191.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ New language wikis, Wikipedia-l mailing list.
- ↑ List of Wikipedias
- ↑ „Wikimedia blog » Blog Archive » Regarding recent events on Italian Wikipedia“. Blog.wikimedia.org. Qaraldi: 2011-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Intercettazioni, Wikipedia protesta – Homepage in bianco: "Inaccettabile ddl"“ (Italian). la Repubblica (4-oktyabr 2011-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2011-yil. (arxiv, WebCite)
- ↑ Wikimedia News
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]