Kontent qismiga oʻtish

Itoman (Okinava)

Koordinatalari: 26°7′24.6″N 127°39′56.8″E / 26.123500°N 127.665778°E / 26.123500; 127.665778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Itoman

糸満市
Shahar
Skyline of Itoman
Itoman
Bayroq
Itoman
Gerb
26°7′24.6″N 127°39′56.8″E / 26.123500°N 127.665778°E / 26.123500; 127.665778
Mamlakat Yaponiya
Hudud Kyushu
Prefektura Okinava prefekturasi
Hukumat
 • Mayor Shinei Tōme
Maydon 46.63 km2 (18.00 kv mi)
Aholisi
 (2013-yil, aprel)
59,605
Itoman xaritada
Itoman
Itoman
Samolyotdan koʻrinishi

Itoman (yaponcha:糸満市, Itoman-shi[1]) – Yaponiyaning Okinava prefekturasida joylashgan shahar. Itoman shahri hududi Okinava orolining janubida joylashgan. 2013-yil aprel holatiga koʻra shahar aholisi 59,605 kishi[2]. Aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1,335,53 kishini tashkil qiladi. Umumiy maydoni 46,63 km²[3][4].

Itoman janubda Keyp-Kyan va shimolda Yozadake shakarqamish dalalari, shuningdek, Ryukyuan adirli tepaliklari bilan bir tekislikda joylashgan. Shaharning janubi Keyp-Kyan va Mabuni tik dengiz qoyalari bilan mashhur.

Itoman baliq ovlash porti sifatida uzoq tarixga ega. Avvalgi davrlarda Manbalarda Itoman baliqchilari Hind okeanigacha borganligi aytiladi. Yozuvlar shuni koʻrsatadiki, dengizchilar Avstraliya va Yangi Gvineya hududlarigacha yetib borgan. 1908-yilga kelib Itoman qishlogʻida 8000 kishi yashagan va ularning deyarli barchasi baliqchilik sohasi bilan shugʻullangan. Itomanlik erkaklar baliq ovlash bilan, ayollar esa Naha prefekturasiga baliq tashish va sotish bilan shugʻullangan. 1918-yilda Naha va Itoman shahri tramvay liniyasi orqali bogʻlangan. Bu liniya yoʻlning uzunligi 12 km boʻlgan. Okinava prefekturasi temir yoʻllari Itoman liniyasiga 1924-yilda ulangan va 1945-yilgacha ishlagan[5].

Itoman Ikkinchi Jahon urushida Okinava jangining oxirgi fronti boʻlgan. Hududning harbiy kuchlari va tinch aholisi juda katta talofatlar koʻrgan.

Maʼmuriy tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Itoman 1908-yilda shaharcha sifatida tashkil etilgan. 1961-yilda uning tarkibiga Kanegusuku, Takamine va Miva qishloqlari kiritilgan. Itomanga 1971-yil 1-dekabrda shahar maqomi berilgan.

Itoman shahri Shiozaki hokimiyati tomonidan boshqariladi. Itoman taʼlim kengashi shahardagi maktabgacha taʼlim, boshlangʻich hamda oʻrta maktablar, jamoat taʼlim markazlari va sport inshootlarini boshqaradi. Itoman shahar kengashi toʻrt yillik muddatga saylanuvchi 23 ta aʼzodan iborat boʻlib, kengash raisi (Isao Uehara) va rais oʻrinbosari (Isao Tokuzato) tomonidan boshqariladi.

Baliqchilik Itoman shahrining asosiy sanoati boʻlib qolmoqda.

Okinava orolining sharqiy qirgʻogʻi boʻylab Itoman shahri va Ogimi qishlogʻini bogʻlaydigan Yaponiya milliy 331-yoʻnalishi Itoman shahri orqali oʻtadi va shaharni Okinavaning boshqa munitsipalitetlari bilan bogʻlaydi.

  1. Okinawago jiten, Kokuritsu Kokugo Kenkyūjo, 国立国語研究所 (ja), Tōkyō: Zaimushō Insatsukyoku, 2001-03-30 — 549-bet. ISBN 4-17-149000-6. OCLC 47773506. 
  2. "Itoman". Encyclopedia of Japan. Tokyo: Shogakukan. 2013. OCLC 56431036. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. <!--->
  3. "Himeyuri Butai". Encyclopedia of Japan. Tokyo: Shogakukan. 2013. OCLC 56431036. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. <!--->
  4. "糸満(市)" (ja). Nihon Daihyakka Zensho (Nipponika). Tokyo: Shogakukan. 2012. OCLC 153301537. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. <!--->
  5. „arxiv nusxasi“ [Statistical Information] (ja). Itoman, Okinawa Prefecture, Japan: City of Itowan (2013). 2016-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-iyun.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]