Ivan Minatti
Ivan Minatti | |
---|---|
Tavalludi |
22-mart 1924-yil |
Vafoti |
9-iyun 2012-yil (88 yoshda) Lyublyana |
Fuqaroligi | Sloveniya |
Kasbi | Shoir |
Mukofotlari | Preseren mukofoti |
Ivan Minatti (1924-yil 22-mart – 2012-yil 9-iyun) – sloveniyalik shoir, tarjimon va muharrir[1]. Sheʼr yozishni Ikkinchi jahon urushidan oldin boshlagan[2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ivan Minatti 1924-yilda Sloveniya shimoli-sharqidagi Slovenske Konjice shahrida tugʻilgan. Uning oilasi bolaligida avval Slovenj Gradecga, keyin esa Lyublyanaga koʻchib oʻtgan. U Lyublyanadagi gimnaziyani 1943-yilda tugatgan va keyin tibbiyot fanlari boʻyicha oʻqishga kirgan, lekin 1944-yilda partizanlar safiga qoʻshilgani sababli oʻqishni keyinga surgan[3]. Urushdan keyin u Gimnaziyaning sanʼat fakultetida slavyanshunoslikni oʻrgangan. Ivan Minatti Lyublyana universitetini 1952-yilda tugatgan. U 1947-yildan 1984-yilga qadar Mladinska Knjiga nashriyotida muharrir boʻlib ishlagan[4]. 1991-yilda Sloveniya fanlar va sanʼat akademiyasining doimiy aʼzosiga aylangan. U 88 yoshida vafot etgan va Lyublyanadagi Jaleda qabristoniga dafn etilgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Minattining urush dahshatlari taʼsirida yozilgan sheʼrlari lirik boʻlib, zamonaviy davrdagi gʻamginlik bilan bogʻliq. Shoir Boris A.Novakning soʻzlariga koʻra, uning ijodi urushdan keyingi odatiy sheʼriyatdan tubdan farq qilib, oʻziga xoslikni anglatardi. Ivan Minatti XX asrning eng mashhur sloven shoirlaridan biri boʻlgan[5]. Shoir va tarjimon Veno Taufer uni toshbagʻir va ayni paytda koʻngli boʻsh shoir sifatida tavsifladi va uning muvaffaqiyatini urushdan keyingi kommunistik Sloveniyadagi insoniy va ijtimoiy qaygʻularni ifodalash bilan bogʻlagan. Minatti sheʼrlari tabiatga ishoralari bilan mashhur. Shoir Siril Zlobekning soʻzlariga koʻra, u tabiatdan inson va uning hayoti uchun chuqur ramz va metafora manbayi sifatida foydalangan[6].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Minatti 1964-yilda „You Have to Love Somebody“ (tarjimasi „Kimnidur sevishing kerak“) sheʼriy toʻplami uchun Preseren jamgʻarmasi mukofotiga sazovor boʻlgan[7].
Toʻplamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Off-Trail (S poti, 1947)
- And the Spring Will Come (Pa bo pomlad prišla, 1955)
- You Have to Love Somebody (Nekoga moraš imeti rad, 1963)
- The Wind Sings (Veter poje, 1963)
- The Pain of the Unexperienced (Bolečina nedoživetega, 1964)
- Poems (Pesmi, 1971)
- The Face (Obraz, 1972)
- When I Am Silent and Good (Ko bom tih in dober, 1973)
- The Poems (Pesmi, 1977)
- I Eavesdrop on the Silence Within Me (Prisluškujem tišini v sebi, 1984)
- Behind the Closed Eyelids: Chosen Poems (Pod zaprtimi vekami, izbrane pesmi, 1999)
- Minatti – Chosen Lyrical Poetry (Minatti – izbrana lirika, 2004)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ivan Minatti, Poet, Has Died“. English Service: News. Slovenian Press Agency (2012-yil 10-iyun).
- ↑ „Slovene Writers' Association site“ (sl). Slovene writers' portal. DSP Slovene Writers' Association. 2012-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-fevral.
- ↑ Reader's encyclopedia of Eastern European literature. HarperCollins, 1993 — 267-bet. ISBN 9780062700070.
- ↑ „Umrl je pesnik in prevajalec Ivan Minatti“. MMC RTV Slovenija. RTV Slovenija (2012-yil 9-iyun).
- ↑ „Po Minattijevi smrti: bil je velik pesnik“. 24ur.com. PRO PLUS, d. o. o. (2012-yil 10-iyun).
- ↑ „Zlobec: Minatti je poezijo živel z enako intenzivnostjo kot življenje“ (sl) (2012-yil 15-iyun). 2013-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Nagrade Prešernovega sklada“ [Prešeren Fund Awards]. Slovenian Ministry of Culture. Qaraldi: 2012-yil 10-iyun.[sayt ishlamaydi]