Kontent qismiga oʻtish

Ivate prefekturasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ivate prefekturasi — Yaponiya prefekturalaridan biri. Honsyu orolinng Tohoku tumanida joylashgan. Yaponiya prefekturalari orasida ikkinchi oʻrinda turadi. Maydoni 15,275 kv. km. Aholisi 1,210,534 (2020-yil Oktabr holatiga koʻra). Shimolda Aomori prefekturasi, gʻarbda Akita prefekturasi, janubda Miyagi prefekturasi bilan chegaradosh.

Morioka — Ivate prefekturasining poytaxti va eng yirik shahri. Shuningdek yirik shaharlari orasida Ichinoseki, Oshu va Hanamaki ham mavjud. Yaponiyaning Tinch okeani sohilida joylashgan. Ivate prefekturasi Todo burnidagi Xonsyuning eng sharqiy nuqtasi. Ou togʻlarining eng baland choʻqqilarini — Yaponiyadagi eng uzun togʻ tizmasini birlashtiradi. Ivate prefekturasida Morioka qal’asi, Xirayzumi buddaviy ibodatxonalari, jumladan Chuson-ji va Motssu-ji, Fujivara no Sato filmlar majmuasi va Oshu shahridagi tematik park, Kitakami shahridagi Tenshochi parki kabi mashhur diqqatga sazovor joylar joylashgan. Ivate Xokkaydodan tashqaridagi barcha prefekturalar orasida eng past aholi zichligiga ega, uning umumiy yer maydonining 5% milliy bogʻlardir.

"Ivate" nomining kelib chiqishi haqida bir nechta qarashlar mavjud. Ulardan eng mashhuri ''Oni no tegata'' ertagidir. U Moriokadagi Mitsuishi yoki „Uch qoya“ ziyoratgohi bilan bogʻliq. Bu toshlar Moriokaga Ivate tog‘ining otilishi natijasida uloqtirilgan. Afsonaga koʻra, bir paytlar mahalliy xalqni tez-tez qiynab, bezovta qiladigan shayton boʻlgan. Odamlar himoya qilishi uchun Mitsuishi ruhlariga ibodat qilganda, shayton darhol bu toshlarga kishanlangan va odamlarni boshqa hech qachon bezovta qilmaslikka vaʼda berishga majbur boʻlgan.[1] Qasamyodining muhri sifatida shayton qoyalardan biriga qoʻl izini qoʻygan va shu tariqa Ivate nomi paydo boʻlgan. Uning toʻgʻridan-toʻgʻri tarjimasi „tosh qoʻl“dir. Hozir ham yomg‘irdan keyin u yerda shaytonning qo‘l izini ko‘rish mumkin.

Ivate prefekturasida mashhur boʻlgan koʻplab madaniy taomlar mavjud. Bulardan baʼzilari — yongʻoq, vanko soba („piyola makaron“ degan maʼnoni anglatadi) va xitsumi-jiru („tortish va yirtish“ degan maʼnoni anglatadi)dir. Xitsumi-jiru xamirning tortilish usuliga ishora qiladi, ugraga aylantirishdan oldin oval shakllarga boʻlinadi. Ivate prefekturasining poytaxti Morioka ham may oyida gullaydigan va sentyabrdan noyabrgacha hosilga tayyor boʻladigan olmalari bilan mashhur.[2]

Matsuo Basho — Ivatega tashrif buyurgan yapon shoirlaridan biri. U ushbu sayohati haqida oʻzining "Oku no Hosomichi" asarida yozgan. U, ayniqsa, Xirayzumi shahridan ilhomlangan.

Yaponiyaliklar yoki Yamato hukumati butun Xonsyu orolini qadimgi davrlarda ilohiy huquq yoki aniq taqdir deb daʼvo qilgan. Ammo imperator kuchlari 802 yilgacha ikki qudratli Emishi rahbarlari Ivate hududning biron bir qismini egallab ololmaganlar.

Qadimda Ivate prefekturasida Jomon xalqi yashagan. Jomon xalqidan koʻplab memorchilik yodgorliklari qolgan. Masalan, Nishidadan Oʻrta Jomon davriga (miloddan avvalgi 2800-1900) oid koʻp sonli dafn chuqurlari topilgan. Kechki Jomon davriga oid (miloddan avvalgi 1900-1300) turli joylar, jumladan Tateishi, Makumae va Xattenlarda loydan yasalgan haykalchalar, niqoblar, quloq va burun shaklidagi loy kabi artefaktlar mavjud. Kitakami shahridagi Kunenboshi maydonida oxirgi Jomon davriga oid (miloddan avvalgi 1300-300) toshdan yasalgan qilichlar va asboblar, shuningdek, loydan yasalgan haykalchalar, sirgʻalar va kulol chilik buyumlarining parchalari topilgan.

Yapon manbalarida Ivate haqidagi ilk maʼlumotlar taxminan 630 yilga toʻgʻri keladi. Oʻsha davrda hozirgi Xirayzumi hududidagi Kanzan togʻida Xakusan ziyoratgohi qurilgan. Bu vaqtda turli yapon savdogarlari, ovchilari, sarguzashtlari, ruhoniylari va jinoyatchilari Ivataga yoʻl olishgan. 712-yilda butun Toxokuni oʻz ichiga olgan Mutsu viloyati Deva viloyatiga, Ou togʻlaridan gʻarbdagi hududga va Mutsu provinsiyasiga boʻlingan. 729 yilda hozirgi Oshu shahridagi Mizusava hududida sayohatchi ruhoniy Gyoki tomonidan Kokuseki-ji ibodatxonasi tashkil etilgan.

Yapon chegarachilari va mahalliy Emishi xalqi oʻrtasidagi munosabatlar haqida juda kam narsa maʼlum. 776-yilda Yamato armiyasining katta kuchlari oʻsha yilning fevral va noyabr oylarida Ivatega bostirib kirib, Isava va Shiva qabilalariga hujum qiladi. Natijada ular oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashadi. Keyingi yillarda koʻproq janglar boʻlib oʻtadi. Bu urushlar, asosan, Deva va hozirgi Ivate prefekturasining janubidagi hududlarda boʻlib oʻtgan. Bu holat 787-yil martgacha davom etdi, Yamato armiyasi hozirgi Oshu shahridagi Mizusava boʻlimidagi Sufuse qishlogʻidagi jangda halokatli magʻlubiyatga uchradi. U yerda Emishi rahbarlari va Aterui katta otliq qoʻshinlari Yamato piyoda askarlarini tuzoqqa tushirib, ularni Kitakami daryosiga itarib yuborishadi. U yerda ular ogʻir qurollari tufayli daryoda choʻkib halok boʻlishgan. Oʻsha kuni 1000 dan ortiq askar choʻkib ketdi. Yapon generali Ki no Asami Kosami Kiotoga qaytib kelganida imperator Kanmu tomonidan „hayfisan“ berilgan.

Yaponlar jang maydonida gʻalaba qozona olishmadi. Natijada ular Emishi xalqi ustidan gʻalaba qozonish uchun boshqa usullarga murojaat qilishdi. Yuqori sifatli temir buyumlar bilan savdo qilish orqali Emishini yaponlarga qaram qildi. Emishi rahbarlariga yapon fuqaroligi yoki unvon koʻrinishida pora taklif qilingan. Emishini magʻlub etish uchun ekinlarni yoqish, Emishi ayollari va bolalarini oʻgʻirlash va ularni Gʻarbiy Yaponiyaga koʻchirish kabi ishlar ham qilingan. Koʻpgina baquvvat jangchilar yana oilasiga qoʻshilish uchun kurashdan voz kechganlar.

801 yilda Isava Sakanoue no Tamuramaroda muvaffaqiyatga erishdi. shundan soʻng Emishiga qarshi yangi hujumlar boshladi. 802-yil 15-aprelda Emishi rahbarlari More va Aterui 500 ga yaqin jangchilar bilan taslim boʻlishdi. Asirlar tomosha qilish uchun Kiotoga olib ketilgan va general Sakanouening xohishiga qarshi Kavachi provinsiyasidagi Moriyamada boshlari kesilgan. Bu shafqatsizlik harakati Emishining gʻazabini qoʻzgʻatdi va bu yana yigirma yoki undan ortiq yillik janglarga sabab boʻldi.

Taslim boʻlgandan soʻng, Kitakami daryosi boʻylab Xitoy modelida koʻplab qal’alar qurilgan. 802-yilda hozirgi Mizusava Oshu shahrida Fort Isava qurilgan. 803-yilda hozirgi Morioka shahrida Fort Shiva qurilgan. 812-yilda esa Morioka shahrida ham Fort Shiva qurilgan.

Heyyan davrining soʻnggida hozirgi Ivate janubidagi Xirayzumi shahri Shimoliy Fujivara poytaxti boʻldi. Jangchi Minamoto no Yoshitsune Genpei urushidan keyin bu yerga qochib keldi.[3]

Meiji islohotlariga qadar, Ivate prefekturasi hududi Mutsu provinsiyasining bir qismi boʻlgan.

Ivate prefektura sifatida 1876-yilda, Boshin fuqarolar urushidan soʻng tashkil etilgan boʻlib, u Meiji tiklanishining boshlanishini eʼlon qildi.

  1. „【民話・昔話】鬼の手形“. Bunka.pref.iwate.jp. Qaraldi: 7-iyun 2013-yil.
  2. „A Story of Delicious Apples“. Japanold.com (16-dekabr 2018-yil). 2022-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2020-yil.
  3. „言い伝えられた平泉“. Iwate Prefectural Office. 2013-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2013-yil.