Kontent qismiga oʻtish

Ixshidiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ixshidiylar — Suriya va Misrda hukmronlik qilgan yarim mustaqil turkiy sulola (935969). Asoschisi — Fargʻona ixshidlarn naslidan Muhammad Ixshid ibn Tugʻj (Tagʻaj) (882-946). Bobosi — Joff (?—861) Fargʻona amirlaridan boʻlib, xalifa Muʼtasim (833842) yollanma qoʻshinida xizmat qilgan. Otasi Tugʻj esa tuluniylaragm Xumoravayh davri (884895)da Damashq va Tiveriada (Oʻrta dengizning shar-qiy sohilidagi viloyat) noibi boʻlgan. Muqammad avval xalifa Muqtadir (908932)ning Ramla va Damashkdagi, soʻng xalifa Roziy Billoh (934940)ning Misr, Suriya va Mesopota-miyadagi noibi darajasiga koʻtarilgan (935941). 938 yil u „ixshid“ unvonini qabul qilgan. 942 yil Makka va Malina ham uning tasarrufiga oʻtkazilgan. Misr va Suriya fotimiylar tomonidan ishgʻol etilgach, I. hukmronligi barham topgan (969).

Sulola vakillari: Muhammad Ixshid ibn Tugʻj (935—946), Abulqosim Ungur ibn Ixshid (946—960), Abu-lhasan Ali ibn Ixshid (960—966), Abulmisk Kofur (966—968), Abulfa-voris Ahmad ibn Ali (968—969). [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil